146
Da‟vo muddatlarida belgilangan vaqt davrlari taraflar tomonidan
o‟zgartirilishi mumkin hisoblanmaydi. Odatda da‟vo muddatlari imperativ
xarakterga ega bo‟ladi, taraflar ularni o‟z
istak xohishlari asosida
uzaytirishga yoki qisqartirishga haqli bo‟lmaydilar. Shu bilan birga
huquqiy munosabat ishtrokchilari da‟vo muddatining boshlanish paytini,
uning qancha vaqtgacha davom etishini qonunda
belgilangan muddatdan
ko‟p yoki kam qilib belgilashlari mumkin emas. FKning 152-moddasiga
biror da‟vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi
bilan o‟zgartirilmaydi. Bunday o‟zgartirish qonun hujjatlarida ko‟zda
tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy qoidaga ko‟ra, da‟vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi
tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‟llaniladi.
Bu qoida shunday ma‟noni anglatadiki, agar javobgar sudga da‟vo muddati
o‟tib ketganligini bildirmasa, sud da‟vogar va javobgar o‟rtasidagi nizoni
mazmunan ko‟rib chiqish va hal qiluv qarori chiqarishi lozim.
Bunda
da‟vo muddatining o‟tib ketganlik holati ahamiyatga ega bo‟lmaydi.
Ushbu holatda taraflar o‟zaro bitim tuzish paytida, ular o‟rtasidagi bitim
yoki shartnomaga nisbatan da‟vo muddati joriy qilinmasligi to‟g‟risida
kelishuvga erishsalar, bunday kelishuv o‟z-o‟zidan haqiqiy sanalmaydi.
Da‟vo muddati institutining maqsadi
kimnidir jazolash yoki kim
uchundir noqulaylik vujudga keltirish hisoblanmaydi. Bu institutning
maqsadi va vazifasi huquqiy munosabatlarni buzmasdan, ular ko‟lamiga
ta‟sir etmasdan huquqiy munosabatlardagi noaniqliklarni bartaraf etishdir.