• Servitut
  • Sho‟ba xo‟jalik jamiyati
  • Subyektiv huquq
  • Tijorat vakilligi
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Respublika mulki – yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‟shlig‟i, 
    o‟simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat 
    hokimiyati va boshqaruvi organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega 
    bo‟lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika budjetining mablag‟lari, 
    oltin zahirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika 
    mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o‟quv, 
    ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat 
    natijalari, basharti bular budjet yoki davlatning o‟zga mablag‟lari 
    hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‟lsa, boshqa mol-mulk. 
    Servitut (lotincha “servire” – xizmat ko‟rsatish) – o‟zganing yer 
    uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi.
    Shartli bitim – taraflar o‟rtasida tuziladigan bitimning amalga 
    oshirilishi yoki bekor bo‟lishi, biror-bir shartga bog‟lab qo‟yilishidir.
    Shartnoma – ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va 
    burchlarini vujudga keltirish, o‟zgartirish yoki bekor qilish haqidagi 
    kelishuvi.
    Sho‟ba xo‟jalik jamiyati – bir (asosiy) xo‟jalik jamiyati yoki 
    shirkati ikkinchi xo‟jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik 
    mavqeiga ega bo‟lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o‟rtasida 
    tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo‟lmasa boshqacha tarzda ikkinchi 
    xo‟jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish 
    imkoniga ega bo‟lgan xo‟jalik jamiyati.
    Subyektiv huquq – muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi 
    shaxsga tegishli huquqdir.
    Subsidiar javobgarlik – qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga 
    muvofiq asosiy qarzdor bo‟lgan boshqa shaxsning javobgarligiga 
    qo‟shimcha ravishda javobgarlik.


    13 
    Tijorat vakilligi – bir shaxsning tadbirkorlar shartnomalar 
    tuzayotganida ikkinchi shaxs nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik 
    qilishi.
    Turar joy – fuqarolarning doimiy yashashiga mo‟ljallangan, 
    belgilangan sanitariya, yong‟inga qarshi, texnik talablarga javob 
    beradigan, shuningdek, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, 
    vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‟iz qariyalar 
    uchun internat uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus 
    maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‟ljallangan joylar deb 
    hisoblanadi.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish