138
buning haqini to„lashlarini aytishadi. K.Komilov qo„shnisining
mollari
yem-xashak olish maqsadida uning uyidagi ayrim mol-mulklarni sotadi.
Safardan qaytib kelgan Nurovlar oilasi sotilgan mol-mulklarni qaytarishni,
ularni sotishga vakolat bermaganliklarini, agar qaytarmasa sudga murojaat
etishlarini bildiradilar. K.Komilov esa mollariga berishga yem-xashak
qolmaganligi bois
bu ishni amalga oshirganligini, aksincha bo„lganda
bunday harakat qilmasligini, kelishuv bo„yicha
uning uyiga, mollariga
qarab turganligi uchun haq to„lashlarini so„raydi. O„rtadagi nizo bo„yicha
sudga muojaat etadilar.
Taraflarning vajlariga huquqiy baho bering?
Vakilning harakatlari
to„g„rimi? Masala qanday hal qilinadi?
6. Mustafoyev pochta xabarnomasini oladi. Ulardan biri xotini
Mustafoyeva
Jamila nomiga, ikkinchisi 10 yashar o„g„li Ulug„bek
Mustafoyev nomiga kelgan jo„nalma edi. Xotini va o„g„li qishloqda dam
olayotganlgi uchun Mustafoyev
xotininig pasportini, nikoh qog„ozini va
o„zining pasportini olib, pochtaga kelib jo„natmalarni
berishni iltimos
qiladi. Lekin, pochta boshlig„i fuqaro Mustafoyevdan o„g„li va xotini
tomonidan berilgan ishonchnomani talab qiladi.
Pochta boshlig„ining talabi to„g„rimi? Bu vaziyatda qonuniy vakillik
qo„llanilishi mumkinmi? Mustafoyev o„z xotiniga nisbatan qonuniy vakil
bo„lishi mumkinmi?