140
Masalan, mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, mahsulot yetkazib berish
payti sifatida 1 mart belgilangan bo‟lsa, aynan shu paytdan boshlab mahsulot
yetkazib berishni kechiktirganlik uchun, kechiktirishning har bir kuniga qonunda
nazarda tutilgan miqdordagi penyani to‟lash nazarda tutiladi.
Muddatning o‟tib ketishi ham biror huquqiy oqibatni vujudga
keltirishi lozim.
Masalan, O‟zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 895-
moddasiga muvofiq, yuk topshiruvchi ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortgan
taqdirda lombard ularni uch oy mobaynida saqlab turishi shart. Bu muddat
o‟tganidan keyin lombardda talab qilib olinmagan ashyoni qonunda belgilangan
tartibda sotish huquqi vujudga keladi.
Mazkur
holatlardan
kelib
chiqib,
muddatlar
tushunchasini
quyidagicha bayon etish mumkin: