• Norasmiy sharh
  • Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash 
    va ularning turlari 
    Fuqarolik-huquqiy normalarni qo„llash va sharhlash to„g„risida 
    to„xtalib shuni aytish kerakki, huquqiy normalarni tatbiq etish deganda, 
    konkret fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tegishli huquq normasiga 
    muvofiq holda tashkil qilinishi va bu munosabat yuzasidan taraflar uchun 
    majburiy kuchga ega bo„lgan qaror qabul qilinishi tushuniladi. Fuqarolik 
    huquqi normalarini qo„llash vakolatli davlat organlari tomonidan, 
    chunonchi, sud, prokuratura, xo„jalik sudi va boshqa organlar, shuningdek, 
    ba‟zi hollarda jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qo„llaniladi. 
    Huquq normalarini qo„llash mazmunan ularga rioya qilishdan farq 
    qiladi. Yuqorida ko„rsatilganidek, faqat muayyan vakolatli organlargina 
    tatbiq etishlari mumkin bo„lsa, huquqiy normalarga rioya qilishga har bir 
    shaxs (fuqaro va tashkilot) majburdir. 
    Ba‟zi holatlarda huquq normasini tegishli huquqiy munosabatga 
    qo„llashda uning aniq mazmunini, mohiyatini, ma‟nosini aniqlash 
    zaruriyati vujudga keladi. Huquq normasi ma‟nosini aniqlash va 
    tushuntirishga qonunni sharhlash, deyiladi. 
    Fuqarolik huquqi normalarini sharhlash sharhlovchi subyektlar, 
    sharhlash usullari, shuningdek, uning hajmiga qarab farqlanadi. 
    Normani sharhlovchi subyektlar huquq normalariga rasmiy va 
    norasmiy sharh beruvchilarga bo„linadi. Rasmiy sharh vakolatli bo„lgan 
    hokimiyat organlari tomonidan berilib, ma‟lum darajada majburiy kuchga 
    ega bo„ladi. Bunday sharh O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
    tomonidan beriladi. Ular Respublika doirasida barcha fuqarolar va 
    tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy Kengashlar 
    1
    Мухаммадиев А.А. Фуқаролик кодекси тамойилларининг амал қилиши. Монография. Т.: ТДЮИ, 2007.


    43 
    tomonidan beriladigan sharhlar ham rasmiy, ayni paytda majburiy 
    hisoblanadi. 
    Rasmiy sharhning turlaridan biri sud sharhlashidir. Ma‟lum bir ishni 
    hal qilishda sud tomonidan berilgan sharh chiqarilgan qarorning qonuniy 
    kuchga kirganidan so„ng mazkur ish bo„yicha majburiy hisoblanadi. 
    Ammo kelajakda shunga o„xshash boshqa ishni hal qilishda, boshqa 
    sudlar, jumladan, shu sudning o„zi ham avvalgi ishning hal qilinishiga 
    qarab masalani yecha olmaydi. Chunki, umumiy xarakterda bo„lgan ba‟zi 
    sharhlar Oliy sud Plenumi tomonidan beriladi. “Sudlar to„g„risida”gi 
    qonunda Oliy sud Plenumi rahbariy tushuntirishlar berishligi ko„rsatilgan. 
    Shu tartibda qabul qilinadigan qarorlar sudlarda ishlarning bir xilda 
    ko„rilishini ta‟minlashga qaratilganligi sababli sudlar uchun majburiydir. 
    Norasmiy sharh deb, majburiy kuchga ega bo„lmagan sharhga, 
    masalan, ilmiy asarlarda, darsliklarda, ma‟ruzalarda beriladigan sharhlarga 
    aytiladi. Bunday sharhlar yuridik kuchga ega bo„lmasa ham qonunning 
    ma‟nosini aniqlashga yordam beradi. Ular imloviy, mantiqiy, tizimli va 
    tarixiy sharhlashga bo„linadi. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish