76
2. Ma‟lumki, fuqarolarning muomala layoqatini legal va doktrinal
tasniflash mumkin. Bunday turkumlash mezonlari nimalardan iborat?
3. Fuqaro Axatov va Soliyevalar nikoh yoshiga to‟lmasdan
turib
nikoh qurishadilar. Ular uch oy yashamasdan o‟zaro kelishmovchiliklar
tufayli ajrashib ketadilar. Axatov yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‟ullanish uchun ruhsatnoma olgani Tadbirkorlarni ro‟yhatga
olish davlat idorasiga murojaat qilganida, unga to‟la
muomala layoqatiga
ega bo‟lmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‟ullanish mumkin
emasligini aytadi.
Davlat idorasining harakatlari to‟g‟rimi? Emansipatsiya deganda
nimani tushunasiz?
4. Numonovning otasi 2003 yilda 6 yil muddatga ozodlikdan
mahrum qilinadi. Numonovga vasiy
qilib tayinlangan Rashidov
Numonovni o‟zining uyiga olib ketib, otasining
uyini sotish uchun kim
oshdi savdosiga qo‟yadi. Keyinchalik mazkur uyning pulidan o‟ziga ikkita
xususiy magazin qurib oladi. 2009 yilda qabul qilingan Amnistiya akti
tufayli Numonovning otasi jazodan ozod qilinadi va o‟g‟lining vasiydan
uyini talab qilganida Rashidov pulni ishlatib yuborganligini ma‟lum
qiladi?
Numonovning fikrlari asoslimi? Kimlar vasiy bo‟la olmaydilar?
Vasiylik kimlarga nisbatan belgilanadi?
77
5-MAVZU. YURIDIK SHAXSLAR
Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari.
Yuridik shaxsning huquq
layoqati va muomala layoqati. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va
bekor bo‟lishi. Yuridik shaxslarning turlariga umumiy tavsif.