8
ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy
vazifasi bilan belgilanadi.
Fuqarolik huquqi metodi – bu mulkiy va shaxsiy nomulkiy
munosabatlar bilan bog‟liq ijtimoiy sohada yuridik usullar yig‟indisi,
yuridik ta‟sir vositalarini qo‟llashni ifoda etuvchi tartib va qoidalar
yig‟indisidir.
Fuqarolik huquqida muddat – aniq belgilangan, o‟tishining
boshlanishi va tamom bo‟lishi muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga
keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va muhofaza qilishga
qaratilgan paytlar va vaqt davrlari.
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari (prinsiplari) – bu barcha
fuqarolik qonunlari mazmuniga singdirilgan asosiy, boshlang‟ich
qoidalardir.
Fuqarolik qonun hujjatlari – fuqarolik-huquqiy munosabatlarning
vujudga kelishi, o‟zgarishi yoki bekor bo‟lishi bilan bog‟liq
munosabatlarni tartibga soladigan FK va boshqa qonun hujjatlari
yig‟indisi.
Fuqarolik-huquqiy munosabat – yuridik jihatdan teng bo‟lgan
shaxslar o‟rtasida bo‟ladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga
solinadigan ijtimoiy munosabatlar.
Fuqarolik-huquqiy munosabat elementlari – ushbu huquqiy
munosabatning subyektlari, mazmuni va obyektlari.
Fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari – fuqarolik-huquqiy
munosabat ishtirokchilari - fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatdir.