|
Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qismBog'liq Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)Mas‟uliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxs
tomonidan ta‟sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta‟sis hujjatlari bilan
belgilangan miqdorda ulushlarga bo‟lingan xo‟jalik jamiyati.
Matlubot kooperativi – ishtirokchilarning moddiy (mulkiy)
ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a‟zoligiga asoslangan,
uning a‟zolari tomonidan o‟z mulkiy (pay) badallarini qo‟shish yo‟li bilan
amalga oshiriladigan ixtiyoriy birlashma.
Mayda maishiy bitim – fuqarolarning kundalik maishiy ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan va summasi yuqori bo‟lmagan bitimlar.
Mol-mulk – ma‟lum shaxsga (fuqaro yoki yuridik shaxsga) egalik
huquqi bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig‟indisi.
Muassasa
– boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki
tijoratchilikdan iborat bo‟lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun
mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‟la yoki qisman moliyaviy
ta‟minlab turiladigan tashkilot.
Muddatli bitimlar - taraflar huquq va majburiyatlarining vujudga
kelish yoki bekor bo‟lish vaqti ko‟rsatilgan bitimlarga aytiladi.
Mulk – mulkdorning o‟z mol-mulkiga nisbatan, uchinchi shaxsning
o‟zganing mol-mulkiga hamda mulkdor va ashyo o‟rtasidagi aloqadorlikka
nisbatan munosabati.
Mulk huquqi – shaxsning o‟ziga qarashli mol-mulkka o‟z xohishi
bilan va o‟z manfaatlarini ko‟zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish, shuningdek o‟zining mulk huquqini, kim tomonidan
bo‟lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi.
Mulkiy munosabatlar – ishtirokchilarning tengligiga, qiymat
xarakteriga, tekinga yoki haq evaziga amalga oshirilishiga, munosabat
ishtirokchilarining xatti-harakatlari bevosita ularning o‟zlari tomonidan
baholanishiga asoslanadigan vujudga kelish asosida mol-mulk va moddiy
ne‟matlar yotadigan munosabatlardir.
|
| |