143
ishtirokchilari voqea ro‟y berishining aniq vaqtini bilmaydilar.
Masalan,
umrbod ta‟minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish
shartnomasining muddati boshqa shaxsga beruvchi vafotiga qadar davom etadi.
Garchi boshqa shaxsga beruvchi fuqaroning vafot etishi muqarrar yuz berishi kerak
bo‟lgan voqea hisoblansada, uning qachon ro‟y berishi aniq bo‟lmaydi.
Muddatlar belgilanishi va hisoblanishiga ko‟ra ikki turga bo‟linadi:
o‟rnatilgan vaqt davrlari (yillar, oylar, haftalar va shunga o‟xshash) bilan
belgilanadigan muddatlar va aniq payt (to‟lovni amalga oshirish kuni, ishni
bajarishning aniq sanasi) bilan belgilanadigan muddatlar. Odatda, aniq
payt bilan belgilanadigan muddatlar vaqt oralig‟i bilan belgilanadigan
muddatlar kabi o‟tishi boshlanmaydi, faqatgina
belgilangan paytdagina
uning o‟tishi boshlanadi va ularni boshlanish vaqtini aniqlash hech qanday
qiyinchilik tug‟dirmaydi. Shu bilan birga hisoblash qiyinchilik
tug‟dirmaydigan holatlardan yana biri boshlanishi va tamom bo‟lishi aniq
kalendar sana bilan belgilanadigan muddatlar (masalan, televizorni 1
iyundan 1 oktyabrgacha prokatga olish) yoki soatlar bilan hisoblanadigan
muddatlar (bu muddatlar shartnomada belgilangan paytdan boshlanadi va
soatlar bilan hisoblanadi.
Masalan, qayiq prokatga berilgan paytdan boshlab
soatlar bilan hisoblanadi yoxud kunlar bilan hisoblanadigan muddatlar. Bunda
tegishli huquqiy munosabat shartlariga ko‟ra hamma kunlar, shu jumladan
muddatlar boshlanishining birinchi kuni ham hisoblanishi lozim. Masalan,
fotoapparat dushanba kuni besh kunga prokatga berildi va agar to‟lov hamma kun
uchun, shuningdek fotoapparat berilgan kun uchun amalga oshirilsa, muddat
chorshanba kuni tamom bo‟ladi.
Bu muddatlarni hisoblash vaqt oralig‟i hisoblanishini nazarda
tutmaydigan hollarda muddatning birinchi kuni ham yillar, oylar, haftalar
va hatto kunlar bilan belgilanganda qiyinchilik tug‟diradi.
FKning 146-moddasi umumiy qoida tarzida vaqt davri bilan
belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni
deb belgilangan voqea yuz berganidan keyingi kundan o‟ta boshlashini
belgilaydi.
Masalan, pudrat shartnomasiga muvofiq ishning natijasini qabul qilish
uchun besh kunlik muddat belgilangan bo‟lsa, bu muddat ish bajarilishi to‟g‟risida
buyurtmachi ogohlantirilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. Bunda ishning
natijalarini qabul qilib olish to‟g‟risida buyurtmachi 17 may kuni ogohlantirilsa,
muddatning o‟tishi 18 maydan boshlanadi va 22 may kuni tamom bo‟ladi. Ushbu
qoida muddatlarni hisoblashning aniq tartibini belgilab beradi. Uning ahamiyati
shundaki, kalendar bo‟yicha yilning boshlanishi va tamom bo‟lishi belgilangan
vaqtga mos kelmasligi mumkin, ya‟ni 1 yanvar va 31 dekabr. Aynan shu holat oylar
va haftalar bilan hisoblanadigan muddatlarga ham taalluqlidir. Bunday holatda
yillar, oylar va haftalar bilan hisoblanadigan muddatlarga boshlanishi va tamom
bo‟lishi taraflar uchun maqbul bo‟lmagan kunga to‟g‟ri kelishi bu esa o‟z navbatida
muddatning oxirgi kunini aniqlashda qiyinchilik tug‟diradi. Masalan, ijara
shartnomasi 12 fevral kuni tuzildi va velosiped uch oylik muddatga ijaraga berildi.
144
Agar FKning 146-moddasi mavjud bo‟lmaganida edi bu muddatning boshlanishi va
tamom bo‟lishini aniqlash qiyinchilik tug‟dirardi. Bunday muddatning boshlanishi 1
fevral deb hisoblanishi, 1 mart deb ham hisoblanishi, uning tamom bo‟lishi esa,
30 aprel deb yoki 31 may deb hisoblanishi mumkin bo‟lardi. FKning 146-moddasi
qoidalariga muvofiq esa, belgilangan uch oylik muddat kalendar sanasidan keyingi
kundan ya‟ni, 13 fevraldan o‟ta boshlaydi va 13 may kuni tamom bo‟ladi.
Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom bo‟lish paytini
aniqlash ham fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. FKning 147-moddasiga muvofiq, yillar bilan hisoblanadigan
muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom bo‟ladi
.
Masalan,
uch yillik umumiy da‟vo muddati 2000 yil 21 fevralda boshlangan bo‟lsa, 2003 yil
21 fevralda tamom bo‟ladi. Agar muddat kabisa yilining so‟nggi kuni 29 fevralda
boshlangan bo‟lsa, unda muddat tegishli yilning tegishli oyining so‟nggi kunida ya‟ni
28 fevralda tamom bo‟ladi.
Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan
hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo‟llaniladi (FKning
147-moddasi, 2-qismi). Bunda yarim yil sifatida oltinchi oyning so‟nggi
kuni muddat tamom bo‟lish payti hisoblanadi. Masalan, 3-may kuni
boshlangan yarim yillik muddat 3-noyabr kuni tamom bo‟ladi.
Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan
hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi. Bu
holatda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choragining hisobi
esa, yil boshidan yuritiladi
.
Masalan, FKning 520-moddasiga muvofiq doimiy
renta yilning har bir choragi tugashi bilan to‟lanadi. Agar renta to‟lash 2003 yil
boshlangan bo‟lsa, doimiy renta 2003 yil 31 mart kuni yoki FKning 520-moddasi
talablariga ko‟ra 31 martdan keyingi kuni 1 aprelda to‟lanishi lozim.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu
muddatning oxirgi oydagi
tegishli kunida tugaydi
.
Masalan, 15 mayda boshlangan 2 oylik muddat 15 iyulda
tamom bo‟ladi. Agar tegishli muddatda tegishli kun mavjud bo‟lmasa, unda shu
oyning so‟nggi kuni muddatning tamom bo‟lish kuni hisoblanadi. Masalan, 31 may
kuni boshlangan muddat qoida bo‟yicha 31 iyunda tugashi lozim. Lekin iyun oyining
31 sanasi mavjud emas. Shu munosabat bilan bu muddat 30 iyun kuni tamom bo‟ladi.
Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb
qaraladi va bu muddat 15 kunga teng bo‟ladi.
Haftalar bilan o‟lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi
haftasidagi tegishli kunda tugaydi
.
Masalan, ikki haftalik muddat haftaning
chorshanba kuni boshlangan bo‟lsa, ushbu muddat o‟ta boshlaganidan so‟ng,
ikkinchi chorshanbada tamom bo‟ladi va bunda aniq sanalarga qaraganda hafta
kunlari muhim ahamiyat kasb etadi.
145
Muddatning o‟tishi fuqarolik huquq
va burchlarining vujudga
kelishiga, o‟zgarishiga va tamom bo‟lishiga ta‟sir ko‟rsatadi. Bunda
vakolatli shaxsning yoki qarzdorning biror bir harakatning amalga
oshirishi yoki oshirmasligi ahamiyatga ega emas. Chunki, muddatning
o‟tishi bilan yuridik oqibat o‟z-o‟zidan kelib chiqadi. Ko‟pchilik holatlarda
muddatlar tegishli xatti-harakatni, huquq yoki majburiyatni belgilash
maqsadida amalga oshirishga qaratiladi (masalan, merosni qabul qilib
olish muddati,
qarzni qaytarish muddati, ijaraga berilgan mulkni qaytarib
olish muddati va h.k. ).
Bunday holatlarda nafaqat muddatning oxirgi kuni balki, tegishli
kunda amalga oshirilishi lozim bo‟lgan harakatni bajarish vaqti ham
ko‟rsatilishi kerak bo‟ladi (FKning 148-moddasi).