218
FKning 252-moddasida ko‟rsatilganidek, qarzdorlarning sheriklik
majburiyati
belgilanganida,
kreditor
majburiyatni
qarzdorlarning
barchasidan birgalikda, shuningdek har qaysisidan ayrim-ayrim holda to‟la
yoki qisman bajarilishini talab qilishga haqlidir.
Sherik qarzdorlarning biridan to‟la qanoat hosil qilmagan kreditor
ololmagan narsasini boshqa sherik qarzdorlardan talab qilishga haqli.
Sherik qarzdorlar to majburiyat to‟la bajarilgunga qadar, qarzdor bo‟lib
qolaveradi.
Sherik qarzdorlarning har biri kreditorning talablariga qarshi
e‟tirozlarini bildira oladi. Chunonchi, qarzning ilgari to‟liq yoki qisman
to‟langanligini ko‟rsatishlari mumkin. Ammo sheriklik majburiyat
bo‟lgani holda, qarzdor kreditorning talablariga qarshi boshqa
qarzdorlarning kreditorga nisbatan bo‟lgan, mazkur qarzdor ishtirok
etmagan, munosabatlarga asoslangan e‟tirozlarini qo‟ya olmaydi (FKning
253-moddasi).
Masalan, sheriklik majburiyatda kreditor G. sherik qarzdorlari A. va V.lardan
biri aytaylik, V. boshqa bir oddiy majburiyatda qarz shartnomasi bo‟yicha G.ning