129
3)
vakillik instituti munosabatlari insoniylik, o„zaro yordam,
fuqarolik munosabatlarda barchaning teng ishtirokini ta‟minlash
g„oyalariga asoslanadi;
4)
vakillik haq evaziga ham, tekinga ham amalga oshirilishi
mumkin;
5)
vakillik fuqarolik, oila, xo„jalik, ma‟muriy huquqiy
munosabatlarni o„zida jamlagan;
6)
vakillik instituti mavjudligining asosi bo„lgan vakolatlar
huquqiy hujjatlar va shartnomalar bilan aniq tarzda belgilanadi;
7)
vakillikning vujudga kelishi va bekor bo„lishi har xil obyektiv
va subyektiv yuridik faktlarga bog„liq hisoblanadi;
8)
vakillik instituti shaxslarga fuqarolik huquq va majburiyatlarini
amalga oshirishdagi yuridik yordamning huquqiy asosidir.
qonun hujjatlarida belgilangan asoslardan kelib chiqqan holda, vakolat
beruvchi vakilga muayyan vakolat beradi, vakil esa shu vakolat doirasida
harakat qilgan holda nafaqat vakolat beruvchiga nisbatan, balki uchinchi
shaxslar uchun ham huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi.
Har qanday munosabatlarda bo„lgani kabi vakillik munosabatlarining
ham eng asosiy elementlaridan biri - bu taraflarning huquq va
majburiyatlaridir. Vakillik munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va
majburiyatlar ikkiga bo„linadi:
1)
vakolat beruvchi va vakil o„rtasidagi huquq va majburiyatlar;
2)
uchinchi shaxslarga nisbatan vujudga keladigan huquq va
majburiyatlar.
Shu bilan birga, vakillik munosabatlaridagi huquq va majburiyatlar
vakillikning turlariga bog„liq holda ham har xil hisoblanadi va ayni shu
mezonlardan, ya‟ni huquq va majburiyatlar kimga nisbatan vujudga
kelganligiga, ularning vakillikning qaysi turiga mansubligidan kelib
chiqqan holda vakillik munosabatlaridagi huquq va majburiyatlarning
mohiyati yoritiladi.
Vakillik munosabatlarida vakolat beruvchi va vakilning huquq va
majburiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning mazmun-mohiyati
vakillikning turlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.