Nazorat uchun savollar: 1. Ma‟lumki, fuqarolik huquqida shaxsiy nomulkiy munosabatlar
mulkiy xarakterdagi va mulkiy xarakterda bo‟lmagan munosabatlarga
bo‟linadi. Fuqarolik-huquqiy munosabat doirasida mulkiy mezon qanday
ahamiyat kasb etadi?
2. Fuqarolik huquqlarining himoya qilishda yurisdiksiyaviy va
noyurisdiksiyaviy himoya usullari mavjud. FKning qanday normalarida
noyurisdiksiyaviy himoya usullari nazarda tutilgan.
3. Fuqaro Abdullayev fuqaro Rashidov bilan og‟zaki xizmat
ko‟rsatish shartnomasini tuzdi. Keyinchalik Fuqaro Abdullayev nosoz
ehtiyot qismlardan foydalangani uchun fuqaro Rashidovga tegishli bo‟lgan
televizor ishdan chiqdi. Fuqaro Rashidov buzilgan huquqlarini himoya
qilishni so‟rab sudga murojaat etganda, sud uning huquqini himoya
qilishni rad etadi.
Sudning harakatlari qonuniymi? Fuqarolik huquqida buzilgan huquqlar qanday himoya qilinadi? 4. Beshkent tumanida joylashgan katta suv dambasining buzilishi
natijasida shu tumanda joylashgan fermerlarga tegishli bo‟lgan 500 gektar
yerga ekilgan qishloq xo‟jalik ekinlari nobud bo‟ldi. Tuman hokimi ushbu
voqea sababchilaridan fermerlarga yetkazilgan zararnigina qoplab berish
xaqida buyruq chiqardi. Fermerlardan biri esa haqiqiy zarar bilan birga
olinmagan foydani ham undirib berishni suddan talab qildi. Sud hokim
qarorini asos qilib ko‟rsatib fermerning talabini rad etdi.
Sudning harakatiga baho bering. Sudning qaroriga hokimning buyrug‟i asos bo‟lishi mumkinmi? Ushbu holatda hokimning buyrug‟i fuqarolik huquqiy munosabatni tartibga sola oladimi?
61
4-MAVZU. FUQAROLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTLARI SIFATIDA Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati. Fuqarolarning
tadbirkorlik faoliyati. Fuqarolarning yashash joyi. Fuqaroni vafot etgan
deb e‟lon qilish. Vasiylik va homiylik. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd
etish.