Vakolat va uning turlari
Vakil o„zida bo„lgan vakolatga binoan, o„zini vakil qiluvchiga
nisbatan muayyan huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o„zgartiradi
va bekor qiladi. Binobarin, vakolat deb vakilning boshqa shaxs nomidan
130
muayyan yuridik harakatlar qilishga va shu bilan u uchun huquqiy
oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquq tushuniladi. Vakilning
vakolatlari qonunga, sud qaroriga, vakil qilingan davlat organlarining
hujjatiga yoki ishonchnomaga asoslangan bo„lishi mumkin. Vakillikning
quyidagi turlari mavjud:
Umumiy vakillik- bosh ishonchnomaga asoslanadi. Umumiy
vakolatlar asosida ish olib boruvchi vakil vakolat beruvchi nomidan
muayyan munosabatlarda qonunda belgilangan hollardan tashqari, barcha
yuridik xatti-harakatlarni amalga oshirishga haqli bo„ladi.
Maxsus vakillik - vakil ishonchnoma yoki shartnomada
ko„rsatilgan xatti-harakatlarnigina amalga oshira oladi, ya‟ni vakilning
vakolatlari birmuncha cheklangan bo„ladi.
Jamoat vakilligi- jamoat birlashmalarining o„z a‟zolarining
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vakilligi.
Ma‟muriy aktiga asoslangan vakillik - vakillikning ushbu turiga
muvofiq, ma‟muriy tartibda tayinlangan vakil vakolat beruvchining
nomidan harakat qilish majburiyatini oladi.
Shartnomaviy vakillik- Vakillikning vujudga kelishi taraflarning
o„z erki, xohish-istagi asosida o„zaro kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Qonuniy vakillik - vakolat beruvchining erkiga bog„liq
bo„lmagan holda normativ hujjatlar asosida vakilga berilgan vakolatlardan
kelib chiqadigan vakillik hisoblanadi.
Shu bilan birga koma yoki letargik uyqu (uzoq vaqt behush holatda
yotish) holatidagi shaxsning “muomala layoqatini to„xtatib turish” tufayli
vaqtinchalik vakil tayinlanishi lozim, bu ham qonuniy vakillikning bir
shakli sifatida e‟tirof etiladi.
Vakil o„z vakolatini vakolat beruvchining manfaatlarini ko„zlabgina
amalga oshirishga majbur. Binobarin, vakil o„ziga vakolat bergan shaxs
nomidan, shaxsan o„ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo„lgan
boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas – tijorat
vakilligi bo„lgan hollar bundan mustasno. (FKning 129-moddasi 3-bandi).
Vakillik vujudga kelish asoslari va mazmuniga ko„ra bir nechta
turlarga bo„linadi.
|