• Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar
  • Asosiy va mansub ashyolar
  • Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar. Bo„lish natijasida har 
    qaysi qismi butunning xossalarini o„zida saqlab qoladigan va shu bilan 
    birga o„zining xo„jalik (maqsadli) ahamiyatini yo„qotmaydigan ashyo – 
    bo„linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir 
    bidon paxta yog„i kabi.
    Bo„linmaydigan ashyolar bo„lish natijasida qismlari dastlabki ashyo 
    (butun)ning xossalarini yo„qotadigan, uning xo„jalik (maqsadli) 
    ahamiyatini o„zgartiradigan ashyo bo„linmaydigan ashyo hisoblanadi (FK, 
    88-modda). Bo„linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televizor kabilar 
    kiradi. 
    Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar (FK, 89-
    modda). Iste‟mol qilinadigan ashyolar bir marta foydalanish natijasida 
    butunlay yo„qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda o„zgaradigan narsa 
    (masalan, oziq-ovqat, xom ashyo kabi)lardir.
    Iste‟mol qilinmaydigan ashyolar birmuncha uzoq vaqt davomida 
    o„zining sifatini saqlaydigan narsalardir. Bunday ashyolar, odatda, qayta-
    qayta foydalanishga mo„ljallangan bo„ladi. Qayta-qayta foydalanish 
    davomida iste‟mol qilinmaydigan ashyolarning yemirilishi ham (binolar, 
    uskunalar, transport vositalari) asta-sekin kechadi.
    Asosiy va mansub ashyolar. Mansub ashyo asosiy ashyoga xizmat 
    qilishga tayinlangan va umumiy xo„jalik maqsadi jihatidan u bilan bog„liq 
    bo„lgan ashyodir. Masalan, asosiy ashyo qulf bo„lsa, unga mansub ashyo 
    kalitdir. 
    Mansub ashyo, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib 
    belgilab qo„yilmagan bo„lsa, asosiy ashyoning taqdiriga bog„liq bo„ladi. 


    103 
    Masalan, asosiy ashyo birovning egaligiga yoki vaqtincha foydalanishiga 
    o„tsa, mansub ashyo ham u bilan birga o„tadi. Ammo qonun yoki 
    shartnomada boshqacha hollar ham belgilanishi mumkin, ya‟ni asosiy 
    ashyo birovga o„tkazilganda, mansub ashyoning qoldirilishi to„g„risida 
    alohida kelishuv ham bo„lishi mumkin. 
    Mansub ashyodan uning tarkibiy qismini ajratish kerak. Ashyodan 
    uni zararlantirmay va qiymatini jiddiy ravishda tushirmay ajratilishi 
    mumkin bo„lmagan har narsa ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
    Masalan, velosipedning nasosi mansub ashyo bo„lsa, avtomashinaning 
    radiatori ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish