• Vindikatsion va negator da‟volar
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Mulk huquqini himoya qilishning 
    ashyoviy-huquqiy usullari 
    Vindikatsion da‟vo 
    Negator da’vo 
    Mulk huquqini e’lon 
    qilish, huquqini tan 
    olish to’g’risida da’vo 


    203 
    Vindikatsion va negator da‟volar 
     
    Amaldagi fuqarolik qonunchiligi bo‟yicha vindikatsion da‟vo, ya‟ni 
    egalik qilmayotgan mulkdorga tegishli mol-mulkni o‟zga shaxsning 
    qonunsiz egaligidan talab qilib olish mulk huquqini himoya qilishning 
    asosiy ashyoviy-huquqiy usullaridan hisoblanadi. Mulk huquqini himoya 
    qilish usuli sifatida vindikatsion da‟vo qadim tarixga ega bo‟lib, uning 
    ildizlari Rim xususiy huquqida namoyon bo‟ladi. Vindikatsiya-lotincha 
    vim dicere” so‟zidan olingan bo‟lib, “kuch qo‟llanish to‟g‟risida e‟lon 
    qilaman” ma‟nosini anglatadi. Bu orqali mulkdor o‟z mol-mulkini qidirish 
    va qaytarib olish bo‟yicha huquqini amalga oshirgan-qayerda o‟z mol-
    mulkimni topsam, shu yerda uni vindikatsiya qilaman (ubi rem meam 
    invenio, ibi vindico). Mazkur huquq tizimi bo‟yicha vindikatsion da‟vo 
    orqali bevosita mulkdorning egaligi himoya qilingan.
    FKning 228-moddasida ham mazkur da‟vo nazarda tutilgan. 
    Moddaning mazmunidan bunday da‟voni faqatgina boshqa shaxsning 
    qonunsiz egaligida bo‟lgan mol-mulkning mulkdori berishi mumkinligi 
    anglashiladi. To‟g‟ri, FKning 232-moddasi mulkdor bo‟lmagan titulli 
    egalik qiluvchilarga ham mol-mulkni o‟zga shaxsning egaligidan talab 
    qilib olish huquqini beradi.
    Vindikatsiya da‟vosi bo‟yicha javobgar bo‟lib qonunsiz egalik 
    qiluvchi shaxs hisoblanadi. Qonunsiz egalik qilish – tegishli huquqiy 
    asoslarsiz mol-mulkni egallab olishdir. Faqatgina o‟zboshimchalik bilan 
    mulkni o‟zlashtirib olgan (o‟g‟irlagan, topilmani, qarovsiz chorva 
    hayvonlarini o‟zlashtirib olgan) shaxsnigina emas, balki mol-mulkni 
    tasarruf etish vakolatiga ega bo‟lmagan shaxsdan sotib oluvchini ham 
    qonunsiz egallovchi deb hisoblanadi. Bunda, qonunsiz egalik qiluvchining 
    harakatlari albatta aybli bo‟lishi shart emas. Mulkka nisbatan egalik 
    obyektiv jihatdan qonunsiz ekanligi muhimdir.
    Vindikatsiya da‟vosi doirasida mulk egaligi titulini (rutba)ni 
    isbotlash faqat ashyoning qay yo‟sinda da‟vogar mulkiga aylanganligi 
    asoslarini aniqlashdan iborat bo‟lmay, balki javobgarning egaligi qay 
    tarzda vujudga kelganligi shart-sharoitlarini ham o‟rganishdan iboratdir. 
    Jumladan, agar mulk egasi nizoli mol-mulkni u begonalashtirish 
    to‟g‟risidagi bitim asosida (masalan, oldi-sotdi) yoki mulkni vaqtinchalik 
    foydalanish uchun o‟tkazilganligi asosida (masalan, ijara) qo‟lga 
    kiritganligini ko‟rsatsa, ana shu bitim sud tomonidan baholanishi shart. 
    Agar bitim haqiqiy bo‟lsa, shuning o‟zi vindikatsiya da‟vosini asossiz deb 
    topish uchun asos bo‟ladi, zero bunda javobgarni qonunsiz egalik qiluvchi 
    deb e‟tirof etib bo‟lmaydi.


    204 
    Da‟vogar ashyoga nisbatan o‟z egalik huquqini isbotlash bilan bir 
    vaqtning o‟zida javobgarning ana shu mol-mulkka nisbatan egaligini 
    keltirib chiqargan bitimning haqiqiy emasligiga oid vajlarni ham keltirishi 
    shart. Ammo agar da‟vogar ko‟rsatayotgan asoslar bitimning nizoli 
    ekanligidan dalolat bersa (masalan, mulk javobgar tomonidan kimoshdi 
    savdosida sotib olingan), sud bir vaqtning o‟zida vindikatsiya da‟vosini 
    ham, nizoli bitimini haqiqiy emas deb topish to‟g‟risdagi da‟voni ham 
    ko‟rib chiqishi mumkin. Agar nizolashuv huquqiga ega bo‟lgan shaxslar 
    tomonidan nizoli bitimni haqiqiy emasligini e‟tirof etish to‟g‟risida da‟vo 
    arizasi kiritilmasa, vindikatsiya da‟vosi ham qanoatlantirilmaydi.
    Vindikatsiya da‟vosi yordamida faqat muayyan xususiy alomatlari 
    bilan belgilanadigan mol-mulk (ashyo), qolaversa, qonunsiz egallovchida 
    asl (natura) holida mavjud bo‟lgan mol-mulkka bo‟lgan huquq himoya 
    etilishi mumkin. Noqonuniy egalik ostida bo‟lgan, ammo ish ko‟rib 
    chiqiladigan kunda mavjud bo‟lmagan mol-mulkka noqonuniy egalik qilib 
    turgan shaxsga nisbatan keltirilgan da‟vo qanoatlantirilmaydi. Agar mulk 
    yo‟q qilib yuborilgan bo‟lsa, mulk egasi uning qaytarilishini talab eta 
    olmaydi, u faqat mulkning yo‟qotilishi sababli ko‟rilgan zararni qoplash 
    to‟g‟risida talab qo‟yishi mumkin.
    Vindikatsiya da‟vosini bildirish uchun da‟vogar va javobgar o‟rtasida 
    nizoli ashyo yuzasidan majburiyatli munosabatlar mavjud emasligi muhim 
    shartlardan biri hisoblanadi. Mulk egasi majburiyatli munosabatlarga ega 
    bo‟lgan shaxs tomonidan mulkning qaytarilishini talab qilingan da‟vo 
    majburiyat huquqlari me‟yorlariga muvofiq ravishda hal etilishi darkor. 
    Masalan, agar javobgar mol-mulkka ijara shartnomasi asosida egalik 
    qilayotgan bo‟lsa, vindikatsiya da‟vosini qanoatlantirish mumkin emas.
    Vindikatsiya da‟volariga nisbatan umumiy da‟vo muddati tatbiq 
    etiladi. Shu boisdan mulk huquqi bilan bog‟liq nizolarni hal etishda mulk 
    huquqini vujudga keltiruvchi egalik muddatini qo‟llash bilan bog‟liq 
    bo‟lsa, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddatining hisobi ko‟rsatib 
    o‟tilgan uch yillik muddat tugamasidan avval boshlanmasligini unutmaslik 
    lozim.
    Egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat bo‟yicha mol-mulkka 
    nisbatan uzoq muddatli ruhiy munosabatni ifodalovchi halol egalik 
    qilishdan farqli o‟laroq, insofli egalikka olish, odatda, oluvchi tomonidan 
    o‟z xatti-harakati orqali hech kimning huquqlarini buzmayotganligini bir 
    zumda baholash orqali sodir bo‟ladi. Holbuki, nizoli mol-mulkni egalikka 
    olish yuzasidan bitim tuzilishi vaqt jihatidan cho‟zilib ketgan bo‟lsa 
    (masalan, bevosita shartnoma tuzish oldidan uzoq vaqtli bahslashuvlar 


    205 
    yoki muzokaralar olib borilganda), oluvchiga ana shu davr ichida ma‟lum 
    bo‟lib qolgan bitim to‟g‟risidagi har qanday axborot egalikka olish 
    tasnifiga ta‟sir ko‟rsatadi. Xususan, agar nizoli mol-mulk yuzasidan haq 
    to‟lab olinadigan bitim tuzilayotgan paytda oluvchi unga nisbatan uchinchi 
    shaxslarning da‟volari mavjudligini bilgan bo‟lsa va keyinchalik 
    o‟rnatilgan tartibda ana shu da‟volarning qonuniy ekanligi isbotlansa, 
    bunday xaridorni insofli egalikka oluvchi deb e‟tirof etilmaydi.
    Shunday egalikka olishni insofli deb hisoblash mumkinki, unda 
    egalikka oluvchida mol-mulkning begonalashtirilishi bilan bog‟liq 
    bitimning noqonuniyligi to‟g‟risida ishonchli ma‟lumotlar bo‟lmaydi 
    (bilmagan), ayni chog‟da bu bitimning qonuniyligiga bitim tuzilayotgan 
    shart-sharoit orqali fuqarolik munosabatida ishtirok etayotgan har qanday 
    oqil insonda shubha tug‟ilishi mumkin emasligi ochiq oydin ko‟rinib 
    turgan (bilishi mumkin bo‟lmagan) holat mushtarak keladi. Mol-mulkni 
    nomutanosib darajada arzon narxda bitim asosida sotib olinishi va bu 
    bitimning atrofdagilardan yashirin holda bajarilishi yoki avvaldan 
    begonalashtirayotgan shaxsga tegishli emasligi aniq ko‟rinib turgan mol-
    mulkning egalikka olinishi va h.k. insofsiz deb tasniflanishi lozim. Sotib 
    olishning ana shunday noinsof shart-sharoitlari har bir muayyan holatda 
    sud tomonidan egalikka oluvchining shaxsiyatini, unda bitimning shart-
    sharoitiga oid ma‟lumotlar bo‟lgan yoki bo‟lmaganligini va h.k. sinchiklab 
    tahlil qilinishini talab etadi. Agar egalikka oluvchi yuridik shaxs 
    hisoblangan holatda (faqat ayrim jamoat va diniy tashkilotlarni istisno 
    etganda), mol-mulkning egalikka olinishida ehtiyotsizlik sababli yo‟l 
    qo‟yilgan noinsoflikka oid shubhalarni rad etish maqsadida maxsus 
    huquqiy ma‟lumotlarning yo‟qligini, bozordagi sharoit to‟g‟risidagi 
    ma‟lumotlarni va h.k. vaj qilib ko‟rsatish amaliy jihatdan ahamiyatga ega 
    emas.
    FKning 231-moddasida mulkdor o‟zining qonunsiz egalikdagi mol-
    mulkini talab qilib olishga haqli bo‟lmagan shart-sharoitlar ko‟satib 
    o‟tilgan. 
    Bunday 
    cheklov 
    savdo 
    muomalasining 
    boshqa
    qatnashchisi – insofli egalikka olgan shaxsning manfaatlarining himoya 
    qilinishini ta‟minlash uchun kiritilgan.
    Mulkdorning da‟vosini sudda rad etilishi uchun insofli egallovchi 
    quyidagilarni isbotlashi talab etiladi: 
    - bu mol-mulkni sotish huquqiga ega bo‟lmagan uchinchi shaxsdan 
    sotib olayotganini bilmagani va bilishi mumkin bo‟lmaganligini; 
    - ashyoni haq to‟lab olganligini; 


    206 
    Nizoli mulkni mulkdorning, yoki mol-mulk egalikka o‟tkazib 
    berilgan shaxsning egaligidan ularning ixtiyoridan tashqari (yo‟qolgan, 
    o‟g‟irlangan va sh.k.) chiqib ketganligi isbotini topgan holatlar bundan 
    istisno etiladi.
    Bunday taomillarni ko‟chmas mulkka nisbatan qo‟llanilishi ancha 
    mushkul. Xususan, ko‟chmas mulkni uning tabiiy xususiyatlariga ko‟ra 
    yo‟qotish mumkin emas. Biroq, ko‟chmas mulkni qalbakilashtirilgan 
    hujjatlar orqali o‟zlashtirilishi, mulkning o‟zini esa mulkdorning nomidan 
    sotilishini; voyaga yetmagan shaxsning mol-mulki uning ixtiyoriga xilof 
    ravishda uning qonuniy vakili tomonidan sotilishini; ko‟chmas mol-mulkni 
    vorislar tomonidan bu mulkka nisbatan boshqa merosxo‟rlarning 
    huquqlarini hisobga olmasdan sotib yuborilishini; yuridik shaxs rahbari 
    tomonidan yuridik shaxsga tegishli ko‟chmas mol-mulkni o‟z vakolatlarini 
    suiiste‟mol qilgan holda sotib yuborilishini – mazkur holatlarning 
    hammasini mulkdordan yoki u mol-mulkini bergan shaxsdan ularning 
    ixtiyoridan tashqari, boshqacha yo‟l bilan ularning egaligidan chiqib 
    ketgan holatlar deb hisoblanadi. Binobarin, bunday holatlarda ko‟chmas 
    mol-mulk mulkdorga hatto insofli egalikka oluvchidan ham qaytarib olib 
    berilishi mumkin.
    Negator da‟vo o‟z nomini lotincha ifodadan olgan bo‟lib, u inkor 
    etish ma‟nosini anglatadi. Da‟vogar javobgarning servitutini inkor etadi: 
    axir aynan servitut o‟z ashyosiga ega bo‟lgan mulkdorni boshqa shaxsning 
    servitut huquqi egasi uchun noqulayliklarni keltirib chiqaradigan, mulk 
    huquqini to‟laqonli amalga oshirishiga cheklovlarni joriy etadi va bunga 
    ko‟nikishga majbur etadi. Shu sababli javobgar servitutni tan olmagan 
    holatlarda, da‟vorgar undan o‟z mol-mulkidan foydalanishiga 
    to‟sqinliklarni to‟xtatilishini talab etib chiqqan. Zamonaviy qonunchilikda 
    negator da‟vo deganda nafaqat mulkdor bilan unga to‟sqinlik qiluvchi 
    huquq buzuvchi o‟rtasida servitut mavjud bo‟lgan holatlar, balki keng 
    doirali boshqa vaziyatlar ham qamrab olinadi.
    Negator 
    da‟vo 
    ham 
    xuddi 
    vindikatsiya 
    da‟vosi 
    kabi 
    himoyalanishning ashyoviy vositasi hisoblanadi. Buning ma‟nosi shuki, 
    agar taraflar o‟rtasida shaxsiy (majburiyatli) huquqiy munosabatlar ochiq-
    oydin mavjud bo‟lsa, xuddi shu narsa tegishli nizoni hal etishning asosi 
    bo‟lib xizmat qiladi. Nizo faqat taraflar o‟rtasida boshqa hech qanday 
    aloqadorlik mavjud bo‟lmagan va faqatgina javobgar tomonidan ashyoga 
    ko‟rsatilgan ta‟sirning qonuniyligi ustida nizolashilayotgan holatda ko‟rib 
    chiqilishi mumkin.


    207 
    Negator da‟vo binolardagi umumiy foydalaniladigan turar-joy va 
    noturar-joy egalari bo‟lgan qo‟shnilar o‟rtasida o‟rtadan devor urilganligi 
    va shunga o‟xshash qurilish ishlari olib borilganligi natijasida umumiy 
    xonalardan foydalanishda to‟sqinlik vujudga kelishi sababidan tug‟ilgan 
    nizolarni hal etishda qo‟llaniladi. Ayni vaqtda negator da‟vo vositasida 
    faqat to‟sqinliklarni yo‟qotish chorasini ko‟rish mumkin, ammo barcha 
    foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini ko‟zda tutadigan 
    qandaydir tartib o‟rnatishning iloji bo‟lmaydi. Negator da‟vodan umumiy 
    foydalanishda bo‟lgan obyektlar bo‟yicha xarajatlarni taqsimlash, javobgar 
    zimmasiga qandaydir sarf-xarajatlarni yuklash uchun ham qo‟llab 
    bo‟lmaydi.
    FKning 231-moddasida mulkdorga egalik qilishdan mahrum 
    etmaydigan to‟sqinliklardan himoyalanish imkonini taqdim etadi. Mana 
    shunday da‟vo negator da‟vo deb ataladi va mol-mulkdan foydalanish va 
    tasarruf etish haq-huquqlarini himoyalashga yo‟naltirilgan bo‟ladi. Bunday 
    ishlarda da‟vogar mulkning egasi bo‟lsa, javobgar esa – noqonuniy xatti-
    harakatlari tufayli mulkdorni o‟z mol-mulkidan foydalanish va tasarruf 
    etish huquqidan mahrum etgan shaxsdir.
    Negator da‟vo yer uchastkasi, turar-joy va noturar-joy xonalari va 
    sh.k. bo‟yicha qo‟shni bo‟lgan shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan 
    himoyalanishning yagona vositasi, desak mubolag‟a bo‟lmaydi. Masalan, 
    agar qo‟shni qurayotgan binosini qo‟shni tomondagi yer uchastkasini 
    yorug‟likdan butkul to‟sib qo‟yadigan holatda ko‟tarsa, uning noqonuniy 
    xatti-harakatidan negator da‟vo yordamida himoyalanish mumkin.
    Mol-mulkni tasarruf etishdagi (ba‟zan foydalanishdagi) to‟siqlarni 
    bartaraf etishga qaratilgan da‟voning yana bir turi mol-mulkni band 
    solishlikdan (xatlovga olishdan) ozod etish to‟g‟risidagi nizolardir. Mol-
    mulkka band solish faqat bevosita qonunda ko‟rsatilgan holatlarda 
    da‟voning ijrosini ta‟minlash yoki undiruvni qarzdorning mol-mulkiga 
    qaratishda qo‟llaniladi.
    Ko‟pincha xatlovga boshqa shaxslarga mansub bo‟lgan mol-mulk 
    ham qo‟shilib ketadi. Ko‟pincha bunday boshqa shaxslar er yoki xotin 
    bo‟lib, turmush o‟rtog‟ining shaxsiy mulki yoki o‟rtadagi umumiy mol-
    mulkdagi ulushni tasarruf etish huquqiga ega bo‟lmaydi.
    Bu turdagi da‟volarni mol-mulkdan foydalanish huquqidan mahrum 
    bo‟lgan mulkdorlar (boshqa ashyoviy huquq egalari) tomonidan 
    kiritiladigan mol-mulklarni xatlovdan ozod etish borasidagi da‟volar bilan 
    tenglashtirib bo‟lmaydi. Bunday da‟vo vindikatsiya da‟vosi sifatida 
    tasniflanadi.


    208 
    Negator da‟volarga da‟vo muddati tatbiq etilmaydi. Chunki 
    huquqlarning buzilishi mavjud ekan, buzilishni bartaraf etishni talab qilib 
    da‟vo bildirish huquqi ham saqlanib qoladi. Huquq buzilishi to‟xtashi bilan 
    da‟vo bildirish huquqi ham bekor bo‟ladi, zero shikoyat predmeti yo‟q 
    bo‟lgan hisoblanadi. Ammo huquqlarning buzilishi natijasida yetkazilgan 
    zararni qoplashni talab etish huquqi saqlanib qoladi.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish