Pullar va qimmatli qog„ozlar – fuqarolik huquqining obyekti




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Pullar va qimmatli qog„ozlar – fuqarolik huquqining obyekti 
sifatida. Pul ham fuqarolik huquqining obyekti sanaladi. Pul o„zining uzoq 
davom etgan tadrijiy rivojlanishida mol-hol, zaytun yog„i, oltin va kumush 
yombisi ko„rinishidagi ayirboshlash vositalaridan – hozirgi elektron 
pullarga, kredit kartochkalariga qadar bo„lgan yo„lni bosib o„tdi. Pul bozor 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning 
eng 
muhim 
elementlaridan 
biri 
hisoblanadi.
Manbalarda keltirilganidek, fuqarolik huquqi nuqtai nazaridan 
pulning xususiyatlari va vazifalari quyidagilarda ko„rinadi:
- pul qonun hujjatlariga muvofiq iste‟mol qilinadigan, turga xos 
alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarning o„ziga xos xususiyatlariga 
ega bo„lgan turi hisoblanadi; 
- pul ko„pchilik fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (qarz, kredit, 
hadya shartnomalarida) mustaqil obyekt sifatida ishtirok etadi; 
- pul fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (oldi-sotdi, mahsulot 
yetkazib berish, kontraktatsiya shartnomalarida) teng qiymatga ega 
bo„lgan obyekt hisoblanadi; 
- umumiy ekvivalent, ya‟ni teng qiymatga ega bo„lgan obyekt 
sifatida har qanday ashyo bilan almashtirish, yetkazilgan moddiy va 
ma‟naviy zararni qoplash uchun ham qo„llaniladi; 
- pul har qanday qonuniy qarzni, uning har qanday holatlar asoslarida 
(masalan, majburiyat bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani 
tufayli) vujudga kelishidan qat‟i nazar, uni tuzish, to„lash, qoplash vositasi 
sifatida muhim rol o„ynaydi
1
(juz‟iy tahrir bizniki – M.B.).
Mustaqil davlatning asosiy atributlaridan biri – bu uning milliy 
valyutasidir. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan tizimli 
islohotlar natijasida O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – 
so„mni muomalaga kiritilishi bo„ldi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi 
“O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish 
to„g„risida”gi 870-son farmoni bilan 1994-yilning 1-iyulidan boshlab 
1
Раҳмонқулов Ҳ. Фуқаролик ҳуқуқининг объектлари. Ўқув қўлланма. –Т.: ТДЮИ, 2009. –Б.37-38. 


106 
O„zbekiston Respublikasining hududida 1000 so„m pul kuponga bir 
“so„m” nisbati bilan O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – 
“so„m” muomalaga kiritildi. So„m unda yozilgan qiymat bo„yicha qabul 
qilinishi shart. Farmonga ko„ra 1994-yilning 1-iyulidan boshlab 
O„zbekiston Respublikasi hududida “so„m” mulkchilik shaklidan qat‟i 
nazar qonuniy to„lov vositasi hisoblanadi. 
Pullar jismiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar qatorida bo„lib, 
pul belgilarining soni bo„yicha hisoblanmay, balki bu belgilarda 
ko„rsatilgan summalarga qarab hisoblanadi. 
Milliy so„mdan tashqari chet el valyutasi ham muomalada bo„ladi. 
Pul va chet el valyutasi bir xil tushunchaga ega. Faqat chet el valyutasi 
xorijiy mamlakatlarga tegishli bo„lib, mamlakatimizda ular bilan hisob-
kitob qilishda farq mavjud. Chet el valyutasi bilan bog„liq munosabatlar 
“Valyutani tartibga solish to„g„risida”gi (yangi tahriri) qonun bilan tartibga 
solinadi
1
. O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki O„zbekiston 
Respublikasida valyutani tartibga soluvchi davlat organidir. Chet el 
valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo„lgan 
banklar vakolatli hisoblanadi.

Download 2,02 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pullar va qimmatli qog„ozlar – fuqarolik huquqining obyekti

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish