173
Fuqarolar xususiy mulki huquqining obyektlari deb yer uchastkalari,
turar joy uylari, xonadonlar, dala hovlilar, garajlar, uy-ro‟zg‟or ashyolari,
shaxsiy iste‟mol ashyolari, pul mablag‟lari, qimmatli qog‟ozlar va
shuningdek, korxonalar hamda ishlab chiqarish uchun mo‟ljallangan
boshqa xil mulkiy majmualar, binolar, inshootlar, transport vositalari,
ishlab chiqarishning boshqa vositalari tan olinadi. Mol-mulkning miqdori
va qiymati, agarda u mulk sifatida qonunga
yoki shartnomaga muvofiq
olingan bo‟lsa, cheklanmaydi.
Xo‟jalik
shirkatlari
va
jamiyatlari,
kooperativlar,
jamoat
birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat yuridik shaxslar yuridik
shaxslarning xususiy mulk huquqi subyektlari deb tan olinadi.
Ishtirokchilar, ta‟sischilarning ulushlari, xo‟jalik faoliyatidan olingan
daromadlar va boshqa qonun tomonidan yo‟l qo‟yilgan asoslar bo‟yicha
olingan mol-mulklar nodavlat yuridik shaxslar mol-mulki shakllanishining
asoslaridir. Davlatga tegishli yuridik shaxslardan (unitar korxonalar, davlat
korxonalari) farqli ravishda, mazkur yuridik shaxslarning mulki ularga
xususiy mulk huquqi asosida tegishlidir.
Qonun tomonidan ko‟zda tutilgan hollardan tashqari, yuridik
shaxslarning xususiy mulki tasarrufida muomaladan chiqarilmagan har
qanday ko‟chmas va ko‟char ashyolar bo‟lishi mumkin.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligi bo‟yicha, barcha yuridik shaxslar,
yuritayotgan faoliyatining maqsadiga bog‟liq holda tijorat va notijorat
toifalarga bo‟linadi. Tijorat yuridik shaxs sifatida o‟z faoliyatining asosiy
maqsadi sifatida foyda olishni ko‟zlagan
tashkilot tan olinadi, notijorat
tashkilot deb esa shunday maqsad sifatida foyda olishni maqsad qilib
qo‟ymagan tashkilot hisoblanadi.
Yuridik shaxslarning shakliga qarab, yuridik shaxsning mulkiga
nisbatan ta‟sischilar (ishtirokchilar) huquqlarining xususiyati ham farq
qiladi. Xo‟jalik shirkatlarida va jamiyatlarida hamda kooperativ
(shirkat)larda ta‟sischilar (ishtirokchilar) yuridik shaxsning mulkiga
nisbatan hech qanday ashyoviy huquqlarga ega emas va faqat majburiyat
huquqlariga egadirlar. Ta‟sischilar (ishtirokchilar)ning ulushlari hisobiga
yaratilgan mulk, va shuningdek xo‟jalik shirkati tomonidan faoliyat
yuritish jarayonida ishlab chiqarilgan
va sotib olingan mol-mulk, mulk
huquqi asosida unga tegishlidir. Barcha ustav fond bitta yagona jismoniy
yoki yuridik shaxsga (masalan, 100%li davlat ishtirokidagi AJ yoki bitta
shaxs tomonidan yaratilgan MChJ) tegishli bo‟lishiga qaramay, tijoratchi
yuridik shaxslarning mulki ta‟sischilarga emas, balki mulk huquqi asosida
faqat shu yuridik shaxslarga tegishli bo‟ladi. Ta‟sischilarga mulk huquqi
asosida faqat aksiyalar va tegishli yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi
ulushlari tegishlidir.
174
Fuqarolar va yuridik shaxslarning xususiy mulkida muomaladan
chiqarilgan ashyolardan tashqari har qanday ko‟char va ko‟chmas ashyolar
bo‟lishi mumkin.
FKning 210-moddasiga ko‟ra, belgilangan tartibda ajratib berilgan
yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat
ro‟yxatidan o‟tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan qurilayotgan uy-joy qurilishi
tamom bo‟lguncha va ro‟yxatdan o‟tkazilguncha mahalliy hokimiyat
organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ
uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa
binolarga mulk huquqi kooperativ a‟zosi pay badallarini batamom to‟lab
bo‟lganidan keyin vujudga keladi.
Ko‟p xonadonli (kvartirali) uydagi kvartira mulkdoriga o‟ziga
tegishli xonalar bilan birga uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli
mulk huquqi ham tegishlidir. FKning 211-moddasining birinchi qismiga
ko‟ra ko‟p kvartirali uyda umumiy mulk obyektlari bo‟lib, ushbu uyning
umumiy xonalari, jumladan ustun, to‟sin, devor konstruksiyalari,
kvartiralararo zinapoyalar maydonchalari, zinalar, liftlar va boshqa
shaxtalar, yo‟laklar,
texnik qavatlar, yerto‟lalar, cherdaklar va tomlar, uy
ichidagi injenerlik va kommunikatsiyalar tarmoqlari, bino ichida yoki
tashqarisida joylashgan, bir necha binolarga, kvartiralarga xizmat qiluvchi
mexanik, elektr, texnik-sanitariya va boshqa qurilmalar va uskunalar
hisoblanadi. Ushbu obyektlar ko‟p kvartirali uylarga xizmat qilish
vazifalarini bajarishga mo‟ljallangan bo‟lib o‟ziga xos tarzda yagona mol-
mulk majmuasini tashkil etadi. Ko‟p kvartirali uydagi umumiy mol-mulk
va ushbu umumiy mol-mulkning alohida qismlari mulk huquqining
mustaqil obyektlari bo‟lib hisoblanmaydi va begonalashtirishga yo‟l
qo‟yilmaydi.
Ko‟p xonadonli uydagi umumiy mulk yagona, bo‟linmas obyektni
tashkil etishini va umumiy ulushli mulk tarkibida mavjud ekanligini
ta‟kidlash lozim. Ko‟p xonadonli uydagi
xonadon mulkdorida qonunga
muvofiq, uydagi o‟zi sotib olgan xonadonga mulk huquqining paydo
bo‟lishi paytida umumiy mulk huquqidagi umumiy mulkning ulushli
huquqi paydo bo‟ladi.
Ko‟p xonadonli uyda umumiy mulk huquqidagi umumiy mulkning
ulushli huquqi muhim ahamiyatga ega. FKning 211-moddasining ikkinchi
qismidagi me‟yorlar qaydlovchi xususiyatga egadir, chunki mazkur
175
qismda uyning umumiy mulki tarkibida mulk huquqidagi mulkdorlarga
tegishli ulushlarning miqdori va mulkdorlar o‟rtasida uyni tutish va
mazkur mulkni saqlash bo‟yicha sarf-xarajatlarni taqsimlash tartibi
turarjoy qonunchiligi tomonidan belgilanishi aniq ko‟rsatilgan.