45
1. Ma‟lumki huquqiy munosabatlarni
tartibga soluvchi manbalar
doirasi turli huquq oilalari tizimida turlicha xarakterga ega. Sizningcha
fuqarolik huquqining manbalari qanday o‟ziga xos xususiyatlarga ega?
2. Sud amaliyoti mamlakatimizda
sudlar tomonidan ishlarni
ko‟rishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik qonun hujjatlari va sud
amaliyoti o‟rtasidagi nisbatga baho bering.
Qanday doiradagi normativ
hujjatlar fuqarolik qonun hujjatlari hisoblanadi?
3. Da‟vogar X.X.Alimov javobgar Yu.S.Maxmudova ustidan sudga
murojaat etib, 2008 yil 03 iyun kunidagi
hadya shartnomasiga asosan
Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Muqimiy ko‟chasi, 27-uy unga tegishli
ekanligini, hozirgi kunda javobgar Yu.S.Maxmudova nizoli uyda doimiy
ro‟yxatda tursada, lekin 2012 yilning 12
dekabr kunidan buyon
yashamasligini, da‟vogar esa javobgar uchun ham kommunal to‟lovlarni
to‟lash og‟irlik qilayotganligini, shu sababli sudga mazkur da‟vo
arizasi
bilan murojaat qilishga majbur bo‟lganligini, bu kabi ishlar bundan oldin
fuqarolik ishlari bo‟yicha Mirzo Ulug‟bek
tumanlararo sudida
ko‟rilganligini ta‟kidlab, mazkur sudning hal qiluv qarorini na‟muna qilib,
yuqoridagilarni inobatga olgan holda suddan javobgarni nizoli xonadondan
foydalanish huquqini yo‟qotgan deb topishini so‟ragan.
Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering? Bir sudning qarori
O‟zbekiston hududida ikkinchisi uchun manba bo‟ladimi? Sud pretsedenti
manba bo‟ladigan davlatlar qaysi huquq tizimiga mansub?
4. Rassom Azizov bilan rasmlar savdosi bilan shug‟ullanuvchi
tadbirkor Aliyev Azizovning o‟zi chizgan
rasmlarini yetkazib berish
to‟g‟risida shartnoma tuzadi. Dastlab Azizov o‟zi chizgan rasmlarni
yetkazib beradi. Keyinchalik bu rasmlar bilan
birga shogirdlari chizgan
rasmlarni ham o‟tkaza boshlaydi. Bundan xabar topgan haridorlar
tadbirkordan rasm harid qilmay qo‟yishadi. Bu Aliyevga zarar yetkazadi.
Aliev zararni undirishni talab qiladi. Azizov shartnomada rasmlar savdosi
haqidagi ma‟lumot borligini
va u shartnomani adolatli, oqilonalik
tamoyillariga amal qilgan holda bajarganini bildiradi.
Vaziyatga huquqiy baho bering?