124
holda aldanuvchi tomon bitimning narsasi yoki uning shartlari to‟g‟risida
noto‟g‟ri tasavvur qiladi.
Qo‟rqitish ta‟siri ostida bitim tuzilishida jabrlangan shaxs o‟ziga yoki
yaqin kishilariga biror mulkiy yoki shaxsiy zarar yetkazilishidan qo‟rqib,
bitim tuzishga majbur bo‟ladi.
Zo‟rlik deyilganda boshqa shaxsning erki shu shaxsni bitim tuzishga
majbur qilish maqsadida uning o‟ziga yoki yaqin kishilariga jismoniy azob
yetkazishdan iborat bo‟lgan g‟ayriqonuniy qilmish tushuniladi.
FKning 125-moddasiga asosan, yuridik shaxs tomonidan uning ta‟sis
hujjatlarida (ta‟sis
shartnomasi, nizom, ustavi) aniq chegaralab qo‟yilgan
maqsadlarga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‟ullanishga
litsenziyasi bo‟lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning
muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da‟vosi bo‟yicha
sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1. Ko‟p hollarda bitim va shartnoma tushunchasi chalkashtiriladi.
Bitim deganda shartnomani
tushunish hamda bir tomonlama, ikki
tomonlama va ko‟p tomonlama bitimlarga oid qoidalarni to‟liq
shartnomalarni tasniflashga nisbatan qo‟llash mumkinmi?
Muhokama qiling?
2. Qanday bitim turlarini bilasiz, birja
bitimlarini boshqa bitim
turlaridan farqi bormi, ular haqida nimalarni bilasiz?
Tushuncha bering?
3. Davlat imtixonida I. Norimonovga davlat va jismoniy shaxs
o‟rtasida tuzilgan bitimlarning mohiyati to‟g‟risida savol tushadi. Berilgan
savollarga javob berar ekan I. Norimonov bu ikki subyekt o‟rtasida bitim
tuzilishi
mumkin emas, buning sababi FKning 101-moddasida davlatning
bitim tuzishga haqli ekanligi to‟g‟risida tushuncha yo‟q deya javob beradi.
U o‟z savoliga qo‟shimcha ravishda javob berar ekan davlat bilan jismoniy
shaxslar shartnomalar tuzishi mumkin
lekin bitim tuza olmaydi, degan
xulosaga
keladi
Javobni sharhlang va unga o‟z munosabatingizni bildiring?
FKning 101-moddasi talablaridan kelib chiqib masalaga oydinlik
kiriting?
4. N.
Sharipov, G. Xasanov, L. To‟qliyev va N. Namozovlar
birlashib tadbirkorlikni amalga oshirishga kelishib oladilar. O‟z
kelishuvlarini yozma ravishda rasmiylashtirish maqsadida huquqshunos S.
125
Karimovga murojaat etadilar. S. Karimov ularning
bitimi oddiy shirkat
shartnomasi ekanligini va shartnomani tuzayotgan paytda ularning
shartnomalari tekinga tuzilayotganligini ularda muqobil ijro – yo‟qligini,
ular faqatgina foyda ko‟rsa, u foyda teng bo‟linishligini aytadi.
Shundan
so‟ng shartnomaning baho bilan bog‟liq bandiga tekinga degan yozuvni
kiritadi.
Bu yerda huquqshunosning harakatini baholang? Haq evaziga va
tekinga tuziladigan bitimlarning farqini ko‟rsatib bering? Tuzilayotgan
shartnoma haq evaziga tuziladimi yoki tekinga tuziladimi? Ushbu
masalaga oydinlik kiriting?