232
to‟g‟risida kelishishlari mumkin. Bunda shartnoma predmeti ikki ashyo
bo‟lib ko‟riladi. Bu ashyolardan birini tanlab olish bilan majburiyatni
bajarish huquqi qonun, shartnoma yoki majburiyat mazmunidan boshqacha
hol anglashilmasa qarzdorga beriladi.
Fakultativ
majburiyat deb, asosan, qarzdor muayyan bir harakatni
qilishga majbur bo‟lib, shu bilan birga mazkur majburiyatda nazarda
tutilgan harakat o‟rniga boshqa bir harakatni qilish huquqini o‟zida saqlab
qolishga aytiladi. Chunonchi, shartnomada televizor sotilishi ko‟rsatiladi,
ammo shu bilan birga sotuvchi televizor o‟rniga xolodilnikni sotish
huquqini o‟ziga belgilab qo‟yadi.
Majburiyatlarning muqobil va fakultativ majburiyatlarga bo‟linib
bajarilishining ma‟lum huquqiy oqibatlari bor. Chunonchi, muqobil
majburiyatda ko‟rsatilgan ashyolardan biri tasodifan nobud bo‟lsa, o‟rniga
ikkinchisi topshiriladi. Demak, bunday holda majburiyat bekor bo‟lmaydi.
Ammo fakultativ majburiyatda ko‟rsatilgan asosiy narsa tasodifan,
qarzdorning aybi bilan bog‟liq bo‟lmagan holda nobud bo‟lsa,
bunday
majburiyat bajarish mumkin bo‟lmaganligi tufayli bekor bo‟ladi.
Ulushli va sheriklik majburiyatlarning bajarilishi to‟g‟risida o‟n
to‟qqizinchi mavzuda batafsil to‟xtab o‟tiladi.