Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatdagi
ishtirokining o‟ziga xos xususiyatlari
fuqarolik huquqi sub‟yektlari amal qiladigan
qonunlarni oʻzi belgilaydi
fuqarolik huquq va burchlari vujudga
kelishining asosi boʻladigan hujjatlar chiqaradi
davlat immunitetdan foydalanadi
huquq va muomala layoqatini cheklash
boʻyicha boshqa sub‟yektlarga taalluqli boʻlgan
qoidalar davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi
94
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi
ishtiroki shakllari
Fuqarolik huquqi subyektlari tizimida davlat alohida subyekt hamda
“yagona va bo‟linmaslik” jihatiga ega bo‟lishi bilan birga, boshqa
subyektlarning huquqiy maqomini, subyektiv huquq va majburiyatlarini,
faoliyati va mavjudlik holatini belgilab beruvchi hamdir. Shu bilan birga,
davlat xususiy munosabatlarda garchi, o‟zining hokimiyat vakolatlaridan
foydalanmasligini o‟zi tomonidan qabul qilinadigan qonun hujjatlarida
e‟tirof etsa-da, har qanday fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatning
hokimiyat vakolatlari sohibi ekanligi sezilib turadi. Bu, ayniqsa,
natsionalizatsiya, rekvizitsiya va majburiyat munosabatlarida o‟z ifodasini
topadi. “Yagona va bo‟linmaslik” holatidan kelib chiqib, fuqarolik-
huquqiy munosabatlarda aslida davlat nomidan bitta subyekt –
O‟zbekiston Respublikasi qatnashadi. Bunda uning vakolatlarini Prezident,
Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shu bilan birga, mazkur
munosabatlarda davlat nomidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‟lgan
maxsus vakolatli organlar ham qatnashadi.
FKning 79-moddasiga asosan davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan
tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan
bab-baravar asoslarda ishtirok etadi. Davlatning mamlakat ichki fuqarolik-
huquqiy munosabatlardagi ishtiroki quyidagilarda namoyon bo‟ladi:
a) davlat o‟ziga qarashli mol-mulkka nisbatan mulkdor sifatida
harakat qilganida, masalan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish munosabatlarida;
b) egasi bo‟lmagan yoki egasi noma‟lum bo‟lgan ashyo egasiz
hisoblanib, u sud qarori bilan davlat egaligiga o‟tkazilganida
(FK, 191-modda);
d) Fuqarolik kodeksining 193-moddasi 2-qismiga asosan ashyoni
topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo
davlat mulkiga o‟tganda;
e) har bir fuqaro vasiyat bo‟yicha o‟zining butun mulkini yoki uning
bir qismini davlatga vasiyat qilib meros tariqasida qoldirishida
(FK, 1120-modda);
f) O‟zbekiston Respublikasi davlati huquq subyekti sifatida ba‟zi
fuqarolik-huquqiy xarakterda bo‟lgan kredit munosabatlarida, masalan,
davlat zayomi obligatsiyalarini sotishida, qarz shartnomasida ishtirok
etganida;
95
g) tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan
taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vazifalarda mol-mulk jamiyat
manfaatlarini ko‟zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq
mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‟lagan holda qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‟yilishida
(rekvizitsiya).
Bunda
rekvizitsiya
o‟tkazilishiga
sabab
bo‟lgan
vaziyatlarning amal qilishi to‟xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-
mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o‟ziga qaytarib berishni
talab qilishga haqli ekanligida (FK, 203-modda);
h) mol-mulk musodara qilinganida, ya‟ni qonunda nazarda tutilgan
hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‟zga
huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‟lamasdan mulkdordan olib
qo‟yilishida (FK, 204-modda);
i) davlat ba‟zi hollarda mualliflikka oid huquqiy munosabatlarda,
masalan, asarni nashr etish huquqini sotib olganida, ixtirochilik
munosabatlarida ixtiroga bo‟lgan patentni sotib olganida huquq subyekti
sifatida ishtirok etishida. Bunday huquqiy munosabatlarda davlatning
ishtirok etishi natijasida olingan daromadlar ham davlat budjetiga
o‟tkaziladi. Shu bilan birga, davlat mablag‟lari hisobiga yaratilgan
intellektual mulk obyektiga nisbatan ham davlat mulk huquqini qo‟lga
kiritadi;
j) davlat, shuningdek, chet ellik investorlar bilan konsessiya va
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarlarda ham qatnashadi. Unga ko‟ra, davlat
chet ellik investor bilan kelishib olingan shartlar asosida muayyan xo‟jalik
faoliyatini amalga oshirish; yer osti boyliklarini ishlab chiqarish va foydali
qazilmalarni kavlab olish, korxonalar qurish va ekspluatatsiya qilish
hamda boshqa huquqlarni beradi;
k) davlat chet mamlakatlarda ko‟chmas mulkni sotib olishida;
l) xalqaro ommaviy va xususiy-huquqiy munosabatlarda davlat o‟z
zimmasiga olgan majburiyatni bajarmagan hollarda uning o‟rniga vujudga
kelgan voris davlat majburiyatni o‟tmishdosh-davlat tuzgan shartlar
asosida bajarishi lozim bo‟lgan hollar va h.k.
Davlat o‟zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari bo‟yicha o‟z mulki
bo‟lgan mablag‟lari bilan javob beradi.
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda
davlat nomidan yuqorida aytganimizdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Ichki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan aksariyat
hollarda O‟zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va davlat
96
qo‟mitalari qatnashadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, O‟zbekiston
Respublikasi davlati nomidan harakat qiluvchi organlar tizimida
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo‟mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy bank alohida mavqega ega.
Davlat idoralarining fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki
ikki xil ko‟rinishda bo‟ladi: bevosita va bilvosita. Bevosita ishtirokda
davlat o‟z nomidan fuqarolik muomalasiga kirishadi. Bilvosita ishtirokda
esa davlat nomidan uning organlari ishtirok etadi. Shuningdek:
1. Davlat nomidan ishtirok etish holati ham mavjud. Bunda –
muayyan organ davlat nomidan harakat qiladi va davlat uchun huquq va
majburiyatlar vujudga keltiradi (Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar
va savdo vazirligining chet el kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi bunga
misol bo‟la oladi).
2. Davlat organi fuqarolik muomalasida o‟z nomidan harakat qiladi.
Masalan, O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ishlar boshqarmasining
do‟konlardan idora jihozlarini sotib olishi. Bunda faqat Oliy Majlisga
biriktirilgan mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.
Davlat ba‟zi hollarda subyekt sifatida o‟zining mansabdor shaxslari
yoki organlari tomonidan yetkazilgan mulkiy zararni to‟lashda javobgar
bo‟ladi (masalan, dastlabki tergov, tergov, prokuratura, sud organlarining
mansabdor shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan g‟ayriqonuniy harakatlari
natijasida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‟ladilar).
FKning 15-moddasida belgilanganidek, davlat organlari yoki ushbu
organlar
mansabdor
shaxslarining
g‟ayriqonuniy
harakatlari
(harakatsizligi), shu jumladan davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga
muvofiq bo‟lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik
shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‟lanishi kerak.
Ayni
vaqtda
O‟zbekiston
davlati
tashqi
fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda ham mustaqil huquq subyekti sifatida ishtirok etadi.
O‟zbekiston Respublikasi o‟ziga mulk huquqi asosida tegishli
bo‟lgan obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy
shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o‟zaro foydali hamkorlik o‟rnatishda,
bunday hamkorlikni rivojlantirishda barcha amaliy harakatlarni ro‟yobga
chiqarish uchun foydalanadi.
Jumladan, davlat organi bo‟lgan O‟zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi o‟z faoliyatida
respublika nomidan ish olib borib, barcha tashqi iqtisodiy aloqalarni
koordinatsiya qiladi, tartibga soladi, nazorat qiladi va boshqaradi.
97
O‟zbekiston Respublikasi hududidan tashqari va xorijda mamlakat
nomidan barcha tashqi iqtisodiy masalalar bo‟yicha uning manfaatlarini
ko‟zlab harakat qilish bilan birga, O‟zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham o‟z zimmasiga
oladi. Vazirlik o‟z faoliyatini bevosita Vazirlar Mahkamasi rahbarligida
amalga oshiradi. Vazirlik o‟z faoliyatida Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy
bank bilan uzviy hamkorlik qiladi.
O‟zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolarining
qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta‟minlash, tashqi iqtisodiy sohada
bevosita o‟zaro foydali aloqalarni o‟rnatish maqsadida xorijiy davlatlar,
xalqaro tashkilotlar huzurida O‟zbekiston Respublikasining savdo yoki
o‟zga vakolatxonalari ta‟sis etiladi. Bu vakolatxonalar o‟z faoliyatida
O‟zbekiston Respublikasi qonunlariga, o‟zlari to‟g‟risidagi nizomga,
shuningdek O‟zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan
davlatlar ishtirokchi bo‟lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi.
FKning 80-moddasiga binoan qonunda nazarda tutilgan hollardan
tashqari davlat o‟zi tuzgan yuridik shaxs majburiyatlari yuzasidan javobgar
bo‟lmaydi. Davlat majburiyati yuzasidan yuridik shaxs ham javobgar
bo‟lmaydi. Ushbu qoidalar davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik
shaxsning majburiyatlari bo‟yicha o‟z zimmasiga kafillik olgan (kafolat
bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‟yicha o‟z
zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat
ishtirokining monistik (davlat nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
faqat bitta organ ishtirok etishi) va plyuralistik (davlat nomidan fuqarolik-
huquqiy munosabatlarda bir nechta organning qatnashishi) ishtiroki
farqlanadi.
|