86
(yordamchi yoki boshqa maqsadlar bundan mustasno) foyda olish
bo‟lmaydi, xolos.
Tijoratchi bo‟lgan yuridik shaxslar
jumlasiga xususiy korxonalar,
oilaviy korxonalar, xo‟jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish
kooperativlari hamda unitar korxonalar kiradi.
Tijoratchi
bo‟lmagan
yuridik
shaxslar
jumlasiga
matlubot
kooperativlari,
jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va mulkdorlar
tomonidan moliyaviy ta‟minlab turiladigan muassasalar kiradi. Tijoratchi
bo‟lmagan tashkilotlar o‟z ustavida belgilangan maqsadlarga mos
keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‟ullana oladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqiy
maqomi umumiy asoslarda
O‟zbekiston
Respublikasining
“Nodavlat
notijorat
tashkilotlar
to‟g‟risida”gi Qonunida o‟z aksini topgan.
FKning
77-moddasiga
ko‟ra
yuridik
shaxslar
o‟zlarining
faoliyatlarini muvofiqlashtirish,
shuningdek, mushtarak manfaatlarini
ifoda etish hamda himoya etish maqsadida uyushmalar (ittifoq)
shaklida
birlashmalar tuzishlari mumkin. Uyushma yuridik shaxs hisoblanib, uning
a‟zolari o‟z mustaqilligini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
Uyushma o‟z a‟zolarining majburiyatlari bo‟yicha uyushmaning ta‟sis
hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar
bo‟ladi.
Fuqarolarning o‟zini o‟zi boshqarish organlari ham yuridik shaxs
huquqlaridan foydalangan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
qatnashadi (FK, 78-modda). Mazkur tashkilot
kvaziyuridik shaxs
hisoblanadi. Chunki unda ham yuridik shaxs ham ommaviy huquq
subyekti (boshqaruv) belgilari mavjud.
Umuman, yuridik shaxslar o‟z faoliyatlarida Fuqarolik kodeksi
normalariga, soha qonunlariga, shuningdek, ustavlari va boshqa ta‟sis
hujjatlariga asoslangan holda ish olib boradilar.