Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma – taraflar qarzdor
ijroni
kreditorga
emas,
balki
shartnomada
ko‟rsatilgan
yoki
ko‟rsatilmagan, qarzdordan majburiyatni o‟z foydasiga bajarishni talab
qilish huquqiga ega bo‟lgan uchinchi shaxsga bajarishi majbur deb
belgilab qo‟ygan shartnoma. Ulushli mulk – mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi
aniqlab qo‟yilgan mol-mulk.
Umumiy mulk – ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‟lgan
mol-mulk.
Vakillik – bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan muayyan yuridik
harakatlarni amalga oshirishi.
Vakolat – vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan yuridik
harakatlar qilishga va shu bilan u uchun huquqiy oqibatlarni vujudga
keltirishga qaratilgan huquq.
Vasiylik – o‟n to‟rt yoshga to‟lmagan yetim bolalarni va ota-
onasining qaramog‟idan mahrum bo‟lgan bolalarni, shuningdek, sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta‟minot,
tarbiya va ta‟lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy
shakli hisoblanadi.
Vindikatsiya – mulkdor o‟z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz
egaligidan talab qilib olishi.
Xo‟jalik shirkati – muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga
(hissalariga) bo‟lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo‟lgan tijorat
tashkiloti.
Xo‟jalik yuritish huquqi – bu unitar korxonasiga o‟z tijorat
faoliyatini yuritish maqsadida, mulkdor tomonidan biriktirilgan mol-
mulkdan foydalanishi bo‟yicha cheklangan ashyoviy huquq.
14
Xususiy korxona – mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan
tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot.