• Bitim shakllari
  • Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
    Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar 
    Huquq 
    subyektlari 
    o‟rtasida 
    tuziladigan 
    bitimlar 
    muayyan 
    muddatlarda ijro etiladi va bekor bo‟ladi.
    Agar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki bekor 
    bo‟lishi vaqti ko‟rsatilgan bo‟lsa, bitimlar muddatli hisoblanadi. 
    Bitimlarda muddatlar quyidagicha: 
    a) ma‟lum kun, oy, yil bilan (masalan, 2015 yil 15 sentyabr); 
    b) ma‟lum vaqtning o‟tishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin 
    o‟tishini ko‟rsatish); 
    v) ma‟lum bir voqea yuz berishi (masalan, daryo orqali yuk tashish–
    muz erishi) bilan belgilanadi.
    Agar bitimda uning ijro etilish muddati ko‟rsatilmagan bo‟lsa, 
    bunday bitim muddatsiz hisoblanadi.
    Huquq va majburiyatlarning kelib chiqishi noma‟lum bo‟lgan 
    holatning yuz berishi yoki bermasligi hisobga olingan holda tuzilgan 
    bitimlar shartli bitimlar deyiladi.
    Shartli bitim deb, taraflar o‟rtasida tuziladigan bitimning amalga 
    oshirilishi yoki bekor bo‟lishi, biror-bir shartga bog‟lab qo‟yilishiga 
    aytiladi. Shartli bitimlar ikki xil ko‟rinishda bo‟ladi: 
    a) sharti kechiktirilgan; 
    b) bekor bo‟lish sharti bilan tuzilgan bitimlar.
    Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishining yuz berishi 
    yoki bermasligi noma‟lum bo‟lgan holatga bog‟liq qilib qo‟ysalar, bitim 
    sharti kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi 
    Agar tarafning huquq va burchlari bekor bo‟lishining yuz berishi 
    yoki bermasligi noma‟lum holatga bog‟liq qilib qo‟ysalar, bunday bitim 
    bekor bo‟lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.
    Bitim shakllari 
    Bitim shakli - erkni bayon etish usulidan iborat. Erk og‟zaki, yozma va 
    boshqa usullarda bayon etilishi mumkin. Shunga ko‟ra bitim ham tegishli 
    shakllardan iborat. Bitimni shakli uni haqiqiy deb hisoblash (FKning 354, 
    366-m. m), taraflar o‟rtasida nizo kelib chiqqan taqdirda, ularning huquq 
    va burchlarini isbotlash uchun yuridik ahamiyatga ega.


    117 
    Jeton, patta yoki odatda, qabul qilingan boshqa belgi berish bilan 
    tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan 
    bo‟lmasa, og‟zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi. Yozma shaklda 
    tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va 
    shartnomaga zid bo‟lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og‟zaki 
    tuzilishi mumkin.
    Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzilishi 
    mumkinligi nazarda tutiladi. Bu holda xalqimizning qadimdan mavjud 
    “sukut – rozilik alomati” qoidasi amal qiladi.
    Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga: 
    a) oddiy yozma; 
    b) notarial idoralarda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, 
    boshqa organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga bo‟linadi.
    Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o‟z ichiga olgan va taraflar 
    (yoki bir taraf) tomonidan imzolangan hujjatga aytiladi. Bitimlar quyidagi 
    hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi: 
    1) yuridik shaxslarning o‟zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari 
    (chunki yuridik shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuridik shaxslarning 
    mulki va mablag‟lari uning balansida aks ettirilishi kerak.
    2) fuqarolar o‟rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o‟n 
    baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa 
    bitim summasidan qat‟i nazar boshqa bitimlar.
    Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur 
    tashkilot rahbarining imzosi va muhri bo‟lishi lozim.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish