78
uchastkalari, agentliklari) ma‟lum tizimga ega bo‟lgan, muayyan tarzda
tashkil etilgan bo‟lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa)
ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari bo‟lgani tufayli yuridik
shaxs bo‟la olmaydi.
Mulkiy mustaqillik belgisi – yuridik shaxsga ma‟lum bir mol-mulkni
mulk (xo‟jalik yuritish, operativ boshqaruv) huquqi
asosida tegishliligini
bildiradi. Ya‟ni FKning 39-moddasidagi yuridik shaxs ta‟rifidan kelib
chiqadigan bo‟lsak, “o‟z mulkida, xo‟jalik yuritishida yoki operativ
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‟lgan”dagina, tashkilot yuridik
shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulki ularning balans yoki
smetasida hisobda turadi va FKning 39-moddasi talablariga muvofiq har
qanday tashkilotda balans yoki smeta mustaqil bo‟lishi lozim. Davlat
tashkilotlari davlatga qarashli mulkka nisbatan to‟la xo‟jalik yuritish yoki
operativ boshqarish huquqigagina egadirlar. Xo‟jalik
jamiyatlari va
shirkatlari, jamoat tashkilotlari, ularning birlashmalari o‟zlariga mulk
huquqi asosida tegishli bo‟lgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega
bo‟lmagan yoki mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va shu sababli
boshqa shaxslar bilan xo‟jalik munosabatlarida bo‟la olmaydigan
tashkilotlar fuqarolik huquqining subyekti bo‟lib hisoblanmaydi.
Mustaqil mulkiy javobgarlik – yuridik shaxs o‟z majburiyatlari
yuzasidan o‟ziga tegishli bo‟lgan (davlat
tashkiloti esa, o‟ziga biriktirib
qo‟yilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat
tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo‟lmaydi, bu
tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar
bo‟lmaydilar. Davlat budjetida turadigan tashkilotlarning qarzini qoplash,
mablag‟ berish shartlari va tartibi O‟zbekiston Respublikasi qonunlari
bilan belgilanadi.
Yuridik shaxsning yuqori organi o‟ziga qarashli yuridik shaxs
hisoblangan tashkilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar bo‟lmaydi.
Ammo yuridik
shaxsning yuqori organi
o‟ziga bo‟ysunadigan
tashkilotning qarzlari uchun qonunda yoki ta‟sis hujjatida nazarda tutilgan
hollarda javobgar bo‟lishi mumkin. Quyi tashkilotlar ham o‟zlarining
yuqori tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‟lmaydi. Yuridik
shaxslar o‟z majburiyatlari bo‟yicha o‟zlariga qarashli butun mol-mulki
bilan javob beradi. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo‟lmaganida
davlat uning majburiyatlari bo‟yicha subsidiar (qo‟shimcha) javobgar
bo‟ladi. Yuridik shaxsning bankrotligi uning mulkdori yoki ta‟sischining
g‟ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan bo‟lsa, yuridik shaxsning
79
mol-mulki yetarli bo‟lmaganda, uning mulkdori (yoki ta‟sischisi)
zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Fuqarolik muomalasida o‟z nomidan harakat qilishi – yuridik shaxs
hisoblangan tashkilot o‟z nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib,
turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy xarakterda bo‟lmagan
huquqlarga ega bo‟la olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi,
demakdir.
Yuridik shaxs sudda, xo‟jalik sudida yoki hakamlik sudida
mustaqil ravishda da‟vogar va javobgar bo‟la oladi.
Yuridik shaxsni yuqoridagi belgilaridan tashqari uni individual belgilari
(firma nomi, tovar (xizmat) belgisi) ham mavjud.
Yuridik shaxs vujudga kelishi va rivojlanishi bilan birga, uning
mohiyatini o‟zida ifoda etuvchi bir qator qarashlar, nazariyalari mavjud,
ular zamonaviy yuridik shaxs tushunchasining vujudga kelishi va
mohiyatini ifodalashda muhim o‟rin egalladi.
Bunday nazariyalarga
fikstiya nazariyasi, ijtimoiy voqelik nazariyasi, mavjud holat nazariyasi,
tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma‟muriyat nazariyasi,
direktor
nazariyasi, jamoa nazariyasi, jamoa mulki nazariyasi va boshqalardir.