Murakkab ashyolar. Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati
bilan belgilanadigan vazifasi bo„yicha foydalanish imkonini beradigan
yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo, ya‟ni murakkab ashyo
hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada
boshqacha tartib belgilab qo„yilgan bo„lmasa, uning tarkibiy qismlariga
taalluqli bo„ladi.
Hosil va daromad beradigan ashyolar tufayli hosil va
daromadlardan foydalanish va ularni tasarruf etish to„g„risidagi ishni hal
etish masalasi qo„yilishi mumkin. Ashyoning hosil va daromadlari
to„g„risida Fuqarolik kodeksining ba‟zi moddalarida ko„rsatma beriladi.
Jumladan,
FKning
230-moddasida
mulkni
birovning
qonunsiz
egallashidan talab qilib olishda daromad va xarajatlarning to„lanishi
aytiladi.
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonunda yoki
shartnomada boshqacha tartib belgilab qo„yilgan bo„lsa, ashyo egasiga
tegishlidir.
Jonli va jonsiz ashyolar. Bunday ashyolar o„zida tiriklik alomatlari
mavjudligi nuqtai nazaridan farqlanadi. Fuqarolik muomalasida jonli zotlar
– kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo„lgan organizmlar – sut
emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, quruqlikda ham,
suvda ham yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning
populyatsiyalari ashyo sifatida namoyon bo„ladi.
Qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo„lmasa, mol-mulk
to„g„risidagi umumiy qoidalar hayvonlarga nisbatan ham qo„llaniladi.
Masalan, FKning 169-moddasida nazarda tutilgan mulk huquqi obyektlari
tarkibiga hayvonlar ham kiritilgan.
Huquqlarni amalga oshirish chog„ida hayvonlar bilan shafqatsiz
munosabatda bo„lishga yo„l qo„yilmaydi.
104
Ularga nisbatan mulkiy huquqlar bilan bog„liq barcha qoidalar
qo„llaniladi. Hayvonlar bilan bog„liq ko„plab shartnomalar tuziladi.
Odatda, eng ko„p tuziladigan shartnoma bu oldi-sotdi shartnomasi
hisoblanadi. Xonakilashtirilgan hayvonlardan tashqari barcha hayvonot
dunyosi ommaviy mulk sanaladi va u davlat muhofazasida bo„ladi.