|
Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qismBog'liq Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)
GLOSSARIY
Abstrakt bitim – haqiqiyligi muayyan asos - maqsad bilan bevosita
bog‟liq bo‟lmagan bitim.
Ashyolar – muayyan moddiy qiymatga ega bo‟lgan hamda iqtisodiy
munosabatning predmeti bo‟la oladigan narsalar.
Ashyoviy huquq – ashyoni egallash, undan foydalanish va tasarruf
etish bilan bog‟liq huquq.
Birgalikdagi mulk – mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi
ulushi aniqlab qo‟yilmagan mol-mulk.
Bitim – fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va
burchlarini belgilash, o‟zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar.
Cheklangan javobgarlik – majburiyatlarning ayrim turlari bo‟yicha
hamda muayyan faoliyat turi bilan bog‟liq majburiyatlar bo‟yicha qonunda
zararni to‟la qoplashga bo‟lgan huquqning cheklanishi.
Da‟vo muddati – shaxs o‟zining buzilgan huquqini da‟vo
qo‟zg‟atish yo‟li bilan himoya qilishi mumkin bo‟lgan muddatdir.
Davlat korxonasi – davlat mulkidagi, o‟ziga operativ boshqarish
uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi
shaklidagi tijorat tashkilotidir.
Fidustiar bitim – taraflarning o‟zaro ishonchiga asoslanadigan
bitimlar.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) – O‟zbekiston Respublikasining
fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi
bo‟lmagan shaxslar.
Fuqarolik huquq layoqati – fuqarolarga o‟zlarining moddiy va
madaniy
ehtiyojlarini
qondirish
maqsadida
xilma-xil
huquqiy
munosabatlarga kirishishning yuridik imkoniyatini beradigan huquq va
majburiyatlarga ega bo‟lish layoqati.
Fuqarolik huquqi – yuridik jihatdan teng bo‟lgan subyektlar
o‟rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan
hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‟indisidir.
|
| |