88
6-MAVZU. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY
MUNOSABATLAR ISHTIROKCHISI SIFATIDA
Davlatning fuqarolik huquq layoqati. Davlatning fuqarolik-huquqiy
munosabatlardagi ishtiroki shakllari.
Davlatning fuqarolik huquq layoqati
Davlat jamiyat hayotining barcha sohalarida eng muhim ahamiyatga
ega “subyekt” hisoblanadi. Davlatning ushbu maqomi iqtisodiy
munosabatlarda yaqqol ajralib turadi. Zero,
iqtisodiy munosabatlarning
vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishida davlat ishtiroki bevosita
xalq manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan bo‟ladi. Bunda esa,
davlat
ana shu manfaatlarning himoyachisi sifatida ularni to‟g‟ri va maqbul
amalga oshirilishini ta‟minlab beradi. Iqtisodiy sohada davlatning xalq
manfaatlarini ifoda etishi bilan bog‟liq munosabatlar
asosan fuqarolik
huquqi bilan tartibga solinishini nazarda tutib, hozirgi sharoitda davlatning
fuqarolik huquqiy maqomini aniqlash, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
davlat ishtirokining o‟ziga xos xususiyatlarini belgilash, xalq manfaatlarini
ifoda etishning iqtisodiy va huquqiy asosi hisoblangan davlat mulkini
himoya qilish va uni amalga oshirishning samarali
usul va vositalarini
vujudga keltirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
FKning 2-moddasiga ko‟ra davlat ham fuqarolar va yuridik shaxslar
kabi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning
ishtirokchisidir.
Darhaqiqat, bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiy
munosabatlardagi o‟rni va fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi maqomi
tubdan o‟zgardi. Endilikda davlat fuqarolik huquqining boshqa subyektlari
kabi huquqiy munosabatlarda teng asoslarda ishtirok eta boshladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda hokimiyat sohibi sifatidagi davlat
ishtirokining o‟ziga xos xususiyatlaridan biri bu davlatning o‟zi bevosita
ishtirok etadigan munosabat doirasini o‟zi belgilashidir. Demak, davlat
o‟zining qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishini o‟zi
belgilay oladi. Zarur paytda esa, davlat o‟z qarorlari bilan o‟z ishtirokini
ta‟minlaydi. Masalan, davlat, xalq va jamiyat manfaatlarini ko‟zlab g‟alla
ekinlari faqat davlatga sotilishini belgilab qo‟yishi mumkin.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki uning
suverenitet sohibi ekanligidan kelib chiqadi.
89
Davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va bo‟linmasdir.
Shunga
binoan davlat fuqarolik-huquqiy munosabatda yakka va yagona subyekt
(fuqarolar va yuridik shaxslar kabi ko‟p va turli xil emas) deb qaraladi.
Zero, davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida boshqa
subyektlar bilan o‟zaro huquqiy aloqalarga kirishar ekan, bunda u o‟ziga
tegishli bo‟lgan imtiyozlar: hokimiyat vakolati, hukmronlik va boshqarish
faoliyati,
ustunlik
maqomidan
voz
kechishiga
to‟g‟ri
keladi.
Ta‟kidlanganidek, bu fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat suverenitet
sohibi sifatida yagona va bo‟linmas subyekt hisoblanadi. Binobarin,
bitta
alohida olingan hududda ikkita suverenitet sohibi bo‟lishiga yo‟l
qo‟yilmaydi.
Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo‟lganligi tufayli
fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti sifatida o‟ziga xos xususiyatlarga
ega.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabat subyekti o‟ziga xos
sifatidagi xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1.
Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida fuqarolik
huquqi subyektlari amal qiladigan qonunlarni o‟zi belgilaydi.
Fuqarolik huquqining boshqa subyektlari
barcha subyektlar amal
qiluvchi qonun qabul qilish vakolatiga ega emas. Qonun qabul qilish
faqatgina davlat va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi va ijro
etilishi ta‟minlanadi.