Ko‘char va ko‘chmas ashyolar. Ko„char ashyo bir joydan ikkinchi
joyga ko„chirish natijasida xususiyatini o„zgarishsiz saqlaydigan va o„z
maqsadiga ko„ra ishlatish mumkin bo„lgan ashyodir.
Ko„chmas ashyolar odatda doimiy ravishda bir joyning o„zida
mavjud bo„lib, o„ziga xos xususiyatlarga, xususiy belgilarga egadir. Shu
sababli ham u jismiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga
emas, balki xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga
101
kiritiladi. Bunday ashyoning o„ziga xos xususiyati yer bilan uzviy
bog„liqligidir (tabiiy ravishda yer bilan uzviy bog„liq ashyolar, masalan,
buloqlar, konlar, daryolar va boshq.; inson mehnati bilan vujudga kelgan
yer bilan uzviy bog„liq ashyolar, masalan, bino va inshootlar, quduqlar,
bog„lar, korxona va boshqa ashyolar).
Ko„chmas ashyolar bir joydan ikkinchi joyga ko„chirish imkonining
yo„qligi, tayinlanish maqsadiga ko„ra foydalanib bo„lmasligi, shaklan
o„zgarishi, shuningdek ko„chmas mulkka bo„lgan huquqlar davlat
ro„yxatidan o„tkazilishi kabi belgilarga ega.
Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar.
Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo alohida, faqat o„ziga xos
belgisi va o„ziga xos, yolg„iz sifati bo„lgan ashyodir. Unga o„zining
belgilari bilan boshqa o„xshash ashyolardan ajralib turadigan narsalar,
masalan, ma‟lum ko„chadagi, ma‟lum sonli uy-joy, o„zi bir dona bo„lgan
ashyo (jahon birinchiligida chempion bo„lgan ot, ko„hinur olmosi kabi)lar
kiradi. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqa
ashyolardan muayyan usulda belgi qo„yish yoki muhr bosish, raqam
qo„yish bilan farqlanadi.
Pul xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi yoki turga xos
alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi? – degan savol tug„iladi.
Bir tomondan qaraganda, pulda muayyan belgi va raqam qo„yilgani
uchun uni xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo deyish mumkin.
Ikkinchi tomondan qaraganda, pul bir turga xos, ya‟ni u bitta vazifani –
to„lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.
FKning 87-moddasi 2-qismiga ko„ra, xususiy alomatlari bilan
belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo„lmaydigan ashyolardir.
Pulni esa boshqasi bilan almashtirish mumkin (masalan, yirik pulni mayda
pulga va aksincha). Demak, pul turga xos alomatlari bilan belgilanadigan
ashyodir.
Valyuta qimmatliklari: chet el valyutasi (banknotlar, qog‟oz pullar,
tanga-chaqalar); chet el valyutasi hisobida yozilgan to‟lov hujjatlari
(cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); bankning chet el
valyutasiga sotib olinadigan va shunday valyutaga almashtirish huquqiga
ega bo‟lgan so‟m hisobidagi to‟lov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har
qanday shakl va holatdagi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina
guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy);
xom va ishlangan shakldagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar,
la‟l, zumrad, saprif, marvarid va boshqalar) O‟zbekiston Respublikasi
102
qonunlarida belgilangan tartibda va doiralardagina oldi-sotdi predmeti
bo‟lishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan
zargarlik va boshqa maishiy buyumlar hamda shunday buyumlarning
siniq parchalari bundan mustasnodir.
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar son, og„irlik va
o„lchov bilan ko„rsatiladigan narsalar hisoblanadi. Masalan, 100 dona
shifer, 100 metr chit, 100 tonna paxta va hokazo. Turga xos alomatlari
bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo„ladigan
ashyolardir. Shuning uchun ham bunday ashyolarga nisbatan persona non
grataning (ya‟ni, tur nobud bo„lmaydi) qoidasi qo„llaniladi. Fuqarolik
huquqida ashyolarning xususiy va turga xos alomatlari bilan
belgilanadigan ashyolarga bo„linishi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa,
majburiyatlarni ijro etishda, burchni natura holida bajarilishida bunday
bo„linishning o„rni beqiyos.
|