50
harakatlariga muhtoj bo„lmay o„z huquqlarini o„zlari bevosita amalga
oshirish va ro„yobga chiqarish imkoniyatlariga egadirlar. Demak, bunday
huquqiy munosabatlar mutloq (absolyut) huquqiy munosabatlardir.
Ulardan farqli ravishda majburiyat munosabatlari nisbiy xarakterga
ega bo„lib zohiran olganda majburiyat
munosabatlarining aksariyat
ko„pchiligi mulkiy xarakterga ega (ba‟zi hollarda majburiyat
munosabatlari shaxsiy xarakterga ega bo„lishi istisno etilmaydi). Odatda,
majburiyat munosabatlari fuqarolik huquqi subyektlari tomonidan o„z
huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish jarayonida
vujudga keladi. Masalan, fuqaro tomonidan oldi-sotdi shartnomasi asosida
kiyim-kechak harid qilish, mas‟uliyati cheklangan
jamiyati tomonidan
kapital qurilish shartnomasi asosida o„z ofisini qurish to„g„risida qurilish
tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishishi.
Majburiyat munosabatlarining ba‟zilari shartnoma bilan bog„liq
bo„lmasdan balki, zarar yetkazish (delikt) yoxud mol-mulkni asossiz olish
yoki tejash bilan bog„liq munosabatlar (kondikt) bo„lib hisoblanishi
mumkin.
4)
Korporativ munosabatlar. Bozor munosabatlari tizimida
fuqarolik huquqiy munosabatlarni o„ziga
xos turi korporativ huquqiy
munosabatlar paydo bo„ldi. Korporativ huquqiy munosabatlar o„z
xarakteriga ko„ra tashkiliy, mulkiy va majburiyat huquqiy xarakterga ega
bo„lishi mumkin. Korporativ munosabatlar deganda – tijorat yuridik
shaxslari, ishtirokchilari, muassislari, mulkdorlarini tijorat yuridik shaxsni
tashkil etish, ta‟sis hujjatlarini ishlab chiqish, mol-mulkini shakllantirish,
davlat ro„yxatidan o„tkazish, faoliyatini yo„lga qo„yish,
amalga oshirish,
tugatish, qayta tashkil etish bo„yicha o„zaro bir-birlari bilan, tijorat yuridik
shaxsi bilan, tijorat yuridik shaxsi tuzilmalari bilan o„zaro hamkorligini
amalga oshirish bo„yicha tarkib topadigan munosabatlar majmui
hisoblanadi.
Korporativ huquqiy munosabatlar odatda ikki yoki undan ortiq shaxs
tomonidan tijorat yuridik shaxsi tashkil etilganda vujudga keladi. Tijorat
yuridik shaxsi ishtirokchilarini turli yig„ilishlar o„tkazish, bir birlari bilan
individual va guruh uchrashuvlarini tashkil etish bo„yicha sa‟y-harakatlari,
tashkiliy-huquqiy munosabatlar bo„lib hisoblanadi.
Tijorat yuridik shaxsi
ishtirokchilarini ustav fondini shakllantirish, mol-mulk qo„shish bo„yicha
munosabatlari mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Tijorat yuridik shaxslari
foydasidan ulush, daromad olish munosabatlari majburiyat huquqiy
munosabatlar tarkibiga kiradi.
51
5) Bundan tashqari ba‟zi mualliflar “imtiyozli
fuqarolik huquqiy
munosabatlar” mavjudligi to„g„risida fikr bildiradilar. Bunda fuqarolik
huquqiy munosabatning muayyan ishtirokchisi boshqa subyektlarga
nisbatan muayyan manfaat ko„rish bo„yicha imtiyozga,
afzallikka egaligi
qonun yoki shartnomada belgilab qo„yiladi. Masalan, garov bilan
ta‟minlangan asosiy majburiyat ijro etilmagan taqdirda garovga oluvchi
tomonidan garov predmetiga nisbatan o„z talablarini imtiyozli
qanoatlantirish huquqi yoxud umumiy ulushli
mulkdagi ulush sotilganda
sherik mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqiga ega (FKning 224-
moddasi).