Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Fuqarolik huquqi tizimi 
Fuqarolik huquqi o„quv fani, huquq tarmog„i sifatida o„zining 
muayyan tizimiga ega. Bunda tizim muayyan tarkibiy qismlardan
normalar majmuidan iborat bo„ladi. Fuqarolik huquqi tizimi tarkibiy 
qismlari o„rtasida muayyan uzviy bog„lanish, ketma-ketlik, tartib mavjud. 
Bunday uzviy bog„lanish tasodifiylik xarakteriga ega emas, balki biri 
muqarrar ravishda ikkinchisini keltirib chiqaruvchi, ikkinchisi shartligini, 
mavjudligini taqazo etuvchi uzviy bog„lanish hisoblanadi.
Fuqarolik huquqi o„quv fani tizimi ham Fuqarolik kodeksi tizimi 
kabi qismlarga bo„lingan. Fuqarolik huquqini birinchi qismida umumiy 
qoidalar ya‟ni, fuqarolik huquqining tamoyillari, fuqarolik huquqiy 
munosabat doirasi, ularni vujudga kelish, amalga oshirish, himoya qilish 
usullari, fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari (subyektlari) huquqiy 
maqomi, fuqarolik huquqi obyektlari huquqiy rejimi, muddatlar, da‟vo 
muddatlari to„g„risidagi asosiy qoidalar va kategoriyalarni shuningdek, 
fuqarolik huquqiy munosabatlarga nisbatan qo„llaniladigan boshqa 
umumiy qoidalarni o„z ichiga oladi.
Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi ba‟zi hollarda maxsus qism 
deb ham yuritish qabul qilingan. Fuqarolik huquqi o„quv fanida ham 
bunday tabaqalanish qo„llaniladi. Ba‟zi adabiyotlarda fuqarolik 
huquqining ikkinchi qismini fuqarolik huquqining kichik tarmoqlariga, 
kichik sohalariga ham bo„lish qabul qilingan. Kichik sohalar bu bir turdagi 
munosabatlar majmuini tartibga soluvchi o„zining umumiy qoidalariga ega 
bo„lgan normalar va kategoriyalarni muayyan guruhi bo„lib hisoblanadi. 
Fuqarolik kodeksi tizimidan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqida 
quyidagi beshta kichik tarmoqlar – sohalar mavjudligi e‟tirof etiladi: 
a) Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. Mazmunan olganda 
mulk huquqi ashyoviy huquqlar tizimiga kirishini e‟tiborga olib, ba‟zi 
maxsus adabiyotlarda ushbu kichik soha ashyoviy huquq deb ham ataladi. 
Ushbu kichik soha moddiy obyektlar, mulkiy huquqlarni muayyan 


31 
shaxslarga tegishliligini, mansubligini va ularni amalga oshirish tartibi, 
asoslarini yuridik rasmiylashtiradi. 
b) Majburiyat huquqi. Ma‟lumki, fuqarolik huquqiy munosabatlarda 
taraflar o„zaro bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlarga ega 
bo„ladilar va bir tarafni huquqini amalga oshirishi ikkinchi tarafni 
majburiyatni bajarishi bilan bog„liq bo„ladi. Agarda mulk huquqi o„ziga 
xos turg„un, statik holat bo„lsa, majburiyat huquqi dinamik, faol 
jarayondir. Ushbu jarayon orqali taraflar fuqarolik huquqiy munosabatga 
kirishishdan o„zlari umid qilgan manfaatga erishadilar. Majburiyat huquqi 
o„z navbatida shartnoma majburiyatlari, delikt majburiyatlari va kondikt 
majburiyatlari institutlariga bo„linadi. Ularning uchchalasi uchun ham 
yagona, umumiy bo„lgan qoidalar mavjud. Shartnoma majburiyatlari 
shartnomalar asosida, delikt majburiyatlari bir subyektning ikkinchi 
subyektga zarar yetkazishi, yetkazgan zararni to„lash asosida, kondikt 
majburiyatlar esa, bir subyektning ikkinchi subyekt mol-mulki yoki 
mulkiy huquqlarini asossiz ravishda qo„lga kiritishdan, boyishdan kelib 
chiqadi.
d) Intellektual mulk huquqi. Intellektual mulk huquqi ijodiy faoliyat 
natijalari va ularga tenglashtirilgan vositalar ya‟ni, fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni 
shaxsiylashtirish 
(individuallashtirish) vositalariga nisbatan huquqlarni vujudga kelishi, 
amal qilishi, bekor bo„lishi va huquqiy muhofaza qilish bo„yicha 
munosabatlarni tartibga soluvchi fuqarolik huquqiy me‟yorlar majmui. 
e) Vafot etgan fuqaroni mol-mulkiga, boshqa mulkiy huquqlariga, 
shuningdek, majburiyatlarni boshqa shaxslarga (vasiyat, qonun bo„yicha 
uning merosxo„rlariga yoxud qonunda belgilab qo„yilgan boshqa 
subyektlarga) o„tishini tartibga soluvchi fuqarolik huquqi normalari 
tizimidan iborat bo„lgan vorislik huquqi. 
Fuqarolik huquqi o„quv fani tizimida kichik tarmoqlar, kichik sohalar 
o„z navbatida huquq institutlariga bo„linadi. Huquq instituti deganda,
muayyan turdagi bir biri bilan bog„liq ijtimoiy munosabatlar guruhini 
tartibga soluvchi normalar yig„indisi tushuniladi. Har bir kichik soha o„z 
navbatida huquq institutlariga bo„linadi. Masalan, intellektual mulk huquqi 
patent huquqi, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar institutlariga va boshqa 
institutlarga bo„linadi. Majburiyat huquqi majburiyatlarni alohida turlariga 
masalan, oldi-sotdi, ijara, pudrat, haq evaziga xizmat ko„rsatish va shu 
kabilarga bo„linadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar kichik 
sohasi o„z navbatida xususiy mulk huquqi, ommaviy mulk huquqi, 
cheklangan ashyoviy huquqlar tizimi, mulk huquqi va boshqa ashyoviy 


32 
huquqlarni himoya qilishni ashyoviy huquqiy usullari kabi institutlarga 
bo„linadi. Mantiqan olganda fuqarolik huquqi institutlari ham muayyan 
tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Ushbu tarkibiy qismlar subinstitutlar, 
kichik institutlar deb nomlanadi. Kichik insitutlar doirasidagi huquqiy 
munosabatlar ham bir xilligi va uzviy bog„liqligi bilan ajralib turadi. Bu 
esa ularni kichik institut doirasida maqsadli va aniq huquqiy tartibga solish 
imkonini beradi. Masalan, shartnomaviy majburiyat institutlari ularning 
alohida turlari bo„yicha quyidagi subinsitutlarga bo„linishi mumkin: 
- oldi sotdi – umumiy qoidalar, chakana oldi-sotdi, mahsulot yetkazib 
berish, kontraktatsiya, korxonani sotish, ko„chmas mulkni sotish va h.k.; 
Ijara shartnomasi instituti esa, quyidagi kichik insitutlarga bo„linadi: 
- umumiy qoidlar, prokat, lizing, korxonalar ijarasi, turar joy ijarasi 
va h.k. 
Ayni paytda kvaziinstitutlar kategoriyasi ham mavjud. Bunda 
muayyan fuqarolik huquqiy normalar majmui bir xilligi nuqtayi nazaridan 
tartibga soluvchi munosabatlarni mohiyatan muayyan normalar guruhi 
bilan tartibga solinishi mumkin. Biroq, u institut sifatida e‟tirof etilmagan. 
Bu holda bunday normalar guruhi kvazinstitut ya‟ni, institutga o„xshash 
huquqiy tuzilma hisoblanadi.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, Fuqarolik kodeksining xalqaro xususiy 
huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga tatbiq qilish deb 
nomlanuvchi oltinchi bo„limi milliy huquq tizimida alohida huquq 
tarmog„i hisoblanadi.

Download 2,02 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish