Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

2. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining 
asosi bo‟ladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FK, 8-modda, 2-band).
Umumiy qoidaga ko‟ra, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda har bir 
subyekt o‟zining nomidan harakat qilishi lozim. Bu qoida fuqarolarga 
(fuqarolik muomala layoqati) ham, yuridik shaxslarga (yuridik 
shaxslarning huquqiy belgilaridan biri 
– bu fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarda o‟z nomidan ishtirok etishi) ham taalluqlidir. Davlat ham 
fuqarolik muomalasida o‟z nomidan qatnashadi. “Davlat” tushunchasi 
mavhum hisoblanganligi uchun ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda 
davlat nomidan uning organlari ishtirok etishi zarur. Chunki keyinchalik 
yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan javobgarlikni belgilashda bu 
holat muhim hisoblanadi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan ishtirok etishi 
mumkin bo‟lgan subyektlar doirasi FKning 79-moddasi 2-qismida 
belgilangan. Unga ko‟ra, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa maxsus 
organlar ishtirok etadilar. Aynan qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, 


90 
qaysi davlat organining ishtirok etishi shu organning funksiyasi, tuzilish 
maqsadi va faoliyat doirasidan kelib chiqib belgilanadi.
Har qanday davlat organi tomonidan chiqarilgan normativ xarakterga 
ega bo‟lmagan hujjatlar ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarni vujudga 
keltirishi mumkin.
Masalan, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari ham majburiy 
tusdagi hujjatlar qabul qiladi. Bunda ular O‟zbekiston Respublikasi 
nomidan harakat qiladi va bu hujjatlar fuqarolik huquq va burchlarini 
vujudga keltirish, o‟zgartirish yoki bekor qilishga asos bo‟lishi mumkin.
FPKning 16-moddasiga asosan sudning qonuniy kuchga kirgan hal 
qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug‟i barcha davlat organlari, tashkilotlar, 
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‟lib, O‟zbekiston 
Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.

3. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya‟ni davlat mol-mulkidan haq 
undirishga davlat organlari rozi bo‟lgandagina yo‟l qo‟yiladi.
Fuqarolik-huquqiy 
munosabatlardagi 
davlat 
immuniteti 
bu 
davlatning o‟z vakolatlarini o‟zi qabul qilgan qonun hujjatlari asosida 
amalga oshirishi, bunda fuqarolik-huquqiy munosabatdagi davlatning 
huquq va majburiyatlari faqatgina shu davlatning qonun hujjatlariga 
muvofiq belgilanishidir. Davlat immunitet sohibi sifatida fuqarolik-
huquqiy munosabatlarning qaysi turida ishtirok etishini ham faqat o‟zi 
belgilaydi. 
Masalan, FKning 457-moddasida davlat o‟z ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib 
berish shartnomasida taraf sifatida ishtirok etishi belgilangan.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda immunitet davlatga nisbatan 
shunday holatni yuzaga keltiradiki, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda 
ishtirok etib, o‟z majburiyatlarini bajarmagan davlat faqat o‟z milliy qonun 
hujjatlari 
asosida 
javobgarlikka 
tortiladi. 
Fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarda davlatga nisbatan vakolatlarni amalga oshirmaslik va 
hokimiyat vakolatlaridan foydalanmaslik talabi belgilangan bo‟lsa-da, 
davlatning bu belgilari u bilan chambarchas bog‟liqligi sababli fuqarolik-
huquqiy munosabatlarga ham ta‟sir etadi. Aynan shu holatlar “immunitet” 
atamasining mohiyatini tashkil etadi.
Eng muhimi, davlat o‟z immunitetidan voz kechmasligi kerak. Aks 
holda, uning suverenitetiga putur yetadi, O‟zbekiston Respublikasining 
xalqaro tashkilotlarga a‟zoligi unga to‟sqinlik qilmaydi.

Download 2,02 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish