98
4. Respublikadagi viloyatlardan birining
hokimi viloyat hududida
joylashgan 30 ga yerni qazish va qazilma boyliklarini qayta ishlash
maqsadida xorijiy kompaniyaga 50/50 shartnoma asosida topshirdi. Biroq
huquqni muhofaza qiluvchi organ ushbu shartnomani noqonuniy ekani,
viloyat hokimi yer berishga haqli emasligini aytib, shartnoma bajarilishiga
to‟sqinlik qildi. Viloyat hokimi esa, viloyat hududidagi yerga egalik qilish
va undan foydalanish huquqi mavjudligini hamda o‟z harakatlari qonuniy
ekanini bildirdi.
Ushbu holat yuzasidan sizning fikringiz?
99
7-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI
Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va tasniflanishi. Fuqarolik
huquqi obyektlarining turlari a) moddiy ne‟matlar b) nomoddiy ne‟matlar.
Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va tasniflanishi
Fuqarolik huquqining
obyekti huquq subyektlarining harakatlari
qaratilgan moddiy va nomoddiy ne‟matlardir.
Faqatgina qonunchilik
obyekt ustida o„rnatiladigan huquq va majburiyatlar, harakatlar qonun
hujjatlari va axloq normalari asosida amalga oshirilishini talab etadi.
Xususan, xavfsizlikni ta‟minlash, insonlarning hayoti va sog„lig„ini
himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni
muhofaza qilish yuzasidan
ba‟zan fuqarolik huquqi obyektlarining muomalada bo„lishi cheklanishi
mumkin.
Bozor munosabatlari sharoitida fuqarolik huquqi obyektlari doirasi
kengaydi. Masalan, obyekt sifatida xususiy mulk, qimmatli qog„ozlar keng
muomalaga
kirib keldi, intellektual mulkning yangidan-yangi obyektlari
(integral mikrosxemalar topologiyalari, nou-xaular)
vujudga keldi, ishlar
va xizmatlar doirasi kengaydi, tijorat siri mustaхkamlandi.
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, mol-mulklar, mulkiy
huquqlar, pullar va qimmatli qog„ozlar, ishlar va xizmatlar,
intellektual
faoliyat natijalari, shaxsiy-nomulkiy huquqlar kiradi (FK 81-modda).
Fuqarolik huquqi obyektlarini ikki turga, ya‟ni moddiy (ashyoviy) va
nomoddiy (noashyoviy) ne‟matlarga bo„lish mumkin.
Ashyo o„zining iqtisodiy tayinlanishiga,
jismiy va boshqa
xususiyatlariga ko„ra quyidagicha tasniflanadi: