87
tushunchalar mavjud. Ularni qiyosiy tahlil qilgan holda universal va
maxsus huquq layoqati mohiyatini ochib bering.
3. “KAP” MChJ a‟zosi V.P.Kvitko Moskva shahriga ko‟chib
ketayotganligi tufayli shirkatdagi o‟z ulushini ajratib berishlari to‟g‟risida
murojaat etadi. Lekin jamiyatning boshqa ishtirokchilari uning ulushini
berish jamiyatning moliyaviy axvoliga salbiy ta‟sir etishini, bundan
tashqari MChJ ishtirokchisi agar jamiyatdan o‟z ulushini olib chiqib
ketmoqchi bo‟lsa uch oy ilgari bu haqda bildirishi lozimligini vaj qilib
ulushni berishdan voz kechadilar. V.P.Kvitko o‟z ulushini olib berish
to‟g‟risida MChJni sudga beradi.
Sudda ushbu masala qanday hal qilinadi?
4. “Olim-A” MChJ ijro organi jami summasi 7 million bo‟lgan Matiz
avtomashinasi oldi-sotdi shartnomasini imzoladi. Avtomashina harid qilib
bo‟lingandan so‟ng 7 kun o‟tib MChJning ta‟sischilaridan biri bo‟lgan Sh.
Salimov ushbu oldi-sotdi shartnomasini tuzishga MChJ ijro organining
haqqi yo‟qligini, bu shartnoma umumiy summasi MChJ ustav fondining
70%ni tashkil etishini shu sabab bunday shartnoma yirik bitim hisoblanib
uni tuzishga faqatgina MChJ umumiy yig‟ilishi xaqli ekanligini, ushbu
shartnomaning tuzilishi jamiyatni moliyaviy qiyin ahvolga solib
qo‟yganligini aytdi va sudga murojaat etdi.
Sudda ushbu masala qanday hal etiladi?