• Fuqarolik huquqining obyektlari moddiy ne‟matlar nomoddiy ne‟matlar
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
     
     
     
     
     
     
     
    2. Fuqarolik huquqi obyektlarining turlari: 
    a) moddiy ne‟matlar 
     
    Mol-mulk – fuqarolik huquqining obyekti sifatida. Fuqarolik-
    huquqiy munosabatlarning obyekti bo„lib ko„ringan mulk tushunchasi 
    to„g„risida to„xtalib, shuni aytish kerakki, ba‟zi hollarda ashyo, narsalar 
    mulk deb atalsa ham mol-mulk atamasining ma‟nosi birmuncha keng 
    bo„lishini bilamiz. 
    Mol-mulk muayyan shaxsga (fuqaro yoki yuridik shaxsga) egalik 
    huquqi bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig„indisidir. 
    Demak, mol-mulk bu munosabatdir (bu haqda mulk huquqi va boshqa 
    ashyoviy huquqlar mavzusida yanada batafsil to„xtaymiz). 
    FKning 83-moddasida mol-mulk turlari ko„rsatilgan. Unga asosan 
    mol-mulk ko„chmas va ko„char mulkka bo„linadi. 
    Qonunchilikdagi o„zgarishlarga ko„ra, ko„chmas mulklarning doirasi 
    kengaytirilib, ular jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, 
    inshootlar, ko„p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog„langan boshqa 
    mol-mulk, ya‟ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan 
    holda joyini o„zgartirish mumkin bo„lmaydigan obyektlar kiritildi. 
    Ko„chmas mol-mulk bilan bog„liq huquqlarni olish yoki 
    begonalashtirish FKning 84-moddasida belgilangan tartibda davlat 
    ro„yxatidan o„tkazish orqali amalga oshiriladi. FKning 83-moddasi
    3-qismida qonunda boshqa mol-mulk ham ko„chmas mol-mulk qatoriga 
    kiritilishi mumkinligi belgilangan. Ta‟kidlanganidek, ko„chmas mulk bilan 
    Fuqarolik huquqining obyektlari 
    moddiy ne‟matlar 
    nomoddiy ne‟matlar 


    105 
    bog„liq asosiy xususiyat shundaki, u yer bilan bog„liq bo„lib, bir joydan 
    ikkinchi joyga ko„chirish natijasida o„z xususiyatini yo„qotadi. 
    Vazifasiga va tayinlanish maqsadiga zarar yetkazmagan holda bir 
    joydan ikkinchi joyga ko„chirilishi mumkin bo„lgan mol-mulk ko„char 
    mulk jumlasiga kiradi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari 
    ko„char mulkka bo„lgan huquqlarni davlat ro„yxatidan o„tkazish talab 
    etilmaydi. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish