Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va turlari
Har bir huquq tarmog„i muayyan ijtimoiy munosabatlar guruhini
tartibga solar ekan bunda qo„llaniladigan qoidalar, me‟yorlar muayyan
shaklda ifodalanadi. Ushbu manbalar o„zining turli xususiyatlari bilan
ya‟ni rasmiylashtirish shakli bo„yicha (qonun, qonun osti hujjati), yuridik
kuchi bo„yicha (Konstitutsiya, qonun, qonun osti hujjatlari), ta‟sir doirasi
bo„yicha (qonun osti hujjati, lokal normativ hujjat) farq qiladi.
Fuqarolik huquqiy munosabatni tartibga soluvchi manbalar boshqa
huquq tarmoqlaridan farqli ravishda huquqiy va nohuquqiy manbalar
tizimiga bo„linadi. Huquqiy manbalar davlat tomonidan yoxud muayyan
korporativ tuzilma tomonidan qabul qilinib, belgilangan tartibda amal
qiladi. Huquqiy manbalarning keng doirasini qonunlar, qonun osti
hujjatlari tashkil etadi. Har qanday huquqiy hujjatlar fuqarolik huquqining
manbasi bo„lib hisoblanavermaydi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarni
tartibga soluvchi manba sifatida e‟tirof etilish uchun u muayyan talablarga
javob berishi lozim.
Birinchidan, huquq manbasi huquqni qo„llovchi akt emas balki,
normativ huquqiy hujjat xususiyatiga ega bo„lishi shart. Ikkinchidan,
ushbu normativ-huquqiy hujjat muayyan vakolatli davlat organi tomonidan
yoxud vakolatli tuzilma tomonidan qabul qilingan yoki chiqarilgan bo„lishi
shart. Ushbu normativ huquqiy hujjat muayyan shaklda yuridik texnika
qoidalariga asoslanib ishlab chiqilgan bo„lishi shart. Ushbu normativ
huquqiy hujjatning asosiy qismi adliya idoralarida tegishli ravishda
ro„yxatga olingan bo„lishi va e‟lon qilingan yoxud ijrochilarga yetkazilishi
shart.
Demak, fuqarolik huquqi manbalari deganda, fuqarolik huquqiy
munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy xarakterdagi normativ huquqiy
hujjatlar yoxud nohuquqiy xarakterdagi ijtimoiy normalar tizimi
tushuniladi. Ish muomalasi odatlari, mahalliy urf-odat va an‟analar odatda,
ijtimoiy normalar hisoblanadi.
35
Fuqarolik kodeksining 3-moddasida fuqarolik qonun hujjatlari
ko„rsatilgan bo„lib, unga ko„ra fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik
muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa
ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo„lgan
huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish
tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o„zga majburiyatlarni,
shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog„liq shaxsiy nomulkiy
munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy
munosabatlar bilan bog„liq bo„lmagan shaxsiy munosabatlar, agar
qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo„lmasa yoki bu
munosabatlarning mohiyatidan o„zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik
qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Shuni ham qayd etish kerakki, FK 2-moddasining birinchi qismida
ko„rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga, mehnat
munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof muhitni
muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu
munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda
qo„llaniladi.
O„zbekiston
Respublikasining
“Normativ-huquqiy
hujjatlar
to„g„risida”gi
qonunining
5-moddasiga
ko„ra
normativ-huquqiy
hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
- O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
- O„zbekiston Respublikasining qonunlari;
- O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
- O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari;
- O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
- vazirliklar, davlat qo„mitalari va idoralarning buyruqlari hamda
qarorlari;
- mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
1) Fuqarolik huquqi manbalari tizimida O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi alohida o„rin egallaydi. Konstitutsiyaning ahamiyati
birinchi galda uni bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga
soluvchi ta‟sir kuchida namoyon bo„lsa, boshqa jihatdan olganda asosiy
qonunimiz boshqa fuqarolik qonunlari va qonun hujjatlarini ishlab
chiqilishi va mohiyatini belgilashda o„ziga xos qo„llanma, o„ziga xos
doira, metodologik negiz vazifasini o„taydi. Ya‟ni, boshqa qonunlar va
qonun osti hujjatlari Konstitutsiya asosida qabul qilinishi, unga zid
bo„lmasligi shart. Masalan, O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
36
13-moddasi shaxsiy huquqlarni va erkinliklarni tartibga soluvchi o„zak,
g„oya vazifasini o„taydi va unda belgilanishicha, O„zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga
ko„ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va
erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Shuningdek,
Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko„ra O„zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo„lib, jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‟tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‟i
nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib
qo„yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo„lishi shart.
Konstitutsiyaning 27-moddasiga ko„ra har kim o„z sha‟ni va
obro„siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan
himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun
nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga
kirishi, tintuv o„tkazishi yoki uni ko„zdan kechirishi, yozishmalar va
telefonda so„zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas. O„zbekiston
Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga
ko„chish, O„zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish
huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.
Konstitutsiyaning 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo„lishga
haqliligi, bankka qo„yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun
bilan
kafolatlanishi
belgilangan.
Konstitutsiyaning
54-moddasida
mulkdorning vakolatlari va mulk huquqini amalga oshirish shartlari
belgilab qo„yilgan. Konstitutsiyaning 42-moddasi, ijod erkinligiga
bag„ishlangan. Konstitutsiyaning 53-moddasida esa, barcha mulk
shakllarining tengligi va iste‟molchilar huquqlarining ustuvorligi belgilab
qo„yilgan. Konstitutsiyaning ushbu normalar juda ko„plab qonunlar va
qonun osti hujjatlarida batafsil, chuqurlashtirilgan holda belgilab
qo„yilgan.
2) O„zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi fuqarolik
huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar tizimida yetakchi o„rin
egallaydi. Fuqarolik kodeksining 1-qismi 1995 yil 21 dekabrda, 2-qismi
esa 1996 yil 29 avgustda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
qabul qilingan va har ikkala qismi ham 1997 yil 1 martdan boshlab amalga
kiritilgan. FK 6 bo„lim, 71 bob, 1199-moddadan iborat. U hajmi bo„yicha
beqiyos bo„lib, hech qaysi boshqa qonun unga tenglasha olmaydi.
Albatta mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Fuqarolik
kodeksini muayyan darajada takomillashtirish zaruriyatini qo„yishi tabiiy
37
va bundan kelib chiqqan holda Fuqarolik kodeksining amal qilish
jarayonida unga o„nlab o„zgarish va qo„shimchalar, yangi normalar
kiritilgan. Ayrim normalar esa chiqarib tashlangan.
O„zbekiston Respublikasining ko„plab joriy qonunlari ham fuqarolik
huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi manba hisoblanadi. Bunday
qonunlar jumlasiga tijorat va notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini
belgilovchi “Xususiy korxona to„g„risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to„g„risida”gi, “Mas‟uliyati
cheklangan va qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatlar to„g„risida”gi, “Xo„jalik
shirkatlari to„g„risida”gi qonun, “Nodavlat notijorat tashkilotlari
to„g„risida”gi, “O„zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to„g„risida”gi, “Siyosiy partiyalar to„g„risida”gi qonun va boshqalar kiradi.
Bir guruh qonunlar intellektual faoliyat natijalariga bo„lgan huquqlarni
tartibga soladi. Masalan, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to„g„risida”gi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
to„g„risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to„g„risida”gi “Elektron hisoblash
mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma‟lumotlar bazalarining
huquqiy himoyasi to„g„risida”gi qonunlar.
Bir guruh qonunlar muayyan faoliyatlar sohasini tartibga solishga
qaratilgan. Masalan, “Qimmatli qog„ozlar bozori to„g„risida”gi, “Rieltorlik
faoliyati to„g„risida”gi, “Auditorlik faoliyati to„g„risida”gi, “Reklama
to„g„risida”gi, “Advokatura to„g„risida”gi qonunlar.
Shuningdek, muayyan qonunlar fuqarolik huquqlarini amalga
oshirish uchun qo„shimcha kafolatlar belgilashga xizmat qiladi. Masalan,
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari
to„g„risida”gi,
“Tadbirkorlik
faoliyati
erkinligining
kafolatlari
to„g„risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to„g„risida”gi va
boshqa qonunlar.
3) O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O„zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro
etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolik huquqiy munosabatlarni
tartibga solsa, fuqarolik huquqining manbasi hisoblanadi.
4) Fuqarlik huquqi manbalari tizimi ierarxiyasida O„zbekiston
Respublikasining Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan normativ-
huquqiy hujjatlar ya‟ni, farmonlar, qarorlar va farmoyishlar muhim
ahamiyatga ega. Prezident tomonidan chiqariladigan mazkur normativ-
huquqiy hujjatlar iqtisodiyotda, ijtimoiy turmushda vujudga kelgan
normativ-huquqiy ta‟sir ko„rsatish talab etiladigan masalalarni tezlik bilan
38
maqsadli tartibga solishni eng qulay va ta‟sirchan yuridik vositasi
hisoblanadi. Ko„p hollarda Prezident tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar
qonunlarni amalga oshirish ijro mexanizmini belgilab beradi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti turli hokimiyat tarmoqlari
faoliyatini muvofiqlashtirish vakolatiga ega. Shu munosabat bilan ba‟zi
holatlarda Prezident farmonlari va qarorlari kelgusi qonunlar uchun, qonun
osti hujjatlar uchun o„ziga xos konseptual negiz vazifani bajaradi.
Masalan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi
“Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya
qilishni ta‟minlash, ularni jadal rivojlantirish yo„lidagi to„siqlarni bartaraf
etish
chora-tadbirlari
to„g„risida”gi
PF-4725-son,
O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik
jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish
chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-4720-son Farmonlari va h.k.
O„zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasi ijro hokimiyatining
asosiy bo„g„ini hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
98-moddasiga ko„ra O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro
etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy
normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O„zbekiston
Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan
bajarilishi majburiy bo„lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Masalan,
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi
75-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan O„zbekiston Respublikasida
chakana
savdo
qoidalari,
O„zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan
Ko„chmas mulkka bo„lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni
davlat ro„yxatidan o„tkazish tartibi to„g„risidagi nizom va h.k.
Vazirliklar, davlat qo„mitalari va idoralarning buyruqlari hamda
qarorlari fuqarolik huquqining manbai sifatida alohida o„rin egallaydi.
Masalan, O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki
Boshqaruvining 2007 yil 13 martdagi qarori (2007 yil 14 aprel, ro„yxat
raqami 1675) bilan tasdiqlangan Qishloq xo„jaligi korxonalarining davlat
ehtiyojlari uchun harid qilinadigan paxta va g„alla yetishtirish xarajatlarini
tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to„g„risidagi Nizom,
O„zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (hozirda O„zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi) bosh direktorining 2009 yil 4 yanvardagi 2-son
buyrug„i bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini ko„rsatish Qoidalari
(2009 yil 6 fevral, ro„yxat raqami 1900) qabul qilingan.
39
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar amalga kiritilishining asosiy
sharti ushbu hujjatlar qabul qilingan kundan e‟tiboran o„n kun ichida ularni
davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun O„zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligiga taqdim etilishi hisoblanadi. Vazirliklar, davlat qo„mitalari va
idoralarning davlat ro„yxatidan o„tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun
asos bo„lib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib
kelmaydi.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari o„zlariga berilgan vakolat doirasida
O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan
“Mahalliy davlat hokimiyati to„g„risida”gi Qonuniga muvofiq qarorlar va
farmoyishlar qabul qiladi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim o„z
vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlari viloyat, tuman, shahar
hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Masalan, Toshkent shahar hokimining 2015 yil 18 avgustdagi
“Toshkent shahri dehqon bozorlarida yoz mavsumida tez buziladigan
go„sht va go„sht mahsulotlarining savdosini tartibga solish chora-tadbirlari
to„g„risida”gi 752-son qarori, Surxondaryo viloyati hokimining 2014 yil 1
fevraldagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining ma‟muriyati
tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig„imlar, ijara to„lovi va
ko„rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash
to„g„risida” 22-son qarori va h.k.
Lokal (korporativ) normativ hujjatlar keyingi paytlarda ko„p
qo„llanilmoqda. Bunday hujjatlar ko„proq tijorat yoki notijorat yuridik
shaxslar tomonidan qabul qilinadi va o„zaro ichki munosabatlari, uning
a‟zolari, ishtirokchilari o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni tartibga solishga
qaratilgan bo„ladi. Masalan, “Korporativ boshqaruv kodeksi”,
“Aksiyadorlik jamiyati umumiy yig„ilishini o„tkazish tartibi to„g„risida”gi
Nizom, “Mas‟uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi to„g„risida”gi
Nizom kabilar.
Bozor munosabatlar tizimida nohuquqiy manbalar qo„llanish doirasi
kengayib bormoqda. Fuqarolik kodeksining 6-moddasida ushbu nohuquqiy
manbalar belgilab qo„yilgan. Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida
vujudga kelgan va keng qo„llaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda
tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki
yozilmaganligidan qat‟i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi.
Masalan, Korporativ boshqaruv kodeksi qabul qilingan bo„lib, ushbu
kodeksni ish muomalasi odatlarini o„ziga xos tizimlashtirilgan namunasi
40
deb hisoblash mumkin. Ko„plab kasb-korlarning o„zining qoidalari,
odatlari mavjud. Masalan, tadbirkorlikda, dehqonchilikda, avtotransportda
qo„llaniladigan ish muomalasi odatlari. Ish muomalasi odatlarida shuni
unutmaslik kerakki, bular texnik qoidalar emas, balki u kishilar o„rtasidagi
ijtimoiy munosabatlarda qo„llaniladigan qoidalar hisoblanadi. Butun
dunyo bo„yicha INKOTERMS qoidalari e‟tirof etilgan va savdo
munosabatlarida mulk huquqini sotuvchidan sotib oluvchiga o„tish,
tavakkalchilik xavf-xatarini kimga tegishli ekanligini belgilaydi.
Shuningdek, fors-major holatlari bo„yicha ko„pgina qoidalar ham ish
muomalasi odatlari hisoblanadi.
Mahalliy urf-odat va ana‟analar ham ijtimoiy munosabatlarni tartibda
solishda alohida o„rin egallaydi. Masalan, chorva mollari sotilganda
arqonini qaytarib berish, bitim tuzilish faktini belgilash bo„yicha “bor-
baraka qilinishi” kabilar. Shuni unutmaslik lozimki, fuqarolik qonun
hujjatlarida tegishli normalar bo„lmagan taqdirda, bu munosabatlarni
tartibga solishda mahalliy odat va an‟analar qo„llaniladi. Shuningdek,
tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo„lgan qonun hujjatlari
normalariga yoki shartnomaga zid bo„lgan ish muomalasi odatlari,
mahalliy odat va an‟analar qo„llanilmaydi.
|