• Ishonchnomani quyidagi turlariga ajratish mumkin: umumiy, maxsus va bir martalik ishonchnomalar.
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
    Ishonchnoma 
    FKning 134-moddasida ko„ra, ishonchnoma deb bir shaxs (ishonch 
    bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi 
    shaxslar oldida vakillik qilish uchun beriladigan yozma vakolatga 
    aytiladi. Ishonchli vakil o„ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar 
    doirasida ish olib boradi. Ishonchnomaning berilishi vakil uchun vakolat 
    belgilashga qaratilgan bir tomonlama bitim sifatida ko„riladi. Ishonchnoma 
    topshiriq shartnomasi, mehnat shartnomasi, ekspeditsiya shartnomasi va 
    boshqa shartnomalar asosida beriladi. 
    Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham 
    ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko„rsatilgan 
    faoliyat maqsadlariga zid bo„lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi 
    mumkin (FKning 134-moddasi 2-bandi). 
    Ishonchnoma bir shaxs, shuningdek bir necha shaxslar nomidan bir 
    yoki bir necha shaxslar nomiga ham berilishi mumkin. Masalan, uy-joy 
    qurish kooperativining vakili kooperativ a‟zolarining barchasi tomonidan 
    yoki umumiy majlisning vakolatiga binoan, bir necha shaxs tomonidan 
    imzolangan ishonchnoma olishi mumkin. 
    Ishonchnoma 
    vakilning 
    uchinchi 
    shaxslar 
    bilan 
    huquqiy 
    munosabatlarda bo„lishi uchun tayinlanadi. Ishonchnomaning mazmunidan 
    vakilning qanday vakolatlarga egaligi, qanday yuridik harakatlar qilishga 
    haqliligi ko„rinib turishi kerak. Binobarin, vakil ishonchnomada 
    ko„rsatilgan vakolat doirasida harakat qilib, uchinchi shaxslar bilan 
    shartnoma tuzgan bo„lsa, vakil qiluvchi bu shartnomani bajarishdan bosh 
    torta olmaydi. 
    Ishonchnomani quyidagi turlariga ajratish mumkin: umumiy, 
    maxsus va bir martalik ishonchnomalar. 


    135 
    Umumiy ishonchnomada turli bitimlarni tuzish yoki boshqa yuridik 
    harakatlar amalga oshirish, masalan, yuridik va jismoniy shaxslarning 
    filiallarini idora etish yoki fuqaroga tegishli transport vositasini boshqarish 
    uchun berilgan vakolat ko„rsatiladi. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish