Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining 
bajarilishi. 
Fuqarolik huquqining subyektlari o„zlarining huquqiy maqomidan 
kelib chiqib, xilma xil fuqarolik huquqlarini olish, ro„yobga chiqarish 
imkoniyatlariga egadirlar. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish tartibi 
FKning 9-moddasida belgilab qo„yilgan. Unga ko„ra fuqarolar va yuridik 
shaxslar fuqarolik huquqlarini o„z xohishlariga ko„ra o„z erki irodasi bilan 
o„z manfaatlarini ko„zlab qo„lga kiritadilar hamda amalga oshiradilar. Ular 
o„zlariga tegishli fuqarolik huquqlarini shu jumladan, bunday fuqarolik 
huquqlarini himoya qilishni ham o„z xohishlariga ko„ra belgilaydilar, 
tasarruf etadilar. Bunda ular bu huquqlarni amalga oshirish yoki amalga 
oshirmaslikni o„z xohishlariga ko„ra hal etadilar. Ularni o„z huquqlarini 
amalga oshirishdan voz kechishi agar qonunda boshqacha holat 
belgilanmagan bo„lsa, huquqlarni kelgusida bekor bo„lishiga olib 
kelmaydi. Bir subyekt tomonidan o„z huquqlarini amalga oshirishi boshqa 
shaxslarni huquqlarini hamda qonun bilan qo„riqlanadigan manfaatlarini 
buzmasligi lozim.
Qonun fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilarini insofli, oqilona 
va adolat bilan harakat qilishini nazarda tutadi. Buning ma‟nosi shundan 
iboratki, toki aksi isbotlanmaguncha subyekt insofli, oqilona va adolat 
bilan harakat qilgan deb hisoblanadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar o„z huquqlarini ro„yobga chiqarishda 
jamiyatning ma‟naviy tamoyillari, ahloqiy normalarni hurmat qilishlari, 
tadbirkorlar esa ish odobi, ish muomalasi qoidalariga rioya qilishlari shart. 
Ular o„z huquqlarini amalga oshirishda boshqalarga zarar yetkazmasliklari, 
huquqlarni suiiste‟mol qilmasliklari, ulardan qonun hujjatlariga, huquqni 
mohiyatiga zid ravishda foydalanmasliklari shart.


54 
Fuqarolar va yuridik shaxslar o„z huquqlarini amalga oshirishda 
yuqorida ko„rsatilgan talablarga, shartlarga rioya etmasalar sud ularga 
tegishli huquqni himoya qilishni rad etishga haqli. 
Subyektiv fuqarolik huquqini real amalga oshirishni namoyon bo„lish 
holatlaridan biri bo„lib zimmasiga majburiyat yuklangan shaxsni agarda u 
majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarmasa, majburiyatni bajarishga majbur 
qilish hisoblanadi. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari FKning 
11-moddasi mustahkamlab qo„yilgan bo„lib quyidagilardan iboratdir: 
huquqni tan olish; 
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki 
uning buzilishi xavfini tug„diradigan harakatlarning oldini olish; 
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi 
oqibatlarini qo„llash; 
davlat organining yoki fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish 
organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; 
shaxsning o„z huquqini o„zi himoya qilishi; 
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; 
zararni to„lash; 
neustoyka undirish; 
ma‟naviy ziyonni qoplash; 
huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o„zgartirish; 
davlat organining yoki fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish 
organining qonunga zid hujjatini sudning qo„llamasligi. 
Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar 
bilan ham himoya qilinishi mumkin. Masalan, intellektual mulk huquqini 
himoya qilishning maxsus usullari FKning 1040-moddasida belgilangan 
bo„lib, mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan 
bo„lsa, o„sha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida 
yaratilgan moddiy obyektlarni olib qo„yish orqali yoki yo„l qo„yilgan 
buzish haqidagi ma‟lumotni majburiy suratda e‟lon qilib, unga buzilgan 
huquq kimga tegishliligi to„g„risidagi ma‟lumotlarni kiritish orqali ham 
himoya qilish mumkin. 
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish tartibi ham o„z mohiyatiga ko„ra 
umumiy va maxsus tartibga bo„linadi. Fuqarolik huquqlarini himoya 
qilishning umumiy tartibi umumyurisdiksiya sudlari va xo„jalik sudi orqali 
himoya qilish asosida shuningdek, fuqaroning o„z huquqlarini o„zi himoya 
qilishdan iborat bo„ladi. Fuqarolik kodeksining 10-moddasiga asosan
fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab 
qo„yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo„lishiga qarab, sud, xo„jalik 


55 
sudi yoki hakamlik sudi (bundan keyin – sud) tomonidan himoya qilinadi. 
Qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqlari ma‟muriy 
tartibda himoya qilinadi. Ma‟muriy tartibda qabul qilingan qaror ustidan 
sudga shikoyat qilish mumkin. 
Fuqarolik huquqining subyektlari o„zlari tomonidan ham fuqarolik 
huquqlarini himoya qilishlari mumkin. Biroq, bunda himoya muayyan 
shartlar asosida amalga oshirilishi qonunda belgilab qo„yilgan. FKning 13-
moddasiga ko„ra fuqarolik huquqlarini shaxsning o„zi himoya qilishiga 
yo„l qo„yiladi. Fuqarolik huquqlarini shaxsning o„zi himoya qilish usullari 
huquqni buzishga mutanosib bo„lishi hamda huquq buzilishining oldini 
olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak. Masalan, 
FKning 290-moddasiga ko„ra qarzdorga yoki qarzdor ko„rsatgan shaxsga 
topshirilishi lozim bo„lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo 
haqini yoki u bilan bog„liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to„lash 
majburiyatlari qapzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni 
tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli. 
Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning maxsus tartibi faqat qonun 
yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlarda maxsus ko„rsatma bo„lgan 
taqdirdagina qo„llanilishi mumkin. Masalan, mualliflik huquqlarini 
jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan huquqlarni amalga 
oshirilishi va himoya qilinishi. Bojxona kodeksining 382-moddasiga ko„ra 
bojxona organlari o„z vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga 
bo„lgan huquqlarni himoya qilish choralarini ko„radi. Bojxona hududiga 
olib kiriladigan va bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk 
obyektlariga bo„lgan huquqlarning himoya qilinishini ta‟minlash uchun 
bojxona organlari: 
- intellektual mulk obyektlariga bo„lgan huquqlarning buzilganlik 
belgilari mavjud bo„lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to„xtatib turishi; 
- intellektual mulk obyektlarini o„z ichiga olgan tovarlarni chiqarib 
yuborishni to„xtatib turish to„g„risidagi qarorni bekor qilishi mumkin.
Shuningdek, sport musobaqalarida yo„l qo„yilgan qoidabuzarliklar 
aniqlangan holatlarda o„yin natijalarini bekor qilinishi, g„irromchi 
sportchilarga nisbatan ta‟sir choralarini qo„llanilishi va h.k. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish