Fuqarolik huquqlarini himoya qilish




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Fuqarolik huquqlarini himoya qilish 
 
Odatda normal fuqarolik muomalasi nafaqat fuqarolik-huquqiy 
munosabat subyektlarining subyektiv huquqlarini amalga oshirish balki, 
ularni ishonchli himoyasi orqali ham namoyon bo‟ladi. Fuqarolik 


56 
huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish faqatgina huquqiy choralarni 
qo‟llash bilan cheklanmaydi. Uning uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga 
yo‟naltirilgan siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa xarakterdagi choralar 
ham mavjud.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish fuqarolik huquqi nazariyasining 
asosiy kategoriyalaridan biri sanaladi.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish qonunda belgilangan doirada 
ya‟ni himoyaning ma‟lum bir shakl, usul va vositalarini qo‟llagan holda 
amalga oshiriladi. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish shakli deganda, 
fuqarolik huquqlar hamda qonuniy manfaatlarni himoya qilishdagi 
tashkiliy chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Fuqarolik huquqlarini 
himoya qilishning ikki – yurisdiksiyaviy (sud orqali) va noyurisdiksiyaviy 
(sudsiz) shakllari mavjud.
Himoyaning yurisdiksiyaviy shakli buzilgan yoki nizoli huquqlarni 
himoya qilishda vakolatli davlat organlarining faoliyatida namoyon 
bo‟ladi. Uning mohiyati shundaki, huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan 
shaxs o‟z huquqlarini tiklash uchun vakolatli davlat organiga murojaat 
etadi.
Asosan buzilgan fuqarolik huquqlari protsessual qonunlarda yoki 
shartnomada belgilab qo‟yilganidek, ishlar qaysi sudlovga taalluqli 
bo‟lishiga qarab, sud, xo‟jalik sudi yoki hakamlik sudi tomonidan himoya 
qilinadi. Zero O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‟ninchi 
bobida ko‟rsatilishicha, “davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda 
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta‟minlaydi. Har bir shaxsga 
o‟z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va 
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‟ayriqonuniy xatti-
harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”.
Yurisdiksiyaviy shakl o‟z navbatida buzilgan huquqlarni himoya 
qilishning umumiy va maxsus tartiblariga ega. Umumiy qoidaga ko‟ra 
fuqarolik huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sud tartibida 
amalga oshiriladi. Fuqarolik-huquqiy nizolarning asosiy qismi fuqarolik 
sudlariga to‟g‟ri keladi. FPKning 31-moddasiga muvofiq fuqarolik 
sudlarga taraflardan hech bo‟lmaganda bittasi fuqaro bo‟lgan nizolarga 
doir ishlar (qonunda bunday nizolarni hal qilish xo‟jalik sudi yoki boshqa 
organlarga topshirilgan hollar bundan mustasno) FPKning 279-moddasida 
sanab o‟tilgan alohida tartibda ko‟riladigan yuridik ahamiyatga ega 
bo‟lgan faktlarni aniqlash to‟g‟risidagi ishlar, fuqaroni bedarak yo‟qolgan 
deb topish va fuqaroni o‟lgan deb e‟lon qilish to‟g‟risidagi ishlar, fuqaroni 
muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish 


57 
to‟g‟risidagi ishlar, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‟g‟risidagi 
ishlar, taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‟qolgan taqdirda, ular 
bo‟yicha huquqlarni tiklash to‟g‟risidagi ishlar (chaqirib ish yuritish) 
hamda qonun bilan sudlarning vakolatiga berilgan boshqa ishlar taalluqli 
bo‟ladi.
Xo‟jalik sudlari tomonidan XPKning 23-moddasi talablariga 
muvofiq, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar fuqaroviy, ma‟muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan 
kelib chiqadigan nizolarga doir, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning 
huquqlari vujudga kelishi, o‟zgarishi yoki bekor bo‟lishi uchun 
ahamiyatga ega bo‟lgan faktlarni aniqlash, bankrotlik va boshqa ishlar 
ko‟riladi.
O‟zaro bog‟liq bo‟lib, ba‟zilari xo‟jalik sudiga, boshqalari esa 
umumiy yurisdiksiya sudiga taalluqli bo‟lgan bir necha talab 
birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar umumiy yurisdiksiya sudida 
ko‟rilishi kerak.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu 
jumladan tadbirkorlik subyektlari o‟rtasida vujudga keluvchi xo‟jalik 
nizolarini hal etishda agar taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish 
uchun topshirish haqidagi kelishuvi – hakamlik bitimi mavjud bo‟lsa 
nodavlat organ hisoblangan hakamlik sudlari ishni ko‟rib hal qiladi.
Sud himoyasining asosiy vositasi da‟vo hisoblanadi. Da‟vo deb 
huquqni yoki qonun bilan qo‟riqlanadigan manfaatning himoya qilinishi 
to‟g‟risida sudga yoki boshqa vakolatli tashkilotga murojaat etishga 
aytiladi. Ba‟zi bir holatlarda sud himoyasining vositasi ariza va shikoyatlar 
ham hisoblanadi.
Fuqarolik huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning 
maxsus tartibi ma‟muriy tartibdagi himoya hisoblanadi. Bu umumiy 
qoidadan istisno sifatida ya‟ni qonunda bevosita ko‟rsatilgan hollardagina 
qo‟llaniladi. Ma‟muriy tartibdagi fuqarolik huquqlari va qonuniy 
manfaatlarni himoya qilishning vositasi bu shikoyatdir. U huquqi buzilgan 
shaxs tomonidan tegishli vakolatli davlat organiga beriladi. Ba‟zi bir 
holatlarda qonunga muvofiq holda aralash ya‟ni ma‟muriy – sud 
tartibidagi himoya usullari ham qo‟llaniladi. Bunda sudga da‟vo bilan 
chiqishdan oldin huquqi buzilgan shaxs sudga shikoyat bilan murojaat 
qilishdan oldin davlat boshqaruv organiga chiqishi lozim bo‟ladi. Bularga 
patent bilan bog‟liq nizolar, boshqaruv doirasidagi huquqbuzarliklarni hal 
qilish kabilar kiradi.


58 
Fuqarolik huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning 
noyuridik shakli davlat va boshqa vakolatli organga murojaat etmasdan 
huquqi buzilgan shaxsning o‟zi mustaqil, o‟z xohishi bilan harakat qilishi 
tushuniladi.
Biroq bunda himoya ma‟lum shartlar asosida amalga oshirilmog‟i 
lozim. Ular FKning 13-moddasida nazarda tutilgan. Unga asosan 
shaxsning o‟zi tomonidan fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari 
huquqni buzish darajasi bilan baravar bo‟lishi hamda huquqni buzishga 
yo‟l qo‟yish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi lozim. 
Masalan, iste‟molchi o‟ziga sotilgan nuqsonli tovarni ushlab qolib, 
yetkazilgan zarar va neustoyka to‟lanmaguncha qaytarib bermaslikka 
haqli
1
.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari deganda qonun 
tomonidan mustahkamlangan majburiy tusdagi moddiy-huquqiy choralar 
tushuniladi. Ushbu choralar yordamida buzilgan (nizolashayotgan) 
huquqlarni tiklash va huquqbuzarga muayyan ta‟sir o‟tkazish amalga 
oshiriladi. 
Ularning 
umumiy 
ro‟yxati 
FKning 
11-moddasida 
mustahkamlab qo‟yilgan. Ular quyidagilardan iborat: 
1) huquqni tan olish (masalan, asarning, birov tomonidan 
o‟zlashtirilib nashr etilgani to‟g‟risida nizo bo‟lgani holda, shu asarga 
nisbatan mualliflikni tan olish); 
2) huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan 
yoki uning buzilishi xavfini tug‟diradigan harakatlarning oldini olish 
(masalan, mulk egasi o‟z mulkidan foydalanish huquqining har qanday 
ravishda buzilishini bartaraf etish va kelgusida mulkdan foydalanishda 
xalaqit bermaslik majburiyatini huquqni buzuvchi shaxsga yuklash); 
3) bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi 
oqibatlarini qo‟llash (FKning 116-125-moddalari talabiga asosan, bitim 
haqiqiy emas deb topiladi. Haqiqiy bo‟lmagan bitim uning haqiqiy 
emasligi bilan bog‟liq bo‟lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik 
oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir. 
Bitim haqiqiy bo‟lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim 
bo‟yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha 
(shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki 
ko‟rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin 
bo‟lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari 
qonunda nazarda tutilgan bo‟lmasa, uning qiymatini pul bilan to‟lashi 
shart); 
1
Бобоев Ж.И. Право потребителей и их защита по законодательству Республики Узбекистан.//Ўзбекистонда 
ижтимоий фанлар,. 2003. № 3. -20-29 б. 


59 
4) davlat organining yoki fuqarolarning o‟zini o‟zi boshqarish 
organining hujjatini haqiqiy emas deb topish (Bu himoya usuli fuqarolik 
qonun hujjatlariga yangi kiritilgan usullardan biri bo‟lib hisoblanadi. 
Fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzadigan, fuqaroning o‟z 
huquqlari va erkinliklarini ro‟yobga chiqarishiga monelik tug‟diradigan 
hamda fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat 
yuklatilishiga sabab bo‟lgan turli hujjatlari (qarorlari) shikoyat bilan sudga 
murojaat qilish huquqini vujudga keltiradi. Bunday hujjatlarni haqiqiy 
emas deb topish sud tartibida amalga oshiriladi); 
5) shaxsning o‟z huquqlarini o‟zi himoya qilishi (mazkur usul 
noyurisdiksiyaviy usul hisoblanib, o‟z huquqini himoya qilayotgan 
shaxsdan himoyaviy chora-tadbirlarni qonun talablariga muvofiq amalga 
oshirishni talab etadi. Bu holatda oxirgi zarurat va zaruriy mudofaa 
chegaralaridan chetga chiqmaslik, uchinchi shaxslarning huquq va 
manfaatlariga putur yetkazmaslik shart, ya‟ni FKning 13-moddasi 
talablariga muvofiq, fuqarolik huquqlarini shaxsning o‟zi himoya qilish 
usullari huquqni buzishga mutanosib bo‟lishi hamda huquq buzilishining 
oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak); 
6) burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish (masalan, 
sotilgan ashyo sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilmaganida 
uning oluvchisiga majburiy tarzda olib berish); 
7) zararni to‟lash (shaxs huquqi buzilganligi tufayli ko‟rgan zararini 
to‟la qoplanishini talab qilishi qonun bilan kafolatlanadi. Zararlarni 
qoplash buzilgan huquq va manfaatlarni uni buzishda aybdor bo‟lgan 
shaxs hisobiga tiklashdir. Majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada 
bajarilmagan hollarda kreditorga yetkazilgan zararni to‟lash majburiy 
hisoblanadi); 
8) neustoyka undirish (neustoyka (jarima va penya) majburiyatlarni 
o‟z vaqtida, lozim darajada bajarilishini ta‟minlaydigan muhim usullardan 
biridir. U qonunda yoki shartnomada oldindan belgilangan taraflarga 
ma‟lum bo‟lgan va majburiyatlar bajarilmay qolganda to‟lanishi lozim 
bo‟lgan huquqiy chora sifatida namoyon bo‟ladi); 
9) ma‟naviy ziyonni qoplash (huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) 
oqibatida jabrlanuvchining boshidan kechirgan ma‟naviy va jismoniy 
(kamsitish, jismoniy og‟riq, zarar ko‟rish, noqulaylik va boshqa) azoblar 
ma‟naviy ziyon hisoblanib, bu azoblarning xususiyati ziyon yetkazilgan 
haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan 
holda sud tomonidan baholanadi hamda pul bilan qoplanadi); 
10) huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‟zgartirish; 


60 
11) davlat organining yoki fuqarolarning o‟zini o‟zi boshqarish 
organining qonunga zid hujjatini sudning qo‟llamasligi; 
12) qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar.
Shaxs o‟z buzilgan huquqi yoki qonun bilan qo‟riqlanadigan 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida vakolatli organga murojaat 
qilganda yuqoridagi usullardan biri yoki bir nechasini qo‟llashni so‟rab 
murojaat etadi.

Download 2,02 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish