11
xo‟jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta‟limi,
madaniyat, sog‟liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk.
Muomala layoqati – fuqarolarning o‟z harakatlari bilan fuqarolik
huquqlarini olish, amalga oshirish, o‟zlari uchun fuqarolik burchlarini
vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir.
Navbatdagi garov – garovga qo‟yilgan mol-mulk boshqa talablarni
ta‟minlash uchun yana bir garov narsasiga aylanishi.
Negator da‟vo – mulkdor o‟z huquqlarining har qanday buzilishini,
garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‟liq bo‟lmasa
ham, bartaraf etishni talab qilishi.
Neustoyka – qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan,
qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda
kreditorga to‟lashi shart bo‟lgan pul summasi.
Neustoyka shakllari – jarima yoki penya.
Nomoddiy ne‟matlar – qonun tomonidan tan olinadigan, muhofaza
qilinadigan moddiy ko‟rinishga ega bo‟lmagan hamda egasining shaxsidan
ajratish mumkin bo‟lmagan ne‟matlar va erkinliklar.
Oilaviy korxona – uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‟rsatish) va realizastiya qilishni
amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining
ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‟lgan umumiy mol-mulk, shuningdek,
oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil
etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir.