Fuqarolik-huquqiy munosabat xususiyati




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Fuqarolik-huquqiy munosabat xususiyati 
Kirishadigan 
munosabatda erk-
irodaning mavjud 
bo‟lishi 
Fuqarolik-huquqiy munosabatda 
ishtirokchilar ma‟muriy 
maqomidan qat‟i nazar tengligi 
Mulkiy munosabatlarda 
ishtirokchilarning mulkiy 
mustaqilligi 


19 
ko„rsatish, turar-joylarni ijaraga berish, qurilish ishlarini amalga oshirish, 
yuk va yo„lovchilar tashish bilan bog„liq shartnomalarini kiritish mumkin.
Fuqarolik kodeksining 2-moddasida shartnoma majburiyatlari va 
o„zga majburiyatlar bilan bog„liq majburiyatlar haqida ham so„z yuritiladi. 
O„zga munosabatlar bunday boshqa majburiyatlar zarar yetkazish (delikt) 
bilan bog„liq munosabatlar, qonuniy vorislik bilan bog„liq munosabatlar, 
asossiz boylik orttirish (kondikt) bilan bog„liq munosabatlar bo„lishi 
mumkin. 
Fuqarolik huquqiy normalar ta‟siri ostida bo„lgan mulkiy xarakterda 
bo„lmagan shaxsiy munosabatlar o„z navbatida ikki turga bo„linadi. 
Mulkiy munosabatlar bilan uzviy bog„liq bo„lgan shaxsiy munosabatlar va 
mulkiy munosabatlar bilan bog„liq bo„lmagan sof shaxsiy munosabatlar 
(shaxsiy nomulkiy munosabatlar)ga bo„linadi. Mulkiy munosabatlar bilan 
uzviy bog„liq bo„lgan shaxsiy munosabatlarda mulkiy munosabat shaxsiy 
munosabatlarni keltirib chiqaradi yoxud aksincha shaxsiy munosabat 
mulkiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, ijodkor ijodiy asarini 
yozishi natijasida uni o„z asariga nisbatan mualliflik huquqi ya‟ni, muallif 
sifatida e‟tirof etilish shaxsiy huquqi vujudga keladi va ushbu huquq 
negizida asar tijorat muomalasiga kiritilsa, asardan foydalanganlik uchun 
haq olish huquqiy vujudga keladi. Bundan tashqari xizmat tartibida 
berilgan topshiriq natijasida haq olgan xodim tomonidan intellektual mulk 
obyekti yaratiladi hamda ushbu obyektga nisbatan unda mualliflik huquqi 
vujudga keladi. 
Mulkiy munosabatlar bilan bog„liq bo„lmagan sof shaxsiy 
munosabatlar baho, qiymat bilan ifodalanmaydigan, subyektdan 
begonalashtirilishi mumkin bo„lmagan, uning muayyan xususiyatlari ya‟ni, 
sha‟ni, qadr-qimmati, o„z tasviriga bo„lgan huquq, xususiy hayot sirlari, 
oilaviy sirlari, shaxsni individuallashtirish xususiyatlari bilan bog„liq 
munosabatlardir. Masalan, har qanday fuqaro jamiyatda kishilar o„rtasida 
o„zining ismi-sharifi bilan taniladi (FKning 19-moddasi). Bunday shaxsiy 
huquqlar qonunda belgilangan yoki belgilanmaganidan qat‟i nazar mavjud 
bo„lishi mumkin. So„nggi vaqtlarda shaxsiy huquqlarni amalga oshirish va 
huquqiy muhofaza qilish sohasida fuqarolik qonun hujjatlari doirasi 
kengayib borayotganligini ta‟kidlash lozim. Masalan, personal 
ma‟lumotlar, diffamatsiya va h.k. 
Binobarin fuqarolik huquqiy munosabatlar quyidagi munosabatlarni 
tartibga soladi: 
1) fuqarolik muomalasi ishtirokchilari (fuqarolar, yuridik shaxslar, 
davlat)ning huquqiy holatini vujudga kelish asoslari hamda ularni amalga 


20 
oshirish bilan bog„liq munosabatlar. Fuqaroning huquq va muomala 
layoqati mazmuni, yuridik shaxslarni tashkil etish va boshqarish tartibi, 
davlatning fuqarolik huquqiy munosabatda ishtirok etishining o„ziga xos 
xususiyatlari; 
2) mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni vujudga kelish 
asoslari hamda ularni amalga oshirish bilan bog„liq munosabatlar; 
3) intellektual faoliyat natijalariga bo„lgan huquqlar, ularni amalga 
oshirish bilan bog„liq munosabatlar; 
4) shartnoma majburiyatlari bilan bog„liq munosabatlar; 
5) boshqa majburiyatlar bilan bog„liq munosabatlar; 
6) boshqa mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlar. Fuqarolik 
kodeksi 2-moddasi to„rtinchi bandiga asosan mulkiy munosabatlar bilan 
bog„liq bo„lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlar agar qonunlarda 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo„lmasa yoki bu munosabatlar 
mohiyatidan o„zgacha hol anglashilmasa fuqarolik qonun hujjatlari bilan 
tartibga solinadi. Masalan, oilaviy huquqiy munosabatlarda ixtiyoriy 
aliment to„lash fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi. Alimentni 
majburiy tartibda undirish esa, oila huquqi bilan tartibga solinadi. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni uchinchi turini korporativ 
munosabatlar tashkil etadi. Korporativ munosabatlar uni tashkiliy-huquqiy 
munosabatlar deb ham atashadi. Yaqqol namoyon bo„ladigan mulkiy ham, 
shaxsiy ham xarakterga ega bo„lmay, balki ko„proq tijorat yuridik 
shaxslarini tashkil etish, ularni faoliyatini amalga oshirish, boshqarish, 
qayta tashkil etish, tugatish bo„yicha uning muassislari, mulkdorlari, 
ishtirokchilari o„rtasidagi o„zaro munosabatlar bo„lib hisoblanadi. 
Masalan, tijorat yuridik shaxsni tashkil etish bo„yicha umumiy yig„ilishni 
chaqirish, uning ta‟sis hujjatlarini ishlab chiqish, tijorat yuridik shaxsi 
faoliyati to„g„risida, tijorat yuridik shaxs boshqaruv organlarining 
ishtirokchilarga axborot berishi kabilar. 
Korporativ munosabatlar Fuqarolik kodeksining 2-moddasida o„z 
ifodasini topmagan. Biroq, ularning mavjudligi, o„ziga xos xususiyatlari 
xo„jalik protsessual qonunchiligida belgilab qo„yilgan. Shuningdek, 
korporativ munosabatlar xarakteri tijorat yuridik shaxslar huquqiy 
maqomini belgilovchi qator qonunlar, jumladan “Aksiyadorlik jamiyati va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to„g„risida”gi, “Mas‟uliyati 
cheklangan va qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatlar to„g„risida”gi, “Xo„jalik 
shirkatlari to„g„risida”gi qonun va shu kabi qonunlarda o„z ifodasini 
topgan
1

Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik huquqi ushbu 
munosabatlarni tartibga solish uslubi va bunday munosabatlarni doirasi va 
1
Раҳмонқулов Ҳ.Р., Гуломов С.С. Корпоратив ҳуқуқ. Дарслик. – Т.: ТДЮИ, 2006. 474 б. 


21 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Fuqarolik huquqi bilan yondosh, turdosh 
bo„lgan huquq sohalari – oila huquqi, mehnat huquqi, xalqaro xususiy 
huquq hisoblanadi. Ular bilan umumiylik shundan iboratki, fuqarolik 
huquqining ko„pgina kategoriyalari, institutlari ushbu turdosh huquq 
sohalarida ham qo„llaniladi. Shuningdek, fuqarolik huquqiy normalar 
ushbu huquq tarmoqlari uchun subsidiar huquqiy tartibga solish 
funksiyasini bajaradi. Lekin ular o„rtasida alohida o„ziga xosliklar ham 
mavjud. Masalan, oila huquqi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni o„rgansa 
ham, undagi ishtirokchi subyektlar doirasi cheklangan. Oila huquqi er-
xotin, ota-onalar va bolalar o„rtasidagi, yaqin qarindoshlar, oilaning 
boshqa a‟zolari o„rtasidagi, farzandlikka olish, davlat organlarining oilani 
mustahkamlash, oilaga, voyaga yetmagan bolalarga moddiy yordam 
ko„rsatishga doir munosabatlarni tartibga soladi. 
Nikoh va oilaga oid munosabatlar maxsus huquqiy manba – 
O„zbekiston Respublikasi Oila kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. 
Oila huquqida shaxsiy huquqiy munosabatlar ustunlik qiladi va uning 
hosilasi sifatida mulkiy munosabatlar vujudga keladi. Ushbu holat oila 
huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabat mohiyatini aks 
ettiradi. Masalan, mulkiy xarakterdagi aliment majburiyatlari boshqa 
mulkiy majburiyatlardan emas balki, shaxsiy, oilaviy (nikoh asosida er-
xotinlik, bobo va nabira o„rtasidagi qarindoshlik) munosabatidan kelib 
chiqadi. 
Oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar 
doirasi qonun bilan qat‟i belgilab qo„yilgan. Jumladan, ota-onaning o„z 
voyaga yetmagan farzandlarini boqish va tarbiyalash majburiyati, voyaga 
yetgan bolalarning mehnatga layoqatsiz ota-onalariga ta‟minot berish 
majburiyati. Bu o„rinda shuni ham unutmaslik lozimki, ba‟zi mulkiy 
munosabatlar garchi ular oila a‟zolari o„rtasida amalga oshirilsa ham 
masalan, oldi-sotdi, hadya, ijara, ayirboshlash shartnomasi oila huquqi 
normalari bilan emas, balki fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga 
solinadi.
Xodim bilan ish beruvchi o„rtasidagi munosabatlar mehnat 
munosabatlari hisoblanadi va alohida huquq tarmog„i bo„lgan mehnat 
huquqi bilan tartibga solinadi. Mehnat shartnomasi, mehnat muhofazasi, 
mehnat intizomi, ta‟tillar, ish haqi va mukofotlar, ish vaqti va dam olish 
vaqti, ijtimoiy sug„urta va mehnat bilan bog„liq boshqa huquqiy 
munosabatlar garchi xususiy munosabatlarga o„xshab ketsa ham mehnat 
huquqi normalari bilan tartibga solinadi. 
Mamlakatimizda bozor munosabatlari tizimini shakllanishi va 
rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish va tadbirkorlik 
subyektlari huquqiy maqomini belgilash bo„yicha munosabatlar sohasiga 


22 
alohida yondashuv bo„lishini taqazo etmoqda. Bugungi kunda bu sohada 
juda ulkan normativ-huquqiy negiz mavjud. Shu munosabat bilan 
tadbirkorlik huquqi (biznes huquqi, xo„jalik huquqi) alohida huquq 
tarmog„i mavjud degan nuqtayi nazarlar ham ilgari surilgan. Bu o„rinda 
shuni qayd etish o„rinliki, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy 
normalar ko„lami fuqarolik-huquqiy xarakterga ega (tijorat yuridik 
shaxslar 
maqomi, 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
amalga 
oshirishni 
rasmiylashtiruvchi xo„jalik shartnomalari va shu kabilar). Shu sababli ham 
ba‟zi olimlar tadbirkorlik huquqi mustaqil huquq tarmog„i emas, balki 
kompleks huquq tarmog„i (ya‟ni, o„zida ham fuqarolik-huquqiy ham 
ma‟muriy-huquqiy normalarni birlashtiruvchi) deb hisoblaydi. Boshqa 
olimlar esa, tadbirkorlik huquqini alohida huquq tarmog„i sifatida tan 
oladilar. Ushbu masalalar bo„yicha ilmiy muammolar tahliliga chuqur 
kirishmagan holda shuni e‟tirof etish lozimki, tadbirkorlik huquqi 
mutaxassislik o„quv fani, ilmiy tadqiqotlar yo„nalishi, normativ-huquqiy 
materiallar tizimi sifatida mavjud bo„lgan hollarda ham u fuqarolik-
huquqiy normalar ta‟siri doirasida bo„ladi deb hisoblash mumkin. 
Tadbirkorlik huquqidan farqli ravishda xalqaro xususiy huquq milliy 
huquq tizimida alohida huquq tarmog„i hisoblanadi. Xalqaro xususiy 
huquq fuqarolik huquqidan farqli ravishda chet el elementi ishtirok 
etadigan mulkiy va shaxsiy nomulkiy fuqarolik-huquqiy munosabatlarni 
tartibga soladi. Dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari, turli 
mamlakatlar o„rtasidagi iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalarni avj olishi 
xalqaro xususiy huquqiy munosabatlar doirasini va ko„lamini tobora 
kengaytirib bormoqda. 
Turli yuridik shaxslar va fuqarolarni yer, suv, o„rmon va boshqa 
tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi munosabatlar yer huquqi, 
ekologiya huquqi, o„rmon huquqi, tog„-kon huquqi bilan tartibga solinadi. 
FKning 2-moddasi beshinchi qismiga ko„ra mulkiy, shartnomaviy 
munosabatlarga, oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va 
tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish 
munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar 
maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo„llaniladi. 
Fuqarolik huquqi ommaviy huquq tarmoqlari bo„lgan ma‟muriy 
huquq, soliq va bojxona huquqi, moliya huquqi, Konstitutsiyaviy huquq 
bilan ham o„zaro bog„liqlik va o„ziga xoslik xususiyatlariga ega. Mulkiy 
munosabatlar ommaviy huquqiy normalar bilan ham tartibga solinishi 
mumkin. Masalan, muayyan davlat idorasini o„z vakolati doirasida qabul 
qilgan huquqni qo„llash aktiga muvofiq muayyan mol-mulk, binolar, 


23 
inshootlar bir davlat tuzilmasidan boshqa davlat tuzilmasi balansiga 
o„tkazilishi mumkin.
Bunda 
davlat 
idoralari 
bir-birlariga 
nisbatan 
bo„ysunish 
munosabatida bo„ladi va u ma‟muriy-huquqiy munosabatlar hisoblanadi va 
ma‟muriy huquq bilan tartibga solinadi. Agarda bunday mulkiy 
munosabatlarda davlat idoralari va davlatga qarashli yuridik shaxslar 
fuqarolik muomalasini ishtirokchisi sifatida bir-birlariga nisbatan teng 
huquqqa ega bo„lsa, o„z erk-irodalari bilan ishtirok etsa va shu munosabat 
doirasida bir subyekt ikkinchi subyektga o„z erkini buyruq sifatida 
o„tkazish imkoniyatiga ega bo„la olmasa, bunday munosabatlar fuqarolik 
huquqiy munosabatlar hisoblanadi. 
FK 2-moddasi oltinchi qismiga ko„ra bir tarafning ikkinchi tarafga 
ma‟muriy bo„ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan 
soliq, moliyaviy va boshqa ma‟muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik 
qonun hujjatlari qo„llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno. 
Fuqarolik huquqi mustaqil huquq tarmog„i sifatida nafaqat o„z 
predmetiga balki o„zini tartibga solish uslubiga ega. Fuqarolik huquqi 
o„zini tartibga solish uslubi orqali fuqarolik-huquqiy munosabat 
ishtirokchilariga, ularning xatti-harakatlariga ta‟sir ko„rsatadi, ularni 
yo„naltiradi. Bunda qo„llaniladigan maxsus vositalar va usullar yig„indisi 
fuqarоlik huquqini tartibga solish uslubi hisoblanadi.
Ma‟lumki, muayyan huquq tarmoqlari masalan, jinoyat huquqi
ma‟muriy huquq normalarida qo„riqlash funksiyasi ustuvor namoyon 
bo„ladi. Ya‟ni, ularda huquqbuzarliklar uchun qo„llaniladigan sanksiyalar 
ko„rinishida bu holat mujassamlanadi. Bundan farqli ravishda fuqarolik 
huquqi normal fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu esa, 
bunday huquqiy munosabatlarga ta‟sir ko„rsatish xususiyatlaridagi o„ziga 
xosliklarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilarda yaqqol 
ko„rinadi: 
birinchidan, fuqarolik-huquqiy munosabat doirasida ishtirok etuvchi 
subyektlar ularni ma‟muriy, davlat huquqiy maqomi qanday bo„lishidan 
qat‟i nazar teng huquqqa ega subyektlar sifatida ko„riladi;
ikkinchidan, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda 
subyektlarga imkon boricha erkinlik, mustaqillik, tashabbuskorlik taqdim 
etiladi. Ular o„zlari uchun maqbul xatti-harakat modellarini tanlash, 
belgilash imkoniyatlariga egadirlar; 
uchinchidan, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda 
huquqiy normalar bilan birgalikda, nohuquqiy manbalar, masalan, ish 
muomalasi odatlari keng qo„llanishga yo„l qo„yiladi. Fuqarolik qonun 


24 
hujjatlarida imperativ me‟yorlardan ko„ra dispozitiv me‟yorlar kengroq 
doirada belgilab qo„yilgan. Fuqarolik-huquqiy me‟yorlarni buzganlik 
uchun belgilanadigan javobgarlik ko„proq mulkiy xarakterdagi choralar 
ko„rinishida namoyon bo„ladi; 
to„rtinchidan, buzilgan fuqarolik huquqlarini o„zini o„zi himoya 
qilish, hakamlik sudlari orqali himoya qilish va fuqarolik sudlari orqali 
da‟vo qo„zg„atish orqali himoya qilish imkoniyatlari ham fuqarolik-
huquqiy 
tartibga 
solish 
va 
himoya 
qilish 
uslubining 
muhim 
xususiyatlaridan hisoblanadi; 
beshinchidan, fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari ham juda 
keng. Masalan, fuqarolik huquqini tan olish, huquq buzilishidan oldingi 
holatni tiklash, huquqbuzarlik harakatlariga chek qo„yish, yetkazilgan 
zararlarni qoplash, ma‟naviy zararni undirish va shu kabi choralar 
qo„llanishda namoyon bo„ladi. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish