kreditori bo‟lsa, bunday holda o‟zaro hisoblashishni faqat V.gina talab qila oladi.
Binobarin, unga nisbatan sheriklik majburiyati yuzasidan talablar qo‟yilganida,
faqat uning o‟zigina e‟tirozlar bildira oladi. Boshqalar bunday huquqqa ega bo‟la
olmaydi.
Sheriklik majburiyatining qarzdorlardan biri tomonidan to‟la
bajarilishi, boshqa qarzdorlarni kreditorga nisbatan majburiyatni
bajarishdan ozod qiladi.
Sheriklik majburiyatini bajargan qarzdor, qonun yoki shartnomalarda
boshqacha tartib belgilab qo‟yilmagan bo‟lsa, majburiyatni bajargan
qarzdor o‟z ulushini chegirib tashlab boshqa qarzdorlarga teng ulushlarda
regress talab qo‟yish huquqiga ega bo‟ladi. Majburiyatini bajargan
qarzdorga to‟lanmagan haq bu va boshqa qarzdorlar zimmasiga teng
ulushlarda tushadi (FK 254-modda).
Agar sheriklik majburiyatda kreditorlar bir nechta bo‟lsa, u holda
sherik talablar vujudga keladi va sherik kreditorlarning har qaysisi
qarzdorga nisbatan to‟la hajmda talab qo‟yishga haqli bo‟ladi. Bunday
sheriklik talablarga faol sheriklik deyiladi. Sheriklik talablariga binoan,
qonun yoki shartnomada boshqacha hol ko‟rsatilmagan bo‟lsa, qarzdor
kreditorlarning biriga majburiyatni to‟la hajmda bajarishi mumkin,
kreditor esa qabul qilib olishga majbur. Sherik kreditorlardan har biri ham
qarzdordan majburiyatning to‟la hajmda bajarilishini talab qilishga haqli.
Bunday talab qo‟yilganda majburiyatni solidar kreditorlardan biriga
nisbatan to‟la bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga
nisbatan bajarishdan ozod qiladi (FK 255-modda, 3-band).
219
Sheriklik talablar ko‟pincha birgalikdagi faoliyatdan, sherik
mualliflikdan va boshqa ba‟zi huquqiy munosabatlardan kelib chiqishi
mumkin. Sherik kreditorlardan har birining harakati bilan boshqa
kreditorning manfaatiga ziyon yetkazmasligi kerak. Chunonchi, sherik
kreditorlardan birining qilgan harakati qarzdorlardan birini majburiyatning
muayyan qismini bajarishdan ozod qilishga qaratilgan bo‟lsa ham, bu
qarzdor sherik kreditorlar huzurida majburiyatni to‟la bajarishdan ozod
bo‟lmaydi.
Qarzdor sherik kreditorlarning biri tomonidan qo‟yilgan talabga
qarshi o‟zining boshqa sherik kreditorlar bilan bo‟lgan, mazkur kreditor
ishtirok etmagan munosabatlarga asoslangan e‟tirozini qo‟ya olmaydi.
Masalan, pudrat shartnomasi bo‟yicha, pudratchi bir necha jamoa
xo‟jaligining buyurtmasiga binoan stadion qurishi kerak bo‟lib,
keyinchalik shu jamoa xo‟jaliklarining biridan buyurtmani kechiktirib
bajarishga
muhlat
olgan
bo‟lsa,
qolgan
jamoa
xo‟jaliklarining
buyurtmasini o‟z vaqtida bajarishi uchun qo‟ygan talabiga kechiktirib
bajarish uchun olgan muhlatini qarshi qo‟ya olmaydi.
Majburiyatning qarzdor tomon sherik kreditorlaridan birining to‟la
hajmda bajarilishi, uni boshqa kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod
qiladi.
Qarzdordan majburiyatning ijrosini qabul qilib olgan sherik kreditor,
basharti ular o‟rtasidagi munosabatlardan boshqacha tartib anglashilmasa,
boshqa
kreditorlarga
tegishli
bo‟lgan
ulushlarni
to‟lashi
shart
(FK 255-modda).
Aralash sheriklik majburiyatlarda bir vaqtning o‟zida bir necha
kreditor va qarzdor shaxs ishtirok etadi. Bunday majburiyatlarni bajarish
tartibiga faol va sust sheriklik majburiyatlarini bajarish deyiladi. Masalan,
shaxsiy mulk huquqi asosida uy-joyga ega bo‟lgan bir necha fuqaro
ta‟mirlovchi brigada bilan pudrat shartnomasi tuzgan bo‟lsa, ulardan har
biri majburiyatning to‟la hajmda bajarilishini brigadaning har qaysi
a‟zosidan talab qilishga haqli.
Tashkilotlar yuridik shaxs sifatida mustaqil mulkiy javobgarlikka ega
bo‟lib, xo‟jalik hisobi asosida ish olib borganliklari sababli, har qaysi
tashkilot majburiyatini bajarmaganligi uchun o‟zicha alohida javobgar
bo‟ladi. Lekin ayrim hollarda aralash sheriklik majburiyati asosida ham
javobgarlik belgilanishi mumkin. Masalan, turli tashkilotlarga qarashli
avtomashinadan bir necha fuqaroga ziyon yetkazilsa, birgalikdagi aralash
sherik javobgarlik belgilanishi mumkin.
220
Qo‟shimcha (subsidiar) majburiyatlar faqat qarzdorlar tarafida
vujudga keladi. Majburiyat asosiy qarzdor tomonidan bajarilmaganida,
kreditor uning bajarilishini qo‟shimcha qarzdordan talab qilishga haqli.
Subsidiar javobgarlik asoslari FKning 329-moddasida nazarda tutilgan.
Bunga asosan, qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga muvofiq, asosiy
qarzdor bo‟lgan boshqa shaxsning javobgarligiga qo‟shimcha ravishda
bo‟lgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qo‟yishdan oldin kreditor
asosiy qarzdorga talab qo‟yishi kerak. Agar asosiy qarzdor kreditorning
talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qo‟yilgan talabga
oqilona muddatda javob olmagan bo‟lsa, bu talab subsidiar javobgar
bo‟lgan shaxsga qo‟yilishi mumkin. Kreditor asosiy qarzdorga bo‟lgan o‟z
talabini qondirilishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli
emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga o‟tkazish
yoki mablag‟larni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yo‟li bilan
qondirilishi mumkin bo‟lsa, subsidiar javobgar shaxs o‟ziga kreditor
tomonidan qo‟yilgan talabni qondirilishdan oldin, bu haqda asosiy
qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da‟vo
qo‟zg‟atilgan bo‟lsa, asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilish kerak.
Aks holda, asosiy qarzdor o‟zining kreditorga qarshi e‟tirozlarini subsidiar
javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qo‟yish huquqiga ega.
Sheriklik majburiyati bo‟yicha boshqalar uchun majburiyatni ba-
jargan qarzdor regress (qaytarma) da‟vo huquqiga ega bo‟lsa, qo‟shimcha
majburiyatni uchinchi shaxsga nisbatan bajargan qarzdor, agar qonun yoki
shartnomalarda boshqacha hol belgilanmagan bo‟lsa, shu bajarilgan
narsani qaytarib olish huquqiga ega bo‟lmaydi. Masalan, ota-onalar
farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmagan bolalarning
harakati natijasida yetkazilgan zararni uchinchi shaxsga to‟laganlarida
mazkur haqni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
Qo‟shimcha majburiyat qonun yoki shartnomalarda ko‟rsatilgan
taqdirdagina vujudga keladi. Chunonchi, qonunda aytilishicha, o‟n to‟rt
yoshdan o‟n sakkiz yoshgacha bo‟lgan voyaga yetmagan o‟smir
tomonidan yetkazilgan ziyon uchun ularning ota-onalari, vasiy va
homiylari qo‟shimcha javobgardirlar. Qo‟shimcha majburiyatga yana bir
misol qilib, to‟g‟ridan-to‟g‟ri shartnomada ko‟rsatilgan bo‟lsa, boshqa
shaxs majburiyatining butunlay yoki qisman bajarilishi uchun uning kre-
ditori oldida javobgarlikni o‟z zimmasiga olgan kafilning qo‟shimcha
javobgarligini ko‟rsatish mumkin. Ammo bu holda majburiyatni bajargan
kafil regress (qaytarma) da‟vo qilish huquqiga ega bo‟ladi.
|