15
1-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI,
TAMOYILLLARI VA TIZIMI
Fuqarolik huquqi tushunchasi, xususiyatlari va boshqa huquq
sohalari bilan aloqadorligi. Fuqarolik huquqi tamoyillari. Fuqarolik
huquqining funksiyalari. Fuqarolik huquqi tizimi.
Fuqarolik huquqi tushunchasi, xususiyatlari va boshqa huquq
sohalari bilan aloqadorligi
Huquq nazariyasidan bizga ma‟lumki, kishilar muayyan jamiyatda,
muayyan mamlakatda, muayyan davlatda bir-birlari bilan o„zaro ijtimoiy
munosabatlarga kirishgan holda yashaydilar. Ushbu ijtimoiy munosabatlar
orqali ular o„zlarining moddiy, ma‟naviy
va boshqa ehtiyojlarini
qanoatlantiradilar, o„z imkoniyatlarini ro„yobga chiqaradilar. Bunday
o„zaro munosabatlarni tartibga soluvchi xulq-atvor va xatti harakat
qoidalarining turlicha modellari o„tmishda mavjud bo„lgan. Masalan,
bularning eng ibtidoiy shakli “o„rmon qonuni” deb ataladi. Bunda kuchli
shaxs boshqalar uchun xatti-harakat qoidalarini belgilaydi. Boshqalar
kuchli shaxsga xizmat qiladilar, kuchli
shaxs erk-irodasi ushbu
munosabatlar
xarakterini
belgilovchi
asosiy
omil
hisoblanadi.
Zo„ravonlikka asoslangan bunday modelda manfaatlar uyg„unligi
bo„lmasligi o„z o„zidan ma‟lum. Ikkinchi bir holatda esa, har bir shaxs o„zi
uchun va boshqalar uchun xatti-harakat qoidalarini belgilashga urinadi.
Natijada manfaatlar to„qnashuvi vujudga keladi. Bu esa o„z o„zidan
tartibsizlikka, anarxiyaga, xaosga olib keladi.
Kishilik jamiyati yuqoridagi modellar samarasizligini boshidan
kechirib, eng maqbul uchinchi model – madaniy sivilizatsiya jamiyati
modelini yaratgan. Bunga ko„ra kishilar o„zlarining odatdagi, doimiy,
kundalik munosabatlarida asrlar davomida sinovdan o„tgan, sayqallangan
adolat, oqilonalik, manfaatlar uyg„unligiga
xizmat qiladigan xulq-atvor
qoidalarini ishlab chiqishgan, o„rnatishgan va bu davlatning tegishli
yuridik kuchi vositasi bilan ta‟minlanadi. Bunday munosabatlarning keng
doirasi fuqarolik-huquqiy munosabatlar bo„lib hisoblanadi.
Mamlakatimiz milliy huquq tizimidagi yetakchi huquq tarmoqlaridan
biri
bo„lib
fuqarolik
huquqi
hisoblanadi.
Fuqarolik
huquqi
16
mamlakatimizda bozor munosabatlari keng rivojlanayotgan, fuqarolik
jamiyati shakllanayotgan, kishilarni imkoniyatlarini ro„yobga
chiqarishni
ta‟minlash maqsadlarida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda
bo„lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga
qaratilgan huquqiy normalar yig„indisidan iboratdir.
Boshqacha qilib aytganda
, fuqarolik huquqi – huquqiy jihatdan