• Garov
  • Huquq manbasi
  • Insofsiz egallovchi
  • Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmuni




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmuni – shu munosabatda 
    qatnashuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va burchlari.
    Fuqarolik-huquqiy munosabatning obyekti – fuqarolik-huquqiy 
    munosabatda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari qaratilgan hamda 
    subyektiv huquqlari va majburiyatlari belgilangan moddiy va nomoddiy 
    ne‟matlar.
    Garov – bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga 
    bo‟lgan huquqni majburiyatlarni ta‟minlash uchun berishi.
    Garov turlari – zakalat, ipoteka, huquqlar garovi.
    Harakatlar – fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxs 
    (yoki shaxslar)ning erki bo‟yicha qilinadigan huquq yo‟l qo‟ygan va 
    huquq yo‟l qo‟ymagan xatti-harakati (yuridik faktlar).
    Homiylik – o‟n to‟rt yoshdan o‟n sakkiz yoshgacha bo‟lgan yetim 
    bolalarni va ota-onasining qaramog‟idan mahrum bo‟lgan bolalarni, 
    shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni 



    ularga ta‟minot, tarbiya va ta‟lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy 
    nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
    joylashtirishning huquqiy shaklidir.
    Huquq manbasi – huquqni ifoda etilishining yuridik shakli.
    Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‟lish natijasida 
    shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan 
    yurish-turish qoidasi.
    Insofli egallovchi – mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga 
    ega bo‟lmagan shaxsdan haq to‟lab olgan, buni bilmagan va bilishi 
    mumkin bo‟lmagan shaxs.
    Insofsiz egallovchi – o‟z egaligining qonuniy emasligini bilgan yoki 
    bilishi lozim bo‟lgan shaxs.
    Ish muomala odati – biror-bir hujjatda yozilgan-yozilmaganidan 
    qat‟i nazar tadbirkorlik faoliyatining biror-bir sohasida vujudga kelgan va 
    keng qo‟llaniladigan xulq-atvor qoidasi.

    Download 2,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish