Fuqarolik huquqida muddat deb, aniq belgilangan, o‟tishining




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Fuqarolik huquqida muddat deb, aniq belgilangan, o‟tishining 
boshlanishi va tamom bo‟lishi muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga 
keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va muhofaza 
qilishga qaratilgan paytlar va vaqt davrlariga aytiladi.
 
Muddat huquqiy oqibat tug‟dirishi, huquq va burchlarni vujudga 
keltirish, o‟zgartirish va bekor qilish mumkinligi uchun ham ularni yuridik 
fakt deb atash mumkin bo‟ladi. Muddatlar yuridik faktlar tizimida alohida 
o‟ringa ega.
Yuridik faktlar fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish
o‟zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar hisoblanadi. Har 
qanday harakatlar ham yuridik fakt hisoblanmaydi. Faqatgina yuz berishi 
natijasida fuqarolik huquqiy munosabatni vujudga keltirishi, o‟zgartirishi 
yoki bekor qilishi mumkin bo‟lgan harakatlargina yuridik fakt bo‟lishi 
mumkin.
 
Muddatlarning turlari 
Fuqarolik huquqida uchraydigan juda ko‟plab muddatlar bir necha 
asoslarga ko‟ra turlarga bo‟linadi.
Muddatlar muddatning kim tomonidan tayinlanishiga ko‟ra, huquqiy 
oqibatiga ko‟ra, aniqlanish tavsifiga ko‟ra va boshqa bir qator asoslarga 
ko‟ra turlarga bo‟linadi.
Muddatlar kim tomonidan tayinlanishiga ko‟ra, uchga bo‟linadi: 
1) qonuniy muddatlar; 
2) shartnomali muddatlar; 
3) sud tomonidan belgilanadigan muddatlar.


141 
Muddatlarning bunday asosga ko‟ra bo‟linishi, muddatni vujudga 
keltiruvchi negiz bilan tavsiflanadi. Muddatlarni vujudga keltiruvchi, ya‟ni 
belgilovchi va o‟zgartiruvchi holatlar tegishli hujjatlarda ifodalanadi 
(masalan, qonun, shartnoma yoki sudning hal qiluv qarorida).
Huquqiy oqibatiga ko‟ra, muddatlar huquqni vujudga keltiruvchi, 
huquqni o‟zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi muddatlarga bo‟linadi.
Muddatlar o‟zlarining aniqlanish tavsifiga ko‟ra imperativ va 
dispozitiv, mutlaq aniq, qisman aniq va noaniq, umumiy va maxsus hamda 
boshqa muddatlarga ajratiladi.
Fuqarolik 
huquqida 
fuqarolik 
huquqlarini 
amalga 
oshirish 
muddatlarining quyidagi turlari mavjud: fuqarolik huquqlarini amalda 
bo‟lish 
vaqtini 
belgilaydigan 
muddatlar, 
cheklovchi(preklyuziv) 
muddatlar, e‟tiroz (pretenziya) muddatlari, kafolat muddati, yaroqlilik 
muddati, tovarning xizmat qilish muddati, tovardan foydalanish, tovarni 
saqlash muddati va boshqa muddatlar.

Download 2,02 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fuqarolik huquqida muddat deb, aniq belgilangan, o‟tishining

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish