214
Muqobil majburiyat bo‟yicha huquqiy munosabatda bir necha harakat
ko‟rsatilgan bo‟lsa ham, majburiyatning mazmunini qarzdorning faqat
birgina majburiyati va kreditorning shu majburiyatning
bajarilishini talab
qilishga bo‟lgan huquqi tashkil etadi. Huquqiy munosabatda nazarda
tutilgan harakatlardan birining bajarilishi bilan majburiyat ijro etilgan
hisoblanadi. Muqobil majburiyatning bajarilishi to‟g‟risidagi qoida
FKning 250-moddasida berilgan. Mazkur moddada ko‟rsatilishicha, agar
qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur bo‟lsa,
qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida bo‟ladi. O‟zbekiston
Respublikasining bir qator qonun hujjatlarida qaysi majburiyatning
bajarilishi lozimligini tanlash huquqi kreditorga berilganligi ko‟rsatiladi.
Xususan, ularda sotilgan ashyoning sifati lozim darajada bo‟lmaganda, sotib oluvchi
o‟z xohishi bilan ana shu ashyoni boshqa sifatli ashyoga almashtirish yoki xarid
bahosini tegishli darajada kamaytirishni yoxud sotuvchining shu ashyodagi
kamchiliklarni haq olmay tuzatib berishini yoki shu kamchilikni tuzatish uchun
oluvchining qilgan xarajatlarini to‟lashni yo bo‟lmasa shartnomani bekor qilib,
o‟ziga yetkazilgan zararning to‟lanishini talab qilishga haqli bo‟ladi, deb
ko‟rsatiladi. Bu qoida bo‟yicha qarzdor sifatidagi sotuvchi tomonidan bajarilishi
lozim bo‟lgan harakatlardan birini tanlash huquqi kreditorga, ya‟ni sotib oluvchiga
beriladi.
4.
Shaxsiy tusga ega bo‟lgan majburiyatlar va shaxsiy tusga ega
bo‟lmagan majburiyatlar. Ba‟zi majburiyatlar huquqiy munosabatda
qatnashuvchilarning har qaysisi yoki birining shaxsi bilan qat‟iy bog‟liq
bo‟lishi mumkin
.
Masalan, topshiriq shartnomasi bo‟yicha vujudga keladigan
majburiyat vakilning (topshiriqni bajaruvchining) ishonchli shaxs bo‟lishiga qarab
belgilanadi. Bunday shaxsiy xarakterga ega bo‟lgan majburiyatlarning bajarilishini,
agar qonun yoki shartnomada boshqacha hol belgilanmagan bo‟lsa, boshqa shaxsga
o‟tkazilishiga yo‟l qo‟ymaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin
emas. Bunday majburiyatlar, odatda, qarzdor yoki kreditorning vafot etishi bilan
bekor bo‟ladi.
Aksariyat huquqiy munosabatlarda majburiyatning
kim tomonidan
bajarilishi ahamiyatga ega bo‟lmaydi
.
Masalan, qarz shartnomasi bo‟yicha
majburiyatning fuqaro G. tomonidan ham yoki uning uchun fuqaro B. tomonidan
ham bajarilishi mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega bo‟lmagan majburiyatlar
bo‟yicha kreditor ham, qarzdor ham boshqa shaxs bilan almashinishiga yo‟l
qo‟yiladi. Bunday majburiyatlar bo‟yicha kreditor yoki qarzdorning vafot etishi
majburiyatning bekor qilinishi uchun asos bo‟lmaydi.
Umumiy qoidaga binoan, majburiyatlar
FKda nazarda tutilgan
asoslarda vujudga keladi. Ammo, bunday majburiyatlarning vujudga
kelishi qonunda nazarda tutilmagan bo‟lsa-da, lekin fuqarolik qonun
215
hujjatlarining umumiy mohiyati va mazmuniga zid bo‟lmagan fuqarolar va
yuridik shaxslarning harakatlari asosida ham vujudga kelishi mumkin
(FKning 8-moddasi 1-qismi).
FKning
234-moddasida
belgilanganidek,
majburiyatlar
shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. Fuqarolik qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa asoslar tarkibiga davlat organlari va fuqarolarning
o‟zini o‟zi boshqarish
organlarining hujjatlari, sud qarori, turli voqea
hodisalarni kiritish mumkin.