Ommaviy (davlat) mulkining manbalari
Ommaviy mulk subyektlari – bu umuman olganda O‟zbekiston
Respublikasi (respublika mulki) yoki tegishli ma‟muriy–hududiy
tuzilmalar (munitsipal mulk)dir. Bunda, O‟zbekiston Respublikasi FK
181
ommaviy mulki obyektlarining doirasini cheklanmaganligini unutmaslik
kerak. Uning tarkibida har qanday mol-mulk mavjud bo‟lishi mumkin.
Munitsipal mulk obyektlarining doirasi birmuncha torroq. Uning tarkibiga,
xususan, respublika mutloq mulki obyektlari kirishi mumkin emas.
Huquqni belgilash yo‟sinida respublika va munitsipal ommaviy
mulkini chegaralash masalasi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bugungi
kunda O‟zbekiston Respublikasining qonunchiligida respublika va
munitsipal ommaviy mulki obyektlarini chegaralashning har tomonlama
tartibini belgilaydigan maxsus hujjat mavjud emas.
Mazkur me‟yoriy-huquqiy hujjatning mavjud bo‟lmaganligi sababli
umumiy va turdosh masalalarni tartibga soluvchi hujjatlardan foydalanish
lozim.
Ommaviy mulk turlari
O‟zbekiston Respublikasi FKning 214-moddasi birinchi qismida
respublika mulki obyekti sifatida tasarruf etiladigan mulk obyektlarining
ro‟yxati keltirilgan.
Bunda, yerning va tabiat zahiralarining maxsus rejimi o‟rnatilgan.
Mazkur rejimning ayni holatdagi mohiyat mazmuni barcha yerlar hamda
fuqarolarning va yuridik shaxslarning yoki munitsipal mulkning tarkibiga
topshirilmagan barcha tabiiy zahiralar respublika mulki deb e‟lon
qilinganligida namoyon bo‟ladi.
Boshqacha qilib aytganda, yerga va boshqa tabiiy zahiralarga
respublika mulki prezumpsiyasi o‟rnatilgan. Mazkur qoida tomonidan
yerga va boshqa tabiiy zahiralarga, ularning faqat davlat tomonidan
to‟g‟ridan to‟g‟ri-yo‟l qo‟yilgan darajada xususiy va munitsipal mulk
obyekti bo‟lishlari mumkinligi mazmunida, xususiy mulk sifatida ma‟lum
cheklanishlar o‟rnatilgan.
Yerdan tadbirkorlik faoliyatidagi ko‟chmas mulk obyekti sifatida
foydalanish, uning maqsadli vazifasi inobatgan olingan holda amalga
oshirilishi
lozim.
O‟zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
55-moddasiga muvofiq, yer va boshqa tabiiy zahiralardan oqilona
foydalanish lozim va ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yer uchastkasi tushunchasi Yer kodeksida va 1998-yil 28-avgustdagi
O‟zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‟g‟risida” gi
Qonunida mujassamlangan. YKning 10-moddasiga muvofiq, yer
uchastkasi yer munosabatlarining obyekti sifatida – belgilangan
chegaralarga, maydonga, joylanish hududiga, huquqiy rejimiga va davlat
yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsif belgilariga ega bo‟lgan yerlar
182
fondining bir qismini tashkil etadi.
O‟zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentyabrdagi “Yer osti
boyliklari to‟g‟risida”gi Qonuniga muvofiq, yer zamini - bu tuproq
qatlamidan pastroqda joylashgan yer po‟stlog‟ining bir qismi, uning
mavjud bo‟lmaganligi holida esa yer yuzasining yoki geologik o‟rganish
va o‟zlashtirish imkoniyati chegarasida bo‟lgan suv obyektlari tubining
pastrog‟ida joylashgan yer po‟stlog‟ining qismidir. Yer zamini
uchastkalari sotib olinish, sotish, xadya qilish, meros, omonat, garov
obyektlari bo‟lishi yoki boshqa ko‟rinishda tortib olinishi mumkin emas.
O‟zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to‟g‟risida»gi
Qonunining
31-bandiga
muvofiq,
yer
mulkdorlari
va
yerdan
foydalanuvchilar o‟zlariga berilgan yer uchastkalari hududi chegaralarida
litsenziya olinmagan tarzda, qonunchilikda belgilangan shartlar asosida
foydali qazilmalarning davlat balansi tomonidan zahiralari roy‟xatga
olinmagan, umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish va
o‟zlarining xo‟jalik va maishiy ehtiyojlari uchun portlash ishlarini
qo‟llamay yer ostki inshootlarni qurilishini amalga oshirish huquqiga
egadirlar.
Boshqa xil foydali qazilmalardan foydalanishga nisbatan, qat‟iy
litsenliyalash tartibi joriy qilingan. Xususan, O‟zbekiston Respublikasining
2001 yil 7 dekabrdagi №312-II sonli “Mahsulotning taqsimotiga oid
bitimlar to‟g‟risida” gi Qonuniga muvofiq, “chet ellik sarmoyadorga,
to‟lov asosida va ma‟lum muddatga shartnomada ko‟rsatilgan yer
uchastkasida foydali qazilmalaning konlari qidiruvi, tekshirilishi va qazib
olinishiga va mazkur ishlarini olib borish uchun alohida huquq berilishi
mumkin, sarmoyador esa, o‟z navbatida ko‟rsatilgan ishlarni o‟z hisobidan
va o‟zining tavakkal qilishi asosida amalga oshirish majburiyatini o‟z
zimmasiga oladi”.
Respublika mulki tarkibida ma‟lum shartlarda o‟zga shaxslarning
mulkiga o‟tishi mumkin bo‟lgan mulk ham mavjud. Mazkur toifaga,
masalan, respublika budjeti mablag‟larini, oltin zahirani, valyuta
jamg‟armasini va boshqa davlat jamg‟armalarini va shuningdek
korxonalarni hamda davlatning budjet yoki boshqa mablag‟lari hisobiga
yaratilgan yoxud sotib olingan intellektual faoliyat natijalari bilan teng
ravishda boshqa har xil mulk majmualarini kiritish lozim.
Respublika mulki huquqi vujudga kelishi asoslari orasida, o‟ziga xos
manba‟larni, ya‟ni soliqlar ko‟rinishidagi yoki boshqa har xil majburiy
to‟lov tushumlarining manba‟larini (masalan, davlat budjetdan tashqari
183
jamg‟armalariga qilinadigan ajratmalarni) ko‟rsatish darkor.
Davlat budjeti, shuningdek, mol-mulkning musodara qilinishi, ya‟ni
huquqbuzarlik uchun jazo chorasi sifatida mol-mulkning majburiy
to‟lovsiz davlat mulki tarkibiga olib qo‟yilishi hamda rekvizitsiya (ya‟ni
favqulodda vaziyatlarda mulkdordan rekvizitsiyalangan (olib qo‟yilgan)
mol-mulkning qiymatining qoplanishi bilan, davlat va ijtimoiy manfaatlar
uchun mulkdor mulkini majburan olib qo‟yish) vositalari hisobidan ham
to‟ldirilishi mumkin.
Shunday tarzda, mulk respublika mulki tarkibiga nafaqat umumiy
(umumfuqarolik) usullari orqali, balki xususiy mulkchilik munosabatlari
uchun hos bo‟lmagan maxsus usullarda, ya‟ni soliqlar, tushumlar va boj
to‟lovlari va rekvizitsiya, musodara hamda natsionalizatsiya yordamida
ham mol-mulk tushishi mumkin.
Ommaviy mulkni vujudga kelishining asosi sifatida turarjoylarni
egasiz deb tan olinishi xizmat qilishi mumkin. Xususan, 2006-yil
21-yanvardagi 8-son bilan tasdiqlangan O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Egasiz turarjoylarini aniqlash, ro‟yxatga olish va davlat
mulkiga aylatirish tartibi to‟g‟risida”gi Nizomi egasiz uy-joylarni davlat
mulkiga aylantirish tartibini nazarda tutadi.
Ommaviy huquqiy tuzilmalar mulk huquqining bekor qilinishi uchun
maxsus asos ham, ya‟ni xususiy mulk huquqi paydo bo‟lishining alohida,
mustaqil asosi bo‟lgan xususiylashtirish mavjuddir.
FK 214-moddasining beshinchi qismida respublika mulki tarkibidan
chiqarish asosi ya‟ni qonun tomonidan belgilangan tartibda ommaviy mulk
toifasidan xususiy mulkka o‟tish imkoniyatiga ishora qilinadi. Mazkur
holatlarning eng ko‟p tarqalgan ko‟rinishlaridan biri xususiylashtirishdir.
Bunda, muomaladan chiqarilgan, davlatning alohida mol-mulkidan
tashqari, maxsus qonun tomonidan belgilangan xususiylashtirish obyektiga
har qanday ko‟chmas mulk kiritilishi mumkin. Ko‟char mol-mulkning
ommaviy huquqiy tuzilmalardan xususiy shaxslarga o‟tishi, qoida
bo‟yicha, mulkning tasarruf etish bo‟yicha an‟anaviy fuqarolik - huquqiy
bitimlar tartibida, eng avvalo fuqarolik qonunchiligi qoidalariga muvofiq
tuziladigan va rasmiylashtiriladigan oldi-sotdi shartnomalari asosida
amalga oshiriladi. Bu o‟rinda ommaviy huquqiy tuzilmalarga qarashli
aksiyadorlik jamiyatlarning aksiyalari bundan mustasno bo‟ladi va ular
fuqarolarning hamda yuridik shaxslarning mulkiga nafaqat fuqarolik
qonunchiligida nazarda tutilgan umumiy tartibda, balki xususiylashtirish
to‟g‟risidagi qonunchilik tomonidan belgilangan maxsus tartibda ham
184
olinishlari mumkin.
Ommaviy mulk toifasidan xususiy mulk tarkibiga korxonalar
(mulkiy majmualar), turarjoy binolari, xonadonlar, yer uchastkalari kabi
obyektlarning o‟tishi maxsus qonunlar tomonidan nazarda tutilgan.
Mazkur qonunlar, shuningdek, mulk huquqining rasmiylashtirilishi bilan
birga, shunday o‟tishning shartlari va tartibini ham belgilaydi. Shu
sababdan, O‟zbekiston Respublikasi FKning mulk huquqining qo‟lga
kiritilishi va bekor qilinishi to‟g‟risidagi umumiy qoidalari faqat
xususiylashtirish to‟g‟risidagi qonunchilikda maxsus ko‟rsatmalar mavjud
bo‟lmaganligi shartidagina mazkur munosabatlarga taalluqli bo‟ladi.
Aslida bu, maxsus qonun umumiy qonundan ustuvorligi to‟g‟risidagi
umumiy qoidaga muvofiq, xususiylashtirish munosabatlari Kodeks
qoidalarining ta‟siri doirasidan qisman chiqarilganligini bildiradi.
FK 215-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mahalliy davlat
hokimiyati organlari yoki ular tomonidan vakolatlangan organlar
munitsipal mulk huquqining subyektlari deb e‟lon qilingan.
Munitsipal mulk huquqining subyektlari, odatda, murakkab tizimli
tuzilmalar bo‟lib, o‟zining ma‟muriy-boshqaruv, ijtimoiy-madaniy, tezkor-
xo‟jalik kabi organlarining keng tarmog‟i orqali faoliyat yuritadilar, ammo
faqat ular bilan cheklanib qolmaydilar.
Bunda, munitsipal mulkning huquqiy rejimini vujudga kelishi mol-
mulkni davlatdan ma‟muriy-hududiy tuzilmalarga berishning qonun
tomonidan tartibga solingan jarayoni doirasida sodir bo‟ladi.
Bu holda O‟zbekiston Respublikasi 1993-yil 2-sentyabrdagi
“Mahaliy davlat hokimiyati to‟g‟risida” gi Qonunning 8-moddasi ikkinchi
qismining normalariga tayanish lozim, unda quyidagicha ko‟rsatilgan:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, budjet
mablag‟lari, budjetdan tashqari fondlarning va aniq maqsadga qaratilgan
fondlarning mablag‟lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman,
shahar ahamiyatiga ega bo‟lgan muhandislik infrastrukturasi obyektlari va
boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta‟limi, sog‟liqni
saqlash, ijtimoiy ta‟minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman,
shahar mablag‟i hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek,
ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul
berilgan qimmatli qog‟ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar
mulki bo‟lishi mumkin”.
Obyektlar respublika mulkidan keyinchalik munitsipal mulk qilib
berilganda, shuningdek, mol-mulk mulkdorining barcha huquqlari va
185
uning erkin xohish bildirishiga rioya qilingan holda o‟tkazishning tegishli
huquqiy tartibiga rioya qilish zarur. Respublika mulkini munitsipal mulk
tasarrufiga o‟tkazishning oldi-sotdi va boshqa shakllari ham mavjud deb
hisoblash mumkin. Ammo bu masalalar beistisno xususiy mulk
bitimlarining fuqarolik - huquqiy konstruksiyalari doirasida hal
qilinmasligini hisobga olish muhimdir. Ommaviy manfaatlarni hisobga
olgan holda bunda mazkur ommaviy mulk obyektlarining maxsus huquqiy
rejimi qo‟llanishi lozim.
Shu sababdan mazkur munosabatlar maxsus huquqiy tartibot obyekti
sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Jumladan, O‟zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 9-avgustdagi 287-sonli “Toshkent
shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlarini sotish to‟g‟risida” gi
Qarorida Toshkent shahar hokimligiga tegishli mol-mulkni sotish tartibini
nazarda tutadi.
Umuman olganda, munitsipal mulk huquqining obyekti bo‟lgan mol-
mulk, respublika mulkini tashkil etuvchi mol-mulk qaysi guruhlarga
bo‟linsa, xuddi shunday bo‟linadi:
– xo‟jalik yuritish va operativ boshqarish huquqida munitsipal
korxona va muassasalarga biriktirilgan mol-mulk;
– munitsipal korxona va muassasalarga biriktirilmagan, munitsipal
budjetni, munitsipal uy-joy fondini tashkil etuvchi mol-mulk va b.
Birinchi guruhdagi mol-mulk asosan ijtimoiy (ta‟lim, tibbiyot,
madaniyat) va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega. Ikkinchi guruhga
kiradigan mol-mulk esa aholining tegishli ma‟muriy-hududiy birlik
hududida yashashi bilan bog‟liq ehtiyojlarini qondirishi, shuningdek,
mahalliy o‟z-o‟zini boshqaruv organlarining faoliyatini moliyaviy va
moddiy jihatdan ta‟minlashi lozim.
Munitsipal mulk sirasiga kiradigan mol-mulk o‟zining tur, miqdor va
narx holati bo‟yicha, tabiiyki, respublika mulk huquqining obyekti bo‟lgan
mol-mulkka mos kelmaydi. Ko‟rsatilgan parametrlar bo‟yicha u ancha
cheklangan va o‟ziga xosdir, chunki mahalliy ahamiyatga ega davlat
vazifalarini hal etishga mo‟ljallangan.
|