4. Huquq va muomala layoqatini cheklash bo‟yicha boshqa subyekt-
larga taalluqli bo‟lgan qoidalar davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
91
Huquq va muomala layoqatini cheklash bo‟yicha qaror har qanday
holatda ham davlat vakolatli organi tomonidan uning qarori asosida
amalga oshiriladi.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtirokiga nisbatan
yuridik shaxs haqidagi me‟yorlar tatbiq etiladi. Bunda davlatga nisbatan
yuridik shaxslar erkining vujudga kelishi bilan bog‟liq erkning ifodalanishi
to‟g‟risidagi qoidalargina qo‟llaniladi. Ko‟plab yuridik manbalarda ham
ta‟kidlanganidek, yuridik shaxslarga oid boshqa qoidalar (xususan, huquq
layoqati to‟g‟risidagi, ro‟yxatdan o‟tish to‟g‟risidagi, nom va joylashgan
уeri, filiallar va vakolatxonalar, yuridik shaxs turlari, ularni tashkil etish va
tugatish) davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shu o‟rinda davlat va yuridik shaxslarning bir-biriga o‟xshash
tomonlarini ta‟kidlab o‟tish joiz. Davlat xuddi yuridik shaxslar kabi
muayyan tashkilot bo‟lib, o‟z ichki tuzilishiga va tashkiliy birligiga,
boshqaruv organlariga, fuqarolik muomalasida o‟z nomidan ishtirok etish
huquqiga ega.
Yuridik shaxs huquqiy belgilarining asosiylarini tashkil etgan
yuqoridagi to‟rtta belgining davlatga nisbatan o‟zgacha ko‟rinishda tatbiq
etilish holati ularning barchasiga ham taalluqli emas. Ayniqsa, mulkiy
javobgarlik holati davlatda ham xuddi yuridik shaxs kabi tatbiq etilmaydi.
Bunda davlat (garchi uning mol-mulki asosida tashkil etilgan yuridik
shaxslar fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o‟z nomidan ishtirok etsalarda)
mulkning sohibi sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda shaxsan o‟zi
(o‟z nomidan) yoki organlari, yoxud o‟zi tashkil etgan yuridik shaxslar
(yuridik shaxslar bunday holatlarda ularning filiallari va vakolatxonalari
tomonidan amalga oshiradi) orqali ishtirok etadi.
Umuman davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi “alohida
shaxs” maqomi, garchi, yuridik shaxsga o‟xshasa-da, u bilan bir xilda
emas. Zero, davlat ipso jure – yuridik shaxs emas.
Biroq ayni paytda davlatning huquqlari mutlaq cheksiz ham emas.
Masalan, davlat shaxsiy huquqlarga ega bo‟lmaydi. Binobarin, davlat
alohida xususiyatlarga ega bo‟lgan subyektdir.
Davlat ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boshqa ishtirokchilar
kabi muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‟ladi. Chunki huquqiy
munosabatning mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va
majburiyatlari tashkil etadi. Fuqarolik huquqlari va burchlarga ega
bo‟lmagan shaxslar huquqiy munosabatda mustaqil subyekt sifatida
qatnasha olmaydilar. Huquq va burchlarga ega bo‟lish holati esa,
fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchisining fuqarolik huquq layoqatiga
92
ega bo‟lishini ifodalaydi. O‟z navbatida davlat ham fuqarolik huquqining
boshqa subyektlari kabi huquq layoqatiga ega bo‟ladi.
Lekin davlat huquq va muomala layoqatining o‟ziga xosligi uning
boshqa subyektlar layoqatidan ajralib turishiga sabab bo‟ladi. Davlat ham
fuqarolik huquqining boshqa subyektlari kabi mulkdor bo‟lish, tadbirkorlik
bilan shug‟ullanish (garchi davlat sof ma‟nodagi tadbirkor hisoblanmasa-
da, uning organlari va u tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslar
tadbirkorlik bilan shug‟ullanishlari mumkin. Lekin tom ma‟noda
davlatning huquq layoqati turli xildagi yuridik shaxslar va fuqarolarning
huquq layoqati bilan bir xil bo‟lishi mumkin emas. Ba‟zi holatlarda
davlatning huquq layoqati fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq
layoqatidan kengroq bo‟lsa, ba‟zi holatlarda davlatning huquq va burchlari
cheklanadi. Masalan, fuqarolar huquq layoqatining mazmunini tashkil
etuvchi huquqlar jumlasiga shunday huquqlar kiritilganki, bunday
huquqlar davlatda mavjud bo‟lmaydi. Masalan, FKning 18-moddasiga
muvofiq, fuqarolar mol-mulklarini vasiyat qilib qoldirishlari, yollanma
mehnatdan foydalanishlari, mashg‟ulot turini va yashash joyini tanlashlari,
intellektual faoliyat natijalarining mualliflik huquqlariga ega bo‟lishlari
mumkin. Davlatda esa, bunday huquqlar mavjud emas.
Fuqarolik huquqining boshqa subyektlarida shunday huquqlar borki,
bunday huquqlar davlatga tegishli bo‟lmaydi. Masalan, mulkni meros qilib
qoldirish, alohida turdagi shartnomalar (franshizing va boshqalar) tuzish,
o‟zining firma nomiga ega bo‟lishlik, fan, adabiyot va san‟at asarlari
muallifi bo‟lish kabilar.
Umumiy qoidaga ko‟ra, davlat fuqarolik muomalasida o‟z
manfaatlari uchun emas, ommaviy hokimiyatni foydaliroq tatbiq etish
uchun qatnashadi. Bunday maqsadlar davlat huquq layoqatining
mohiyatini yanada to‟ldiradi.
Biroq, davlatda shunday imkoniyatlar (huquqlar) mavjudki, bu
huquqlar fuqarolik huquqining boshqa subyektlarida uchramaydi. Masalan,
merosxo‟rlari bo‟lmaganda mol-mulkni egallash, qimmatli qog‟ozlar
chiqarish kabi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy munosabatlar sohasi
ajratilganki, garchi fuqarolik huquqining boshqa subyektlari ham ushbu
munosabatlarda ishtirok etishlari mumkin bo‟lsa-da, ularning to‟g‟ridan-
to‟g‟ri ishtirok etishlari taqiqlanadi.
Davlatning huquq layoqatini maqsadli deb hisoblash mumkin. Zero,
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtirok etar ekan, faqat bitta
maqsadni ko‟zlab harakat qiladi va u tomonidan amalga oshirilgan har
93
qanday huquqiy xatti-harakat xalq manfaati va uning farovonligini
oshirishga qaratiladi.
Aytish kerakki, davlat huquq layoqatining asosiy holatlaridan yana
biri – davlatning qonun chiqarish huquqdorligidir. Bu huquqdorlik davlat
huquq layoqatida katta ahamiyatga egadir. Davlat qonun chiqarish
faoliyatini amalga oshirish mobaynida o‟ziga tegishli huquqlarni, ya‟ni
xalq manfaatini amalga oshirishga qaratilgan huquqlarni o‟z maqsadini
(ya‟ni, xalq farovonligini ta‟minlash) amalga oshirishga yo‟naltiradi.
Munitsipal organlar ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok
etuvchi o‟ziga xos subyekt hisoblanadi. Munitsipal organlar jumlasiga
tegishli hududdagi davlat hokimiyati organlari kiradi. Munitsipal
organlarning huquq layoqati davlatning huquq layoqatiga qaraganda biroz
torroq bo‟lsa-da, o‟ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday o‟ziga xoslik
munitsipal organlarning mol-mulkka ega bo‟lishi, o‟z budjetini tashkil
etishi, bitimlar tuzishi, majburiyatda ishtirok etishi orqali namoyon
bo‟ladi.
|