• Umumiy mulkdan ulush ajratish
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Imtiyozli sotib olish huquqi 
     
    Umumiy mulk sherik mulkdorlarni uchinchi shaxslar bilan 
    bog‟laydigan tashqi munosabatlar va sherik mulkdorlarni o‟zaro bir-biri 
    bilan bog‟laydigan ichki munosabatlarning murakkab bog‟lanmasi bilan 
    tavsiflanadi. Sherik mulkdorlar umumiy mulk munosabatlaridan chiqib 
    ketayotgan kishining o‟rnini kim olishiga befarq emaslar. Bundan tashqari, 
    mulkdorlar o‟zlariga tegishli ulush miqdorini ko‟paytirishdan manfaatdor 
    bo‟lishlari mumkin. O‟z-o‟zidan ravshanki, o‟rtalarida umumiy mulk 
    munosabatlari saqlanib qolayotgan shaxslarning hamda butun umumiy 
    mulkka egalik qilish, ya‟ni umumiy mulkdan bir subyektli mulkka o‟tishni 
    istaydigan shaxslarning manfaatlari shu tarzda hisobga olinishi lozimki, 
    bunda har bir sherik mulkdorning o‟z ulushini erkin tasarruf etish huquqi 
    cheklanmasligi kerak. Sotib olishning imtiyozli huquqi to‟g‟risidagi 
    qonunda mustahkamlab qo‟yilgan taomillar aynan o‟zaro manfaatlarning 
    qat‟iy hisobga olinishda qaror topadi.
    Sotib olishning imtiyozli huquqi umumiy mulk ishtirokchilarining 
    mulkdorlar sonini qisqartirishga bo‟lgan manfaatini ifodalab, bu ularning 
    har biri uchun umumiy mulkning qadrini, shuningdek, har bir ishtirokchi 
    ulushining ko‟paytirishga bo‟lgan imkoniyatini oshiradi. Bundan tashqari, 
    Umumiy mulkdan ulush ajratish
    Mulkdorning ulushi arzimas bo‟lsa 
    Amalda ajratib berish mumkin 
    bo‟lmasa
    Umumiy mulkdan foydalanishdan 
    katta manfaatga ega bo‟lmagan 
    hollarda 


    197 
    ushbu huquq vositasida ishtirokchilar ma‟lum darajada birgalikdagi 
    egalarning shaxsiy tarkibini nazorat qilish imkonini qo‟lga kiritadilar, bu 
    ham ular uchun sezilarli manfaatdir.
    Sotib olishning imtiyozli huquqi mexanizmi shundan iboratki, 
    umumiy mulkning boshqa ishtirokchilari belgilangan muddat ichida 
    ulushini sotgan ishtirokchi tomonidan tuzilgan umumiy mulk huquqining 
    oldi-sotdi shartnomasi bo‟yicha oluvchi (xaridor)ning huquq va 
    majburiyatlarini o‟zlariga o‟tkazishga haqlidirlar. Bu huquq, sotuvchi 
    boshqa ishtirokchilarni ulush sotilishi to‟g‟risida yozma shaklda xabardor 
    qilish bo‟yicha o‟ziga yuklatilgan majburiyatni bajarganidan qat‟i nazar 
    kelib chiqadi.
    Qonunda imtiyozli sotib olish huquqining doirasi belgilab berilgan. 
    Bu huquq to‟g‟risida, birinchidan, ulush umumiy mulk ishtirokchilari 
    jumlasiga kirmagan uchinchi shaxsga sotilganda, ikkinchidan esa, ulush 
    (boshqacha tarzda tasarrufdan chiqarilmasdan) aynan sotilganda gap 
    borishi mumkin. Bundan ikkita muhim amaliy xulosa kelib chiqadi. Sherik 
    mulkdorlar, ulush ulardan biriga sotilayotganda yoxud u sotilmasdan, 
    qonunda yo‟l qo‟yilgan boshqa biron usulda tasarrufdan chiqarilayotganda 
    imtiyozli sotib olish huquqidan foydalana olmaydilar. Har ikkala holda 
    ham sotib olishning imtiyozli huquqi to‟g‟risida gap yuritish mumkin 
    emas. Birinchi holda – o‟z ulushini sotish uchun umumiy mulk 
    ishtirokchilaridan istalgan kishini tanlab olish huquqi aynan sotuvchiga 
    tegishli bo‟lgani uchun: sotuvchi ulardan xohlagan birini tanlashi mumkin. 
    Ikkinchi holda esa ulush hech kimga sotilmasdan, boshqacha tarzda 
    (masalan, hadya sifatida) tasarrufga o‟tkazilgani uchun, bunda uni 
    imtiyozli sotib olish huquqi ham bo‟lmaydi. Sherik mulkdor, qachonki u 
    ulushni sotuvchi taklif etgan narxda hamda taklif etilgan va barchaga teng 
    bo‟lgan boshqa shartlarda sotib olishga tayyor bo‟lsa, imtiyozli sotib olish 
    huquqidan foydalanishi mumkin.
    Ulushni imtiyozli sotib olish huquqi faqat umumiy ulushli mulkning 
    (sotuvchidan) boshqa ishtirokchilariga tatbiq qilingani sababli mazkur 
    huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yo‟l qo‟yilmaydi.
    Kim oshdi savdosining maqsadi mol-mulkni (va shu jumladan 
    ulushni ham) boshlang‟ichga nisbatan eng baland narx taklif qilgan 
    shaxsga sotishdan iborat bo‟lgani sababli, ulush kimoshdi savdosida 
    sotilganda imtiyozli sotib olish huquqi qo‟llanilmaydi. Shu bilan birga 
    sherik mulkdorlar kimoshdi savdosida umumiy asosda ishtirok etishlari 
    mumkin.


    198 
    Ulush 
    qonunda 
    nazarda 
    tutilgan 
    hollarda 
    barcha 
    sherik 
    mulkdorlarning roziligi bo‟lmaganda ham kimoshdi savdosida sotilishi 
    mumkin, masalan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisining majburiyatlari 
    bo‟yicha undiruv uning mol-mulkiga qaratilgan taqdirda.
    FKning 224-moddada nafaqat sherik mulkdorlar tomonidan imtiyozli 
    sotib olish huquqining mazmuni ochib beriladi, balki mazkur huquqni 
    amalga oshirishning tomonlarning manfaatlarini hisobga oluvchi tartib-
    amaliyoti ham belgilanadi. Sotuvchi zimmasiga o‟z ulushini o‟zga shaxsga 
    sotish niyati haqida umumiy mulkning boshqa ishtirokchilariga yozma 
    ravishda ma‟lum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa 
    shartlarini ko‟rsatish majburiyati yuklanadi.
    Shu sababli qonun sherik mulkdorlar uchun ulushni sotib olish 
    taklifiga javob qaytarish muddatini belgilaydi: gap ko‟chmas mulkdagi 
    ulushni sotish to‟g‟risida borayotgan bo‟lsa, bu muddat bir oyni, 
    ko‟chadigan mol-mulkdagi ulush sotilganda esa o‟n kunni tashkil etadi. 
    Muddat ulushini sotish niyati haqida sherik mulkdorlarga xabar berilgan 
    kundan hisoblanadi. O‟zining yuridik tabiatidan kelib chiqilsa, bu 
    huquqning mavjudlik davri, amal qilish muddati bo‟lib, u, da‟vo 
    muddatidan farqli ravishda, na to‟xtatilishi, na uzilishi va na tiklanishi 
    mumkin emas.
    Basharti sherik mulkdorlar ulushni sotib olishdan voz kechsalar yoki 
    sotuvchining taklifiga hech bir usulda javob qaytarmasalar, ko‟rsatilgan 
    muddatlar (mos ravishda o‟n kun yoki bir oy) o‟tib bo‟lganidan so‟ng 
    sotuvchi ulushni istalgan shaxsga sotib yuborishga haqli bo‟ladi. Sherik 
    mulkdorlarning sukut saqlashi bu o‟rinda, ular ulushni imtiyozli sotib olish 
    huquqini yo‟qotishi sifatida yuridik ahamiyat kasb etadi.
    Basharti ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan 
    taqdirda (masalan, sotuvchi ulushini sotishi to‟g‟risida boshqa sherik 
    mulkdorlarni xabardor qilmagan yoki javobni kutish muddati tugashini 
    kutmagan bo‟lsa yoxud ulushini chet shaxsga sherik mulkdorlarga taklif 
    qilinganidan ko‟ra imtiyozliroq shartlarda sotgan bo‟lsa), umumiy 
    mulkning boshqa har qanday ishtirokchisi uch oy mobaynida sotib 
    oluvchining huquq va majburiyatlarini o‟zlariga o‟tkazishni sud tartibida 
    talab qilishga haqlidir.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish