Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
12-MAVZU. XUSUSIY MULK HUQUQI 
 
Xususiy mulk huquqining tushunchasi. Xususiy mulk huquqi 
subyektlari va obyektlari. Xususiy mulk huquqining himoya qilish 
kafolatlari.
Xususiy mulk huquqining tushunchasi 
 
O‟tish davri iqtisodiyoti amalda bo‟lgan mamlakatlarda bozor 
iqtisodiyotini barpo etish uchun xususiy mulk hayotiy ahamiyatga ega. 
Xususiy mulk tadbirkorlik faoliyati uchun asos bo‟lib xizmat qiladi va shu 
sababdan bozor munosabatlari tizimida alohida o‟rin tutadi. Mazkur jihatni 
inobatgan olgan holda, O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-
moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‟zbekiston 
iqtisodiyotining asosini turli ko‟rinishlardagi mulk tashkil etadi. Mulkning 
boshqa ko‟rinishlari bilan bir qatorda, xususiy mulk daxlsizdir va davlat 
tomonidan himoya qilinadi” deb ko‟rsatilgan .
O‟zbekiston Respublikasida xususiy mulkni huquqiy tartibga solishni 
rivojlanishi evolyutsion yo‟l bilan sodir bo‟lganligini ta‟kidlash joiz. 
Birinchi bor, mulkning bir ko‟rinishi sifatida xususiy mulk 1990-yil 31-
oktyabrdagi “O‟zbekiston Respublikasida mulkchilik to‟g‟risida”gi 
Qonunida ko‟zda tutilgan edi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, xususiy 
mulk fuqarolarning mulki sifatida muomalaga kiradi, nodavlat yuridik 
shaxslarning va ularga qarashli birlashmalarning mulki esa va shuningdek, 
ijtimoiy hamda diniy birlashmalarning mulki Qonunning 8-moddasida 
xususiy emas, balki jamoa mulki deb ta‟riflanadi. Demak, mazkur Qonun 
tomonidan xususiy mulkning faqat bitta turi – fuqarolarning xususiy mulki 
tan olinadi.
Harakatdagi FKning qabul qilinishi O‟zbekiston Respublikasida 
xususiy mulk huquqini rivojlantirishdagi hal qiluvchi bosqich bo‟ldi. 
“Mulkchilik to‟g‟risida” gi Qonundan farqli ravishda FK xususiy mulk 
huquqining subyektiv tarkibini jiddiy tarzda kengaytirgan holda, uning 
tarkibiga nafaqat fuqarolarni, balki tijorat hamda notijorat nodavlat yuridik 
shaxslarni ham kiritdi. Demak, bugungi kunda xususiy mulk huquqi 
fuqarolarning va nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqi sifatida 
muomalaga kirmoqda.
Qolaversa, 2012 yil 24 sentyabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish 
va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‟g‟risida”gi Qonunda ham 
xususiy mulk huquqi subyektlarining vakolatlarini yanada mustahkamladi 
va tegishli kafolatlarni belgiladi.


171 
Xususiy mulk huquqining subyektlari, ya‟ni fuqarolar va nodavlat 
yuridik shaxslar o‟z xohishlariga ko‟ra va o‟z manfaatlari yo‟lida, 
o‟zlariga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish va shuningdek mulk huquqining har qanday buzilishlarini, 
ular kim tomonidan sodir etilishidan qat‟i nazar, bartaraf qilishni talab 
etishga haqlidirlar.
Xususiy mulk egaligida mavjud bo‟lgan mulkning miqdori va 
qiymati cheklanmaydi. Masalan, Uy-joy Kodeksining 11-moddasining 
to‟rtinchi qismiga muvofiq, uy-joylarga, xonadonlarga, uyning bir 
qismiga, xonadonning bir qismiga mavjud xususiy mulk egaligi miqdor, 
o‟lcham va qiymat bo‟yicha cheklanmaydi. Lekin, shu bilan birga
qonunchilikda belgilangan hollarda, xususiy va ijtimoiy manfaatlarini 
ko‟zlash maqsadlarida ba‟zi bir cheklashlar o‟rnatilishi mumkin. Masalan, 
“Giyohvandlik vositalari va psixotropli moddalar to‟g‟risida” gi 
Qonunning 22-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar o‟zlarining ishlab 
chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, ko‟rsatilgan faoliyat turi uchun 
litsenziyaning mavjudligi va yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ortiq 
bo‟lmagan miqdorda, prekursorlarni sotib olishlari mumkin va sotib 
olingan yoki buyurtirilgan prekursor miqdori mazkur ehtiyojlardan ortib 
qolgan har bir holatda maxsus vakolatli organni shu haqda xabardor 
qilishga majburdirlar. Monopolistik faoliyatni cheklash va unga chek 
qo‟yish, hamda raqobatni rivojlantirish maqsadlarida, monopoliyaga qarshi 
qonunchilik tomonidan aksiyalarni ma‟lum miqdorda sotib olish uchun 
tegishli davlat organidan ruxsatnoma olinishi shartligi ko‟zda tutilgan.
O‟zbekiston Respublikasining “Raqobat to‟g‟risida”gi 2012 yil
6 yanvardagi qonunining 17-moddasiga ko‟ra, ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‟yicha bitimlar, agar bu 
bitimlarni tuzish paytida tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar 
aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni 
realizastiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming 
baravari miqdoridan ortiq bo‟lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri ustun 
mavqeni egallab turgan xo‟jalik yurituvchi subyekt bo‟lsa, shaxs yoki 
shaxslar guruhi tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini olishga 
nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga qadar 
mazkur aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini tasarruf etmagan bo‟lsa yoki 
mazkur aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 
aksiyalarning o‟ttiz besh foizidan kamini tasarruf etgan bo‟lsa, bunda ana 
shu shaxs yoki shaxslar guruhi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 
aksiyalarning o‟ttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini 
olish bo‟yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi bo‟lgan 
taqdirda tuziladi. 


172 

Download 2,02 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish